5-MAVZU. JAHON BOZORI VA UNING KON'YUNUKTURASI. JAHON TOVAR BOZORIDA NARXNING SHAKLLANISHI
1. Jahon bozorining kon'yunkturasi.
2. Jahon tovar bozorida narxning shakllanishi.
3. Jahon narxlari va asosiy tashqi savdo narxlarining turlari.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilgan samarali iqtisodiy siyosat, eng avvalo iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda har tomonlama ruxta o‘ylangan o‘z taraqqiyot yo‘limiz – O‘zbek modelining tanlab olinganligi va uning muhim tamoyillariga og‘ishmay amal qilib kelinganligi inqiroz sharoitida iqtisodiyotimiz uchun o‘ziga xos “himoyalanish qalqoni” vazifasini bajardi. Ayniqsa, ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lini tanlanganligi, davlat bosh islohotchi sifatida mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini aniq belgilab olinganligi, mamlakatimizda moliyaviyiqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi, oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi, aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste'mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi kabi omillar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta'sirini sezilarli darajada yumshatishga imkon yaratdi. Inqiroz oqibatida xalqaro savdo narxlariga ham sezilarli ta'sir etdi va jahon savdo tashkilotida o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
Amaliyotda narx darajasiga va dinamikasiga har qanday o‘zgarishlar, masalan, ishlab chiqarishda, taqsimlashda, ayirboshlashda va ma'lum bir tovarni iste'mol qilishda yuz bergan hamda ko‘zda tutilgan o‘zgarishlar ta'sir ko‘rsatadi. Jahon narxi turli omillar ta'siri ostida tashkil toradi, bu omillarning eng muhim xillari quyidagilar hisoblanadi:
1. Qiymat va iste'mol ta'siri;
2. Talab va taklifning nisbati;
3. Valyuta kursi ta'siri;
4. Yirik xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar va hukumat institutlari ta'siri;
5. Muayyan kelishuvlarni tuzishdagi shartlarning o‘ziga xos tomonlari. Qiymatning raydo bo‘lishida qiymatning texnologik asosi: fan-texnika taraqqiyoti (FTT)ning konstruktorlik tarmog‘i uzoq muddatga mo‘ljallangan tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishning asosi bo‘lib, mahsulot birligi uchun sarflanadigan resurslar sarfini kamaytirishni shart qilib qo‘yadi.
Yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy etish bosqichida mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar oshadi, lekin ishlab chiqarish jadal (intensiv) rivojlana boshlagandan keyin, yangilik orqasida tejamkorlikka erishilgandan keyin mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar keng miqyosda kamayadi. Mahsulot birligiga sarflanadigan resurslar sarfi jismoniy me'yorining kamaytirilishi resurslar narxining ko‘tarilishiga olib keladi. Jahon narxlarini jamiyat uchun ishlab chiqarilgan sifatli tovarning jahon bozoridagi qiymatining ruldagi ifodasi bilan aniqlash mumkin. Agar tovar quyidagi talablarga javob bersa, tovar narxini jahon narxiga tenglashtirish mumkin:
1. Xalqaro savdoda doim yirik-yirik kelishuvning bo‘lishi;
2. Kelishuvlar maxsus emas. Tijoratga oid bo‘lishi lozim;
3. Kelishuvlarni faqat erkin konvertirlanuvchi valyutada tuzish;
4. Kelishuv yo eksport, yoki import kelishuvi bo‘lishi lozim;
5. Barcha operatsiyalar bozorda erkin tartibda amalga oshirilishi zarur.
Inflyatsiya sharoitida mahsulot birligi uchun belgilangan xarajatlar va mahsulot narxi jismoniy me'yor xarajat omillarini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish omillari narxiga nisbatan sekin o‘sadi. Boshqacha qilib aytganda, barcha omillar ishga solingan ishlab chiqarish sur'ati qancha yuqori bo‘lsa, ya'ni mahsulot birligiga mehnat va karital sarfi tez kamayib borsa, mahsulotga qo‘yiladigan narx shuncha sekinlik bilan o‘sadi. Bozor qonuniyatidan bizga ma'lumki, talab bilan narx o‘zaro teskari prororsional, taklif bilan narx esa to‘g‘ri prororsional. Demak, narx oshsa talab kamayadi va aksincha narx rasaysa, taklif ham tushib ketadi. Ma'lum bir davlatdan tovar va xizmatlar eksportining o‘sishi chet elda milliy valyutaga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi va vaqtning o‘zida mazkur davlatda xorijiy valyutaga bo‘lgan taklifni shakllantiradi. Ma'lum bir davlatda tovar va xizmatlarga importning oshishi u erda chet el valyutasiga bo‘lgan ehtiyojni vujudga keltiradi va xorijliklar uchun milliy valyuta taklifini shakllantiradi. Ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning jahon narxlari ikki asosiy darajada, ya'ni milliy va xalqaro darajada tartibga solinadi. Narxlar iqtisodiy va ma'muriy usullar yordamida tartibga solinadi. Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish deyilganda butun tizimning barqaror rivojlanishiga yordam berish maqsadida narxlarga qonunchilik, ma'muriy va moliya-byudjet ta'sirini o‘tkazish tushuniladi.
Narxni davlat tomonidan tartibga solish shakllari turlicha bo‘ladi:
- ishlab chiqarish sohasida va tovar muomalasida davlatning bevosita ishtiroki;
- tovar bozorida talab ehtiyojini va taklif muvozanatiga ta'sir o‘tkazish;
- monopoliyaga qarshi qonunchilik vositasida ta'sir etish;
- daromadlar siyosatini olib borish;
- pul muomalasi orqali bozor kon'yunkturasini tartibga solish;
- pul muomalasini aniq holatini hisobga olgan holda mazkur usullarni uyg‘unlashtirish;
- narxlarni tartibga solishda bevosita va bilvosita usullardan foydalanish.
Bevosita tartibga solish usulidan asosan jamiyatga xizmat qiluvchi tarmoqlarda (energetika, transport, aloqa, suv ta'minoti va h.kh) foydalaniladi. Narxlar va tariflar qoidaga ko‘ra, monoroliyalarga nisbatan daromadning katta bo‘lmagan normasi va ularning aholiga sotilgan tovarlaridan kelgan daromadning yuqori normasidan kelib chiqib o‘rnatiladi. Davlat narxlari ham aholiga xizmat qiluvchi tarmoqlarni rag‘batlantirish hamda milliy iqtisodiyot rivojining yuqori sur'atlarini ta'minlash maqsadida tartibga soluvchi vosita hisoblanadi. Xalqaro savdoda narxlar turining ko‘rligi shart-sharoitlarning har xil ekanligini aks ettiradi, mana shunday sharoitda oldi-sotdi aktlari tuziladi. Kuzatishlar jahon narxining o‘zgarib turish tendensiyasi ana shu shart-sharoitlarga ham bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Tovarlarning o‘zgaruvchan narxini aniqlash tovar sifatining doimiyligini, bir xil sharoitdagi yuklash va to‘lovlarning taqqoslab ko‘rishni talab qiladi. Shuning uchun tovarning tashqi savdo narxini asoslash, aniqlash va kelishib olishda kelishuvning o‘ziga xos tomonlarini belgilab beruvchi tabiati haqida aniq tushuncha tasavvuriga ega bo‘lish kerak.
Kelishuv xizmati xiliga qarab bahoning quyidagi turlari mavjud:
- erkin konvertirlanadigan valyutada to‘lanadigan savdo bitimlari narxi;
- erkin konvertirlanmaydigan valyutada to‘lanadigan savdo bitimlari narxi;
- kliring kelishuvlari bo‘yicha shakllanadigan narx;
- nosavdo operatsiyalari bo‘yicha shakllangan narx;
- transfert narxlar (firma ichida).
Tovar va xizmatlarni olib kirish – olib chiqilishiga qarab narxlar. FAS va FOB eksport narxlariga ajratiladi. Bu narxlar bo‘yicha eksport qiluvchi firma import qiluvchiga tovar narxiga transport xarajatlarini ham o‘z ichiga olgan narxda sotadi. Bunda tovarni kema bortiga (FAS) etkazib berish, yoki yuklash xarajatlarini qo‘shib hisoblab kema bortiga chiqarib berish ko‘zda tutiladi. CIF import narxlari – FOB narxidan tashqari yukni eksport qiluvchi yoki import qiluvchi mamlakat chegarasigacha transportda yetkazib berish va sug‘urta xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Kelishuvlarni o‘rnatish qoidalari shartnoma narxi tomonlar kelishuvi asosida belgilanadi. Qoidaga ko‘ra, turli davlat hukumatlari o‘rtasidagi shartnoma va kelishuvlar asosida aniqlanadi:
- birja kotirovkalari, auksion savdolar narxi;
- yirik firmalarning taklif narxlari va amaldagi bitimlar narxi;
- xalqaro bitimlarda ishtirok etuvchi mamlakatlarning ichki ulgurji narxlari, bu narxlar eksport va importning bojxona bojidan va soliqlari hajmidan farq qiladi.
Eksport qiluvchi mamlakatning eksport narxi, asosiy xomashyo etkazib beruvchi mamlakatlar narxlari, G‘arbiy Evroradagi yirik bozorlarning import narxi jahon narxi bo‘la olishi mumkin. Amaliyotda jahon bozorida o‘z tovarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida turli chegirmalar qo‘llaniladi. Chegirmalar qo‘llanilganda o‘rnatilgan summa olib tashlangan bazis narx –jahon narxi hisoblanadi.
Amaliyotda quyidagi chegirmalardan foydalaniladi:
- tovarni naqd pulga sotib olingandagi miqdori;
- preyskurant bahosidan umumiy chegirmalar (asosan kichik hajmdagi tovarlar uchun belgilanadi);
- dillerlik chegirmalari;
- maxsus chegirmalar (idoralarning imtiyozga ega kategoriyalari uchun).
Jahon narxi darajasi, uning o‘zgarib turish tezligi juda ko‘r omillar ta'sirida bo‘ladi:
- qiymat omili – ijtimoiy zararli mehnat sarfining o‘zgarishi;
- kon'yunktura omili – talab va taklif nisbatining o‘zgarishi bilan bog‘liq;
- davlat tomonidan tartibga solib turish omili – davlatning xalqaro savdo sohasida olib boradigan iqtisodiy siyosati;
- valyuta-moliya omili – valyuta bozorining ahvoli;
- siyosiy omil – harbiy siyosiy vaziyat.
XX asrning ikkinchi yarmida mamlakatlar, dunyo xo‘jaligi hamda iqtisodiy munosabatlarning iqtisodiy-siyosiy rivojlanishi o‘ziga xosligi jahon bozorida narxlarning shakllanishida o‘z ifodasini toradi. XX asrning ikkinchi yarmida jahon narxlarining shakllanish xususiyatlari:
1. XX asrning ikkinchi yarmida eksport narxlari o‘sishi dinamikasida ko‘tarilish tendensiyasi kuzatildi, ayniqsa, xomashyo guruhidagi yonilg‘i narxi ko‘tarildi, oziq-ovqat mahsulotlari narxida unchalik katta ko‘tarilish bo‘lmadi. Narxlarning birinchi marta ko‘tarilishi Ikkinchi Jahon urushi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi 1970 yil o‘rtalari bo‘lib o‘tgan energetika inqirozi natijasida ro‘y berdi.
2. XX asrning 50-60 yillari jahon eksportining barcha tovarlarining indeks narxi o‘rtacha ko‘tarilishi bilan xarakterlanadi;
3. XX asrning 80-90 yillarida oziq-ovqat mahsulotlari, xomashyolarning ba'zi bir turlari, yonilg‘i, tayyor mahsulotlar narxi rasaydi .
Xalqaro savdo operatsiyalarida narxlarning to‘g‘ri belgilanishi tovarning sifati, to‘lov layoqati va zimmasiga olingan majburiyatlarni bajarishda ishonchlilik bilan bir qatorda firmaning nufuzini belgilab beradi. Har bir firmaning tijorat muvaffaqiyatiga erishish aynan narxlarga bog‘liq bo‘ladi, chunki samarali narx siyosati tovarni sotishdan olinuvchi foyda miqdoriga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Firmaning tashqi bozordagi barqarorligi esa birinchi navbatda xalqaro narx tizimini ishlab chiqish va ketma-ketlikda amalga oshirish, ularni shakllantirishda belgilangan strategiyalarga rioya qilishni talab qiladi. Xalqaro savdoning bazis narxlari, shartnoma narxlari, haqiqiy (real) import (eksport) narxlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bazis narxlari avvalgi davrda narx dinamikasining umumiy yo‘nalishini ifodalaydi. Odatda tashqi savdo (eksport-import) shartnomalari tuzishda narx shakllanishini tahlil qilishda foydalaniladi. Shartnoma narxlari muayyan shartnomada qayd qilinib, tuzilgan xalqaro savdo bitimlarini hisoblab turadi. Shu sababli u narx to‘g‘risida eng to‘liq ma'lumotlarni beradi. U odatda tijorat siri hisoblanib, shartnomaning bitim shartlarini shakllantiruvchi konfidensial qismida ko‘rsatiladi va oshkor etilishi taqiqlanadi. Peal eksport (import) narxlari shartnomani bajarish natijasida olingan amaldagi sotuv (xarid) narxidir. Odatda u shartnomada ko‘rsatilgan narxga mos kelishi kerak, biroq ba'zida tomonlarning o‘zaro kelishuvlari asosida muayyan shartnomani bajarishda yuzaga keluvchi shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qo‘shimcha yoki chegirmalar miqdoriga farq qilishi mumkin.
Xalqaro savdo shartnomalarini imzolashda xomashyo qiymati, ish haqi va transport kabi xarajat omillarining barqaror emasligi yaqqol ko‘zga tashlanib turganda xarajatlarda bo‘lajak o‘zgarishlar haqida shartnomaga qayd etib qo‘yish maqsadga muvofiq. Savdo aloqalarini amalga oshirishda BMTning 1980 yildagi «Xalqaro tovar oldi-sotdi shartnomalari to‘g‘risida»gi Konvensiyaning asosiy moddalariga asosan yuzaga kelgan xalqaro savdo udumlari va amaliyotini hisobga olgan holda tomonlarning majburiyatlarini aniq belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro bozorda qo‘llanuyvchi narx strategiyalari o‘rtasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. «Qaymog‘ini olish» strategiyasi. Bu strategiya xalqaro bozor sub'ekti kuchli reklamadan foydalangan holda o‘z tovarini ishlab chiqarish narxlaridan katta farq qiluvchi nisbatan rast narxlarda sotish orqali yuqori moliyaviy natijalarga erishishini nazarda tutadi. Odatda mazkur strategiya ishlab chiqaruvchi tanlangan bozor segmentida xarid qobiliyatining yuqoriligiga ishonch hosil qilgan raytda yangi tovarlarni sotishda qo‘llanadi. Uning afzalligi shundaki, firma qisqa vaqt ichida tashqi bozordagi marketing xarajatlarini qorlash va iloji boricha kelajakda o‘z mahsulotlarini chet ellik hamkorlarga sotishda mahsulot narxini rasaytirish mexanizmidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2. «Kirib borish» strategiyasi. Bu strategiya firmaning qisqa vaqt ichida katta bozor ulushini egallab olish maqsadida nisbatan past narxlarda tovar bilan tashqi bozorga kirib borishni nazarda tutadi va ba'zida «yorib kirish» strategiyasi deb ham nomlanadi. U xalq iste'moli tovarlari oddiy texnologiyalar uchun ishlab chiqarish-texnika yo‘nalishidagi mahsulotlar uchun xarakterlidir. Tashqi bozorga yorib kirilgandan so‘ng narx normal darajagacha ko‘tariladi. Ushbu strategiyaning kamchiligi xalqaro bozorga kirib olgandan so‘ng firma uzoq vaqt mobaynida mos keluvchi narxlarni bozordagi o‘rtacha narxlarga yaqinlashtirish uchun harakat qilishidan iborat, chunki bu raytda xaridorlar dastlabki rast narxlarga ko‘nikib qolgan bo‘ladi.
3. «Siqib chiqarish siyosati» strategiyasi. Mazkur ko‘p hollarda strategiya xalqaro bozor sub'ektlari tomonidan boshqa sotuvchilarning xuddi shunday tovarlari paydo bo‘lishining oldini oluvchi juda past narxlardan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Bunday narx siyosatini faqatgina yuqori sifatli va ommaviy ishlab chiqariluvchi modifikasiyalangan tovar ishlab chiqaruvchi yirik komraniya va firmalar qo‘llashi mumkin. Garchi bu tovarlar dastlabki shaklida xalqaro bozorda hayotiylik davrini yakunlashga yaqin bo‘lsa ham.
4. «Narx etakchisi» strategiyasi. U etakchi firma va ishlab chiqaruvchi komraniyaning narx shakllanish mexanizmidan foydalanadi. Bu esa etakchi «ayyorlik» qilmayotgan va adashmayotgan hollarda ergashib boruvchi firmalar uchun o‘ziga xos afzalliklarga ega.
5. «Tabaqalashtirilgan narx» strategiyasi. Ushbu strategiya oson segmentlanuvchi tashqi bozorda talab darajasi yuqori, shuningdek, xaridorlarning taqsimlangan narxlarni qabul qilish imkoniyatlari mavjud hollarda samarali bo‘ladi. Mazkur strategiya xalqaro bozorning turli qismlarida turli mahsulotlarni turli narxlarda sotishni rag‘batlantirish yoki ushlab turishga imkon beradi. Bundan tashqari, xalqaro bozorda narx strategiyasini ishlab chiqishda narx siyosati shakllanishining raqobatchilarga yo‘nalishi, eksport narxlarining xalqaro sifat va moslik standartlari darajasiga bog‘liqligi, xalqaro bozor kon'yunkturasining, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sohasida barqaror emasligi kabi omillarni ham inobatga olish zarur. Xalqaro bozorga chiqishda narx diskriminasiyasi deb nomlanuvchi siyosatni amalga oshirish katta qiziqish uyg‘otadi. Bu siyosatga ko‘ra bir xil tovar yoki xizmatga jami ishlab chiqarish va muomala xarajatlaridan qat'i nazar turli xil sotuv narxlarining belgilanishi ko‘zda tutiladi. Mazkur narx siyosatini sotuvchi xalqaro bozorni talabning turli narx moslashuvchanligiga ega bo‘lgan alohida iste'molchilar guruhiga taqsimlash imkoniyatiga ega bo‘lgan hollardagina amalga oshirish mumkin. Bunday sharoitlarda sotuvchi xarid narxini o‘zi uchun maqbul deb hisoblovchi chet ellik xaridorlar uchun bir narx, bunday yuqori narxda sotib olishga rozi bo‘lmagan xaridorlar uchun esa arzonroq narx belgilaydi. Bunda xalqaro bozorning turli segmentlaridagi xaridorlar guruhini bir-biridan ajratib qo‘yish uchun mos keluvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud boʻlgan, mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, ammo koʻpgina mamlakatlar, soʻngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan Jahon bozori (uning negizida jahon xoʻjaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga oʻtish bilan shakllana boshladi va 20-asr boshiga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini toʻldiradigan omildan mamlakat xoʻjaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli i. ch. imkonini bersa, tovarlarni i. ch.da resurslardan samarali foydalanishni taʼminlasa, shu tovarlar koʻplab yaratiladi va Jahon bozoriiga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurelarni sarflash qulay boʻlmagan yoki i. ch. imkoni bulmagan tovarlar Jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi; ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi.
Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi (qarang Mehnat bozori, Ishchi kuchi bozori). Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat boʻyicha nisbati savdo balansi deb yuritiladi.
Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sugʻurta kompaniyalaridan iborat bulgan oʻz infratuzilmasiga ega. Jahon bozori toʻlovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini oʻtovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, maye, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi va yevroda olib boriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar birjasi va b. Jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja bitimlari, ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama birjadan tashqari bitimlar yoʻnalishlarida boradi.
Jahon bozoridagi savdo-sotiqni maxsus tashkilot — Jahon savdo tashkiloti boshqarib boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga aʼzo boʻlganlar oʻzlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar.
Jahon Savdo Tashkiloti (JST; ing. World Trade Organization (WTO), fr. Organisation mondiale du commerce (OMC), isp. Organización Mundial del Comercio) — 1995-yilda aʼzo-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtish, savdo va siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. JST 1947-yil tuzilgan xalqaro bitim — GATT(ing. General Agreement on Tariffs and Trade)ning davomchisi hisoblanadi. Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy boʻlgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi. 1995-yilda 1948—94 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuv (General Agreement on Tarifs and Trade — GATT) negizida tashkil qilingan. BMT tizimiga kiradi. Idorasi Shveysariya (Jeneva)da. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yoʻli bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir koʻrsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qatiy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yigʻilishlar oʻtkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va b. vazifalarni bajaradi. JSTning oliy organi — barcha aʼzo mamlakatlar Vazirlar Konferensiyasi boʻlib, kamida 2 yilda bir marta oʻtkaziladi. Joriy ishlarga Bosh kengash (tovarlar savdosi boʻyicha kengash, xizmatlar savdosi boʻyicha kengash, intellektual mulk masalalari boʻyicha kengash), sekretariat, doimiy qoʻmitalar rahbarlik qiladi. JST faoliyati aʼzo mamlakatlarning oʻzaro manfaatlarini turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, toʻsiqlari va b.)ni qoʻllash bilan himoya qilishga qaratilgan. Aʼzo mamlakatlar JST talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa aʼzolariga savdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qoʻllaydi, oʻz ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi. 133 mamlakat toʻla huqukli aʼzo, 30 mamlakat, shu jumladan Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston JST da kuzatuvchi maqomiga ega va 1992—93 yillarda tashkilotga aʼzo boʻlish uchun ariza bergan[1]. 2021-yil fevral oyida nigeriyalik iqtisodchi Ngozi Okonjo-Iveala JST bosh direktori etib tayinlangan. Ngozi Okonjo-Iveala tashkilot tarixidagi ilk ayol direktordir[2].
JST (WTO, ingl. World Trade Organization)ning asosiy maqsadlaridan biri oʻzini oʻzi himoya qilishni kuchaytirish va proteksionizm qoʻllanishini bekor qilishdan iborat. Mazkur tashkilot xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan cheksiz imkoniyat eshigi. Oʻzaro qabul qilingan muhim hujjatlar davlatlarning oʻz savdo siyosatlarini kelishilgan mezonlarda olib borishlarida masʼuliyat yuklaydi. Bundan koʻzlangan maqsad — jahon bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga koʻmak berishdir.
Xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash, iqtisodiy oʻsish va xalq farovonligini oshirish JSTning asosiy funksiyalari sirasiga kiradi. JST unga aʼzo boʻlgan mamlakatlardan ichki bozorni erkinlashtirishni qatʼiy talab qiladi. Ushbu vazifani bajarish esa unchalik oson kechmaydi. Sababi arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalariga raqobat qila olmagan milliy korxonalar tanazzulga uchrashi ayni haqiqatdir.
Shunday ekan, Oʻzbekiston uchun kutiladigan natija nima boʻladi? Albatta, har bir ishning samaradorligi oʻsha -davlat, muhitdagi yaratilgan sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga chambarchas bogʻliq kechadi. Buning uchun:
— iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini tartibga solish;
— narx-navoni tartibga solish va maqbul soliq tizimini vujudga keltirish;
— alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash;
— tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish;
— xorij sarmoyalari jozibadorligini oshirish;
— import va eksport boj toʻlovlari tarifini tartibga solish talab qilinadi.
Har bir davlatning bu tashkilotga aʼzo boʻlish jarayoni oʻrtacha 8 — 10, baʼzi davlatlar uchun esa 10 — 15 yilni tashkil etadi. Oʻzbekiston 1995-yilda ariza topshirgan boʻlishiga qaramasdan, faqat 2017-yildan boshlab, ijobiy siljish kuzatilyapti. Lekin ustuvor sohalarning boshqaruvi 30 yildirki, monopolistlarning qoʻlida turibdi. Masalan, transport sohasida yagona aviakompaniya, temir yoʻl kompaniyasi xohlagan narxini oʻrnatadi, jamiyat, -davlatchilik ular bilan samarali kurasha olmaydi. Bundan Oʻzbekiston iqtisodiyoti koʻp yildirki, aziyat chekmoqda.
Shuni ham taʼkidlash lozimki, dunyoning eng katta iqtisodiyot egalari — AQSH, Gʻarbiy Yevropa davlatlari, -Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlar JSTdan unumli foydalana oladi. Kichik davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston ham bu imkoniyatlardan toʻliq foydalana olmasligi ularning umumiy resurslariga borib taqaladi. Mamlakatimizning JSTga aʼzoligi YEOIIning tartib-qoidalari va monopoliyasiga tushib qolmaslikning oldini oladi, deb hisoblaymiz. Ichki monopolistlardan qutulish muammosi hal boʻladi. Xalqaro darajada erkin raqobat tizimi oʻz-oʻzidan yaratiladi.
Jahon bozorida investitsiya harakati ham yuz beradi, bu chet elda yangi korxonalarni qurish, eski korxonalarni sotib olish yoki oʻziga birlashtirish shakllariga ega. Bu ishni asosan transmilliy xalqaro korporatsiyalar olib boradi. 2000-yil jahondagi bevosita xorij investitsiyalari 865 mlrd. AQSH dollariga teng boʻldi. Ular amalga oshirgan oldi-sotdi operatsiyalari 1999-yilda 14 trillion dollarni tashkil etdi.
Jahon bozorining ulkan salohiyati milliy bozorlarga juda katta taʼsir oʻtkazadi, bu taʼsir mamlakatlarning manfaatlari nuqtai nazaridan ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin. Jahon bozori sigʻimi jami mamlakatlar bozor talabining import hisobiga qondiriladigan qismlari yigʻindisiga teng.
Jahon bozorida sanoati rivojlangan mamlakatlar ishtiroki ustunlik qiladi va ular tayyor mahsulot bilan (jahon tovar eksportining 70 % dan koʻprogʻi) qatnashadilar, rivojlanayotgan mamlakatlar asosan xom ashyo va ishchi kuchi eksporti bilan ishtirok etadilar.
Jahon bozorida ishtirok etadigan jami mamlakatlarning eksporti 6,48 trillion dollarni, importi 6,41 trillion dollarni tashkil qildi (1996; 1980-yilda tegishlicha 2,44 va 2,42 trillion dollar).
Oʻzbekiston Jahon bozorida xom ashyo, energiya, rangli metall va b. eksporti bilan qatnashadi, aksariyat texnologiya, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat tovarlarini import qiladi.[1]
Butun mamlakat bo‘ylab karantin qayta kiritilmasa, 2021 yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi 4,8% dan 5,0% gacha prognoz qilinmoqda, deydi Jahon banki tahlilchilari.
Koronavirus (COVID-19) pandemiyasi Sovet Ittifoqi parchalanishidan so‘ng tiklangan O‘zbekiston iqtisodiyoti duch kelgan eng og‘ir inqiroz bo‘ldi. Bu holat mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi va fuqarolarning bandligi, farovonligi va daromadlarining pasayishiga olib keldi.
2020-yilning birinchi yarmida YaIM o‘sishi deyarli nolga teng bo‘ldi, 2019-yilning birinchi yarmida esa bu ko‘rsatkich 5,8 foizni tashkil etgan edi. Shu davrda asosiy kapitalga investitsiyalar 12,8 foizga kamaydi. Ishsizlik darajasi 2020-yilning birinchi choragidagi 9,4 foizdan ikkinchi chorakda 15 foizgacha keskin ko‘tarildi.
Oltin ishlab chiqarishning ko‘payishi va qishloq xo‘jaligidagi o‘sish sanoat va xizmatlar sohasidagi keskin pasayishni bartaraf etishga yordam berdi. Birinchi yarim yillikda pul o‘tkazmalari 19 foizga kamayganiga qaramay, ijtimoiy transfertlarning 17 foizga ko‘payishi va 2020-yil fevralidan eng kam ish haqining 10 foizga o‘sishi xususiy iste’molni saqlab qolishga yordam berdi.
Pul o‘tkazmalarining qisqarishi va tashqi savdo defitsitining kengayishi to‘lov balansi joriy hisobining defitsitini 2020-yilning birinchi yarmida YaIMning 7,7 foiziga yetkazdi. Jahon ta’minot zanjiridagi uzilishlar va yirik mahsulotlar narxlarining pasayishi tufayli shu davrda eksport 22,6 foizga kamaydi (tabiiy gaz, metallar). Chet davlatlarda olib kelinadigan mashina, uskunalar va yarim tayyor mahsulotlar hajmining keskin pasayishi tufayli import 15 foizga kamaydi.
Davlat byudjetiga tushumlarning kam yig‘ilishi va inqirozga qarshi katta xarajatlar 2020-yil birinchi yarmida byudjet kamomadi YaIMning 5% gacha o‘sishiga olib keldi. Yalpi ichki mahsulotning 2,5%i sog‘liqni saqlash sohasiga qo‘shimcha xarajatlar, kam ta’minlanganlar uchun pul o‘tkazmalarining ko‘paytirilishi, jamoat ishlarining kengayishi va korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirildi. Oltin eksportining ko‘payishi natijasida tushumning kuchli o‘sishiga qaramay, zaif iqtisodiy sharoitlar va soliqlarni kechiktirish natijasida YaIM ulushi sifatida hisoblanadigan davlat daromadlarining yiliga ikki foizga pasayishi kuzatildi.
Yillik inflyasiya 2020-yil avgust oyida 11,6% gacha pasayib ketdi, bu esa O‘zbekiston Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasini 2020-yilda ikki marta - aprelda 16% dan 15% gacha, sentyabrda esa 14% gacha kamaytirishga imkon berdi. Korxonalar uchun ajratilgan inqirozga qarshi kreditlar 2020-yil yanvar-avgust oylarida iqtisodiyotni kreditlash hajmining 18 foizga oshishiga olib keldi.
“Pandemiya natijasida yuzaga kelgan inqiroz O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishini 2020-yilda deyarli to‘xtatib qo‘ydi va yigirma yildan ko‘proq vaqt ichida birinchi marta qashshoqlik darajasini oshirdi. Pandemiyaning iqtisodiy, ijtimoiy va aholi sog‘lig‘iga ta’sirini yumshatish uchun hukumat bir qator inqirozga qarshi choralar ko‘rdi. Mavjud sinovlar va qiyinchiliklarga qaramay, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlariga erishish va fuqarolarning turmush farovonligini oshirish maqsadida mamlakat rahbariyati iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida islohotlarni davom ettirishni qat’iy niyat qilganligini tasdiqladi. Pandemiya tugagandan so‘ng, iqtisodiy tiklanishni ta’minlash va uni yanada barqaror va inklyuziv qilish juda muhimdir”, - dedi Marko Mantovanelli, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari.
Bozor islohotlari iqtisodiyotda resurslardan yanada samarali foydalanish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun rag‘batlantirishni kuchaytirgani sababli O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozlar ijobiy bo‘lib qolmoqda. 2020 yil uchinchi choragida karantinning bekor qilinishi, qishloq xo‘jaligida barqaror ishlab chiqarish va pul o‘tkazmalarining qisman tiklanishi 2020 yilning ikkinchi yarmida birinchi yarim yilga nisbatan kuchliroq iqtisodiy faollikka olib keladi.
YaIMning yillik o‘sishi bu yil 0,4% dan 0,8% gacha, bo‘lishi kutilmoqda. Bu 2019 yilgi ko‘rsatkich – 5,6% ga nisbatan sezilarli darajada past. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Tojikiston 2020 yilda YaIMning ijobiy o‘sishini kutayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi 23 davlat orasida yagona davlatlarga aylanishadi (1-jadval).
Mamlakat bo‘ylab karantin qayta kiritilmasa, 2021 yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi 4,8% dan 5,0% gacha bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
O‘rta muddatli istiqbolda inflyasiya sekinlashadi, ammo narxlarni yanada isloh qilish natijasida yuqori darajada saqlanib qoladi. Pul o‘tkazmalarining tiklanishi va savdo defitsitining pasayishi tufayli to‘lov balansining joriy hisobot defitsiti 2020 yilda YaIMning 6% atrofida bo‘lishi kutilmoqda. O‘rta muddatli istiqbolda u taxminan bir xil bo‘lib qoladi, chunki pandemiya tugagandan so‘ng mashinalar, uskunalar va yarim tayyor mahsulotlar importining o‘sishi tiklanadi. Ushbu defitsitni davlat qarzlarini ko‘paytirish va chet el investitsiyalarining bosqichma-bosqich ko‘payishi hisobiga moliyalashtirish kutilmoqda.
2020 yilda YaIMning 7,5% miqdorida prognoz qilinadigan davlat byudjeti taqchilligi inqirozga qarshi xarajatlarni bosqichma-bosqich qisqartirish va davlat byudjetiga tushumlarni ko‘paytirish oqibatida 2021-2022 yillarda kamayadi. O‘rta muddatli istiqbolda davlat byudjeti taqchilligining kamayishi prognoz qilinmoqda.
2020 yilda va keyingi o‘rta muddatli istiqbolda defitsit asosan tashqi qarzlarni ko‘paytirish hisobiga moliyalashtiriladi. 2020 yilda tashqi davlat qarzi YaIMning 34,7 foizigacha ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda. Garchi u 2017 yildan beri YaIMga nisbatan foizda ko‘paygan bo‘lsa-da, o‘rta muddatli istiqbolda barqarorlashishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning tashqi davlat va hukumat tomonidan kafolatlangan qarzlari Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa 22 davlatga nisbatan mo‘’tadil bo‘lib qolmoqda. Taqqoslash uchun: 2020-yilda prognoz qilingan tashqi davlat qarzining YaIMga nisbati Qozog‘iston uchun - 26,6%, Qirg‘iziston Respublikasi - 64,2%, Tojikiston - 51%, Armaniston - 63,8%, Ozarbayjon - 19,6%, Gurjiston - 60%, Rossiya - 20,5%, Ukraina - 62%, Belarus - 45,2% (2-jadval).
Jahon bozorlarining tasnifi
Iqtisodiy tahlilning maqsadiga qarab, dunyo bozorlarining quyidagi turlari ajralib turadi. Bilan savdo operatsiyalari ob'ektlari Jahon bozorlari toifalarga murojaat qilishi mumkin:
tovarlar va xizmatlar uchun jahon bozorlari. Masalan: global qahva bozori, jahon avtomobil bozori; Jahon moliyaviy va bank xizmatlari bozori;
Jahon ishlab chiqarish omillarining jahon bozorlari (resurs bozorlari). Misol: Jahon mehnat bozori, jahon kapitali, global xom ashyo bozori (neft, gaz), medallar bozori (kumush, oltin, mis);
Jahon pullari va moliya bozorlari. Masalan: Global fond bozori, global obligatsiyalar bozori, valyuta bozori;
Jahon texnologiyasi bozorlari. Misol: Internetning jahon bozori, global intellektual mulk bozori, yuqori darajadagi yuqori texnologiyalar bozori.
Daraja bo'yicha mahsulot standartlashtirish Jahon bozorlari ikkiga bo'lingan:
bir hil mahsulotning bozorlariga. Masalan: Xom ashyo bozorlari, fond birjalari;
Farqlangan mahsulotlar bozorlari. Misol: To'qimachilik mahsulotlarining global bozori; Global avtomobil bozori; Uy jihozlari bo'yicha jahon bozori.
Bilan xaridor turini kiriting Jahon bozorlariga quyidagilar kiradi:
iste'mol tovarlari bozoriga;
Sanoat tovarlari (ishlab chiqarish ob'ektlari).
Bilan sanoat tegishli Jahon bozorlari sohaga kiritilgan:
Milliy iqtisodiyot:
- Sanoat,
- Qishloq xo'jaligi,
- Xizmatlar,
- Transport,
- Aloqa,
- Savdo,
- uy-joy kommunal xo'jaligi;
Sanoat:
- Elektr energiyasi,
Yoqilg'i sanoati,
- qora metallurgiya,
- rangli metallurgiya,
- kimyo va neft-kimyo sanoati,
- Mashinasozlik va metallga ishlov berish,
O'rmon, yog'ochni qayta ishlash va pulpasi va qog'oz sanoati,
- Qurilish materiallari sanoati,
- Oziq-ovqat sanoati;
Jahon bozorlari cheksiz bir qator ishtirokchilar bilan to'siqlarsiz. Masalan: Jahon agrar bozorlari va engil sanoat mahsulotlari, jahon sayohati xizmatlari bozori;
Mo''tadil kirish to'siqlari va cheklangan sonli jahon bozorlari. Masalan: global muhandislik mahsulotlari (avtomobillar, samolyotlar, uskunalar, uskunalar), transport xizmatlari uchun jahon bozorlari;
Jahon bozorlari keng kiruvchi to'siqlar va juda oz sonli ishtirokchilar. Masalan: Jahon metall bozorlari, jahon kimyo sanoati bozorlari, xalqaro biznes;
Bloklangan kirish va doimiy ishtirokchilar bilan jahon bozorlari. Masalan: Jahon tovarlari (neft, gaz), jahon olmoslar bozori.
Bilan operatsiya shkalasi Bozorlar orasidagi ishtirokchilarni ajratib turadi:
Mahalliy (mahalliy) bozorlar;
mintaqaviy bozorlar;
Milliy bozorlar;
xalqaro (Chegara chegarasi) bozorlari;
Jahon bozorlari.
Mahalliy bozorlar kichik hudud bilan cheklangan. Bu katta shahar ichidagi shahar, posyolkaning bozorlari bo'lishi mumkin. Bu erda xalqaro bitimlar alohida eksport qiluvchilar va cheklangan iste'mol segmentlarini ma'lum bir tovarlar va xizmatlar bilan ta'minlaydigan import qiluvchilar tomonidan taqdim etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |