5. Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi yurtim izda va dunyo m iqyosida
nishonlanishi haqida nimalarni bilib oldingiz?
26-§. YURT OBODONCHILIGI, ADABIYOT
VA SAN’AT
Shaharlarning obodonlashtirilishi va me’morchilik.
Amir Temur
mamlakatning, xususan, poytaxt Samarqandning obodonchili-
giga alohida e ’tibor berdi va uni dunyoning go‘zal shahriga
aylantirishga qaror qildi.
U ulkan bunyodkorlik ishini Samarqandning mudofaa devorlari-
ni tiklashdan boshlattirdi. Shaharga bu devorlarga o ‘rnatilgan oltita
darvoza orqali kiriladigan bo ‘ldi. Samarqandga Zarafshon daryosi-
dan suv keltirildi.
Temuriylar davri m e’morchiligining ajoyib namunasi Amir Temur-
ning qarorgohi — Ko‘ksaroy shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan
darajada hashamatli qilib qurildi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |