Tasdiqlayman” Yangiqo‘rg‘on axborot texnologiyalari texnikumi direktori


Identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonlarining bog’liqligi



Download 8,59 Mb.
bet30/158
Sana24.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#407767
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   158
Bog'liq
Axborot xavfsizligi asoslari

Identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonlarining bog’liqligi

Autentifikatsiya jarayonlarini ta’minlanuvchi xavfsizlik darajasi bo‘yicha ham turkumlash mumkin. Ushbu yondashishga binoan autentifikatsiya jarayonlari quyidagi turlarga bo’linadi:

- parollar va raqamli sertifikatlardan foydalanuvchi autentifikatsiya;

- kriptografik usullar va vositalar asosidagi qatiy autentifikatsiya;

- nollik bilim bilan isbotlash xususiyatiga ega bo’lgan autentifikatsiya jarayonlari (protokollari);

- foydalanuvchilarni biometrik autentifikatsiyasi.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan yuqorida keltirilganlaming har biri o‘ziga xos masalalami yechishga imkon beradi. Shu sababli autentifikatsiya jarayonlari va protokollari amalda faol ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda ta’kidlash lozimki, nollik bilim bilan isbotlash xususiyatiga ega bo‘lgan autentifikatsiyaga qiziqish amaliy xarakterga nisbatan ko‘proq nazariy xarakterga ega. Balkim, yaqin kelajakda ulardan axborot almashinuvini himoyalashda faol foydalanishlari mumkin.

«So'rov-javob» mexanizmi quyidagicha. Agar foydalanuvchi A foydalanuvchi V dan oladigan xabari yolg‘on emasligiga ishonch hosil qilishni istasa, u foydalanuvchi V uchun yuboradigan xabarga oldindan bilib bo’lmaydigan element —X so‘rovini (masalan, qandaydir tasodifiy sonni) qo‘shadi. Foydalanuvchi V javob berishda bu amal ustida ma’lum amalni (masalan, qandaydir f(X) funksiyani hisoblash) bajarishi lozim. Buni oldindan bajarib bo’lmaydi, chunki so'rovda qanday tasodifiy son X kelishi foydalanuvchi V ga ma’lum emas. Foydalanuvchi V harakati natijasini olgan foydalanuvchi A foydalanuvchi V ning haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Ushbu usulning kamchiligi so‘rov va javob o‘rtasidagi qonuniyatni aniqlash mumkinligi.

Vaqtni belgilash mexanizmi har bir xabar uchun vaqtni qaydlashni ko‘zda tutadi. Bunda tarmoqning har bir foydalanuvchisi kelgan xabarning qanchalik eskirganini aniqlashi va uni qabul qilmaslik qaroriga kelishi mumkin, chunki u yolg‘on bo’lishi mumkin. Vaqtni belgilashdan foydalanishda seansning haqiqiy ekanligini tasdiqlash uchun kechikishning joiz vaqt oralig'i muammosi paydo bo’ladi. Chunki, «vaqt tamg‘asi»li xabar, umuman, bir lahzada uzatilishi mumkin emas. Undan tashqari, qabul qiluvchi va jo‘natuvchining soatlari mutlaqo sinxronlangan bo’lishi mumkin emas.


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish