kabi misollar yozilgan kartochkalar bilan “bo`sh” o`quvchilarni band qilib turish lozim. Chunki o`quvchi ta misolni o`zi yecha olmagandan so`ng faqat ko`chirish bilan ovora bo`ladi va fanga qiziqishi so`nadi. Bu kabi etiborsizlik natijasidagi “tushurib qoldirilgan” misollar yig`ilib – yig`ilib, o`quvchini o`zlashtirmovchi o`quvchilar qatoriga qo`shilib qolishiga sabab bo`ladi. Buning oldini olish uchun esa, tarqatma materiallar eng qulay vositadir.
A`lochi o`quvchlar esa bu misolarni tez yechib bo`ladilar. Agar ular ham nazoratsiz qolsa, yonidagilarga halaqit beradi va o`zining kuchiga ortiqcha ishonib, o`rtoqlarini kamsitish xissi paydo bo`ladi. Bu o`quvchilar “yechib bo`ldim” deyishi bilan ularga qiyinroq misollar yozilgan kartochkalarni berish lozim bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |