KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etishning dasturiy-metodik ta’minoti, bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashning milliy va jahon ta’lim tajribasiga asoslangan tashkiliy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish orqali mamlakatimiz intellektual resurslari potentsialini oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston Respblikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining 4.4 – bandiga ko’ra “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Jumladan, boshlang’ich sinf ta’limida o’qitishning zamonaviy didaktik vositalarini qo’llash alohida ahamiyat kasb etadi. Butun jahon miqyosida boshlang’ich sinf o’quvchilarining tasavvur boyligini, intellektini, tashqi muhitni his qila olish qobiliyatini o’stirish masalasi asosiy ustuvor vazifa bo’lib kelmoqda. Chunki har qanday mamlakatni jahon hamjamiyatida qanday o’rin egallashi, qanday davlat, jamiyat qurishi, avvalambor, o’sib kelayotgan yoshlarni qanday insonlar bo’lib voyaga yetishiga bog’liqdir. Ushbu masala O’zbekistonda ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanib Prezidentimizning: ― ,,Bizni hamisha o’ylantirib keladigan masala- bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda,dunyoqarashi bilan bog’liq. Zamon shiddat bilan o’zgaryapti.Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim - yoshlar, – deb aytganlar”1. Lekin tezlik bilan o’zgarayotgan jamiyat shaxsdan bozor munosabatlari va demokratik o’zgarishlar vujudga kelayotgan sharoitga muvofiq ravishdaadaptatsiya qilishni, ushbu o’zgarishlar keng tasavvurga ega bo’lishni, ijodkorlik, tabiatni his qila olish qobiliyatiga ega bo’lishni, ya’ni innovatsion g’oyalarni ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy sohani takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Mazkur vazifalarga erishishimizda, avvalo, biz pedagoglar yuqori malakali va ijodiy keng dunyoqarash sohiblari bo’lmog’imiz lozim. O’qituvchi darsdagi mavjud muammoni aniqlab, muammoni bartaraf etish yo’llarini izlab topmog’I, o’quvchilarga fan yanada qiziqarli va foydali bo’lmog‘i uchun astoydil harakat qilmog’i lozim.
Ta’lim sohasidagi bosh maqsad - ta’lim va tarbiyaning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an’analarini va urf-odatalri, shuningdek,umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya jarayoni mazmunini tubdan o’zgartirish, shu maqsadda pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyat ochib berishdan iboradir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilab oldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |