Tasdiqlayman” Yangiqo‘rg‘on axborot texnologiyalari texnikumi direktori



Download 8,59 Mb.
bet69/158
Sana24.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#407767
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   158
Bog'liq
Axborot xavfsizligi asoslari

O’IBD o’rinbosari

_______ A. G’aybullayev


Guruhlar

1-KI

2-KI

5-AX

6-AX

Dars o‘tilgan sanasi













Mavzu: 20 - Simsiz tarmoqlar xavfsizligi.

O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli

Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni _____

Mashg’ulot turi

Nazariy/Amaliy

Mavzu rejasi

  1. Simsiz tarmoq turlari.

  2. Simsiz tarmoq qurilmalari.

  3. Simsiz tarmoq xavfsizligi.

Mashg’ulot maqsadi

Simsiz tarmoq texnologiyalarini o’rganish.

O’qitish natijasi

Ushbu mavzuni ozlashtirish oquvchida shaklanadigan asosiy bilim, konikma va kompetensiyalar.

Pedogogik vazifalar:
1. Simsiz tarmoq turlarini yoritadi;

2. Simsiz tarmoq qurilmalari tanishtiradi;

3. Simsiz tarmoq xavfsizligi tushuntiradi.


O’quv faoliyati natijalari:
1. Simsiz tarmoq turlarini o’rganadilar;

2. Simsiz tarmoq qurilmalari bilan tanishadilar;



3. Simsiz tarmoq xavfsizligi tushunib oladilar.

O’qitish metodlari

Tushuntirish, ko’rsatish, yo’riqnoma berish, amaliy topshiriq berish va boshqalar.

O’qitish vositalari

Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, kompyuter, proektor, vidoefilm, namunalar, chizma, interaktiv doska, elektron yo’riqnoma.

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli

Ommaviy, jamoaviy, guruhli, juftlikda, yakka tartibda.

O’qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jihozlanganm guruhlarda ishlashga moljallangan oquv xonasi

Qayta aloqaning usul va vositalari

Tezkor-so’rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o’quv topshiriqlarini baholash

O‘quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish (5 daq.)

Tashkiliy qism:

1. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi.

Mashgulotga tayyorlanadilar

2-bosqich.

Asosiy

(65 daq.)

Tayanch bilimlarni faollashirish:

1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.

Maqsad va vazifani belgilanishi:

1. Mashg’ulot nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi;

2. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.

3. O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi(-ilova).

Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:

1. Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy xujum, “o’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.

Yangi o’quv materiallari bayoni:

1. Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.

2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi(-ilova).

Yangi o’quv materialini mustahkamlash:

1. Mustaxkamlash uchun savollar beradi(-ilova). Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi;

2. Kichik guruhlarga bo’ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi(-ilova) har bir guruhga topshiriq beradi(-ilova) va baholash mezoni bilan tanishtiradi(-ilova). Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi(-ilova).

3. Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifasini bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qayta aloqa o’rnatadi. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.

4. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, garuhlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarni, shu bilan birga o’zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to’ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi.

5. Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi.

Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob beradilar.
Mavzuni nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydi.
Har bir guruh sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o’zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.

3-bosqich. Yakuniy

(10 daq.)

Mashg’ulot yakuni:

1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab, baholaydi.

Uyga vazifani berilishi:

Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi(-ilova).

Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.

20 – Mavzu: Simsiz tarmoqlar xavfsizligi.

Reja:

  1. Simsiz tarmoq turlari.

  2. Simsiz tarmoq qurilmalari.

  3. Simsiz tarmoq xavfsizligi.


Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi. Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari


Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlariga imkon beradi. Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga o’zlariga qulay va xoxlagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki Web-sahifalarni ko’zdan kechirishlariga imkon beradi.

Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati bog’lanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA), noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar taalluqli. Odatda uyali telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi, ammo eng yangi telefonlar va hatto naushniklar ma’lum hisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega. Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini ta’minlaydi.

Bog’lanish ta’minlanadigan fizik xudud o’lchamlariga bog’liq holda simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi:

- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN);

- simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN);

- simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN):

- simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).

Foydalanuvchilar. Simsiz tarmoq foydalanuvchiga xizmat qilishligi sababali, foydalanuvchiga simsiz tarmoqning muhim qismi sifatida qarash mumkin. Foydalanuvchi simsiz tarmoqdan foydalanish jarayonini boshlaydi va uning o’zi tugallaydi. SHu sababli unga "oxirgi foydalanuvchi" atamasi joiz hisoblanadi. Odatda, foydalanuvchi simsiz tarmoq bilan o’zaro aloqani ta’minlash bilan bir qatorda, muayyan ilovalar bilan bog’liq boshqa vazifalarni bajaruvchi kompyuter qurilmalari (computer device) bilan ish ko’radi.



Mobillik - simsiz tarmoqning eng sezilarli afzalliklaridan biridir. Masalan, mobillik xususiyatidan qandaydir bino bo’yicha xarakatlanuvchi va o’zining PDAsi yordamida elektron pochtani oluvchi yoki jo’natuvchi odam foydalanadi. Bu holda PDA simsiz tarmoq infratuzilmasiga uzluksiz yoki tez-tez tiklanuvchi ulanishni ta’minlashi lozim.




Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari

Simsiz qurilmalarni to’rtta kategoriyaga ajratish mumkin: noutbuklar, cho’ntak kompyuterlari (PDA), simsiz infratuzilma (ko’priklar, foydalanish nuqtalari va h.) va uyali telefonlar.

Noutbuklar — korporativ simsiz tarmoqlarda va SOHO (Small Office Home Office - kichik va uy ofislari) tarmoqlarida keng tarqalgan qurilma.

Fizik xavfsizlik noutbuklar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bunday kompyuterlarni xarid qilishdagi parametrlardan biri-uning o’lchami. Noutbuk qanchalik kichkina bo’lsa, u shunchalik qimmat turadi. Boshqa tarafdan, noutbuk qanchalik kichkina bo’lsa, uni o’g’irlash shunchalik osonlashadi. SHifrlash kalitlarining, masalan, WEP-kalitlar (Wired Equivalent Privacy), dasturiy kalitlar, parollar yoki shaxsiy kalitlarning (PGP, Pretty Good Privace kabilar) yo’qotilishi katta muammo hisoblanadi va uni ilovalar yaratilishi bosqichidayoq hisobga olish zarur. Niyati buzuq odam noutbukni o’z ixtiyoriga olganidan so’ng aksariyat xavfsizlik mexanizmlari buzilishi mumkin.

Noutbuklarning mobilliligi ularning korporativ tarmoqlararo ekranlar (brandmauerlar) bilan himoyalanmagan boshqa tarmoqlar bilan ulanish ehtimolligini oshiradi. Bu Internet-ulanishlar, foydalanuvchi tarmoqlar, asbob-uskuna ishlab chiqaruvchilarining tarmog’i yoki raqiblar ham joylanuvchi mehmonxona yoki ko’rgazmalardagi umumfoydalanuvchi tarmoqlar bo’lishi mumkin. Bunday hollarda mobil kompyuterlarning axborot xavfsizligi xususida jiddiy o’ylanish lozim.

Noutbuklarning fizik saqlanishlarini ta’minlash usullaridan biri-xavfsizlik kabelidan foydalanish. Ushbu kabel noutbukni stolga yoki boshqa yirik predmetga "boylab" qo’yishga mo’ljallangan. Albatta, bu yuz foizlik kafolatni bermaydi, ammo har xolda o’g’rining anchagina kuch sarf qilishiga to’g’ri keladi.

Noutbuklarning tez-tez o’g’irlanishi sababli, axborotni arxivlashning xavfsizlikni ta’minlashga nisbatan muhimligi kam emas. SHifrlash dasturlari fayllar xavfsizligini ta’minlashda yoki qattiq disklarda shifrlangan ma’lumotlar xajmini yaratishda ishlatiladi. Bu ma’lumotlarni rasshifrovka qilish uchun, odatda, parolni kiritish yoki shaxsiy kalitlarni ishlatish talab etiladi. Barcha axborotlarni shifrlangan fayllarda yoki arxivlarda saqlanishi kerakli fayllar to’plamini arxiv uchun nusxalashni yengillashtiradi, chunki ular endi ma’lum joyda joylashgan bo’ladi.


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish