FOYDALI QAZILMA KONLARINI GEOTEXNOLOGIK USULDA QAZIB
OLISH HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR
Reja:
Konchilik ilmi, geotexnologiya.
Foydali qazilma konlarini geotexnologik usulda qazib olishning tasniflari.
Geotexnologiyaning asosiy muammolari.
Darsning maqsadi: Talabalarni foydali qazilma konlarini geotexnologik usulda qazib olishning tasniflari, geotexnologiyaning asosiy muammolari bilan tanishtirish.
Konchilik ilmi - tabiiy sharoit va geologik muxitda foydali qazilmalarni yer qobig’idan qazib olish, birlamchi ishlov berish texnikasi, texnologiyasi va iqtisodi to’g’risidagi ilmiy bilimlar tizimidir.
U geologik, fizika-texnik, iqtisodiy va konchilik fanlariga bo’linadi. Konchilik ilmi foydali qazilmalarni qidirish (razvedka) texnologiyasi, qazib olish va birlamchi ishlov berish fanlari bilan uzviy bog’liq. Foydali qazilmalarni qazib olish texnologiyasi quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi: ochiq usulda, yyyyer osti usulida va burg’ulash skvajinalari orqali qazib olish texnologiyasi. Burg’ulash skvajinalari orqali qazib olish texnologiyasi bilan neft, suv va qattiq foydali qazilmalar qazib olinishi mumkin. Qattiq foydali qazilmalarni burg’ulash skvajinalari yordamida qazib olish haqidagi fan geotexnologiya deb nomlanadi.
Geotexnologiya - maxsuldor qatlamlarga fizik, kimyoviy biyokimyoviy va mikrobiologik ta'sir ko’rsatish orqali foydali qazilmalarni harakatchan holatga o’tkazib, uni yer yuzasidan kongacha bo’lgan skvajinalar orqali qazib olishni ta'minlash to’g’risidagi fan hisoblanadi.
Geotexnologiyada alohida olingan tog’ jinslarini o’rganish qabul qilinmagan. Tog’ jinslari massivlarining holati, tarkibi va tuzulishi to’g’risidagi savollarni geologiya kursida o’rganiladi.
Quyida biz massivlarning geotexnologiyada alohida ahamiyatga ega bo’lgan xususiyatlari bilan tanishib chikamiz.
Geotexnologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan olimlardan D.I.Mendeleev, D.Ramseya, V.I.Vernadskiy, Ye.N.Fersman, V.V.Rjevskiy, V.J.Arens va boshkalarni misol keltirishimiz mumkin.
Geotexnologik usullarning qazib olish jarayoni buyicha tasniflanishiga foydali qazilmani harakatchan holatga o’tkazishning ko’rinish va usullari asos qilib olingan.
Foydali qazilmalarni geotexnologik usulda qazib olishning aloxida belgilari quyidagilardan iborat:
konni qazib olish, ochish, tayyorlash va foydali qazilmani qazib olish uchun xizmat qiluvchi burg’ulash skvajinalari orqali amalga oshiriladi;
kon foydali qazilmani qazib olish ob'ekti va qayta ishlash joyi hisoblanadi, ya'ni bu texnologiya foydali komponentni tanlab ajratib olishga yo’naltirilgan;
geotexnologik korxona - tarmoq (stansiya) - quyidagi uchta asosiy elementdan iborat: ishchi agentlarni tayyorlash bloki, qazib olish maydoni, maxsuldor flyuidlarni qayta ishlash bloki;
qazish instrumenti sifatida qazish maydoniga kiritilgan ishchi agentlar, ya'ni energiya va uni tashuvchilari xizmat qiladi;
foydali qazilma ishchi agent ta'sirida yengil harakatchanlik kashf etib o’zining agregat holatini o’zgartiradi yoki boshqa moddaga aylanadi va ajralib chiqa boshlaydi;
konga ishlov berish zonal xarakterga ega, ya'ni vaqt davomida kon konturida joylashgan ma'lum bir burg’ulash skvajinalarda davom etadi;
qazishni boshqarish yuqoridan turib ishchi agentlar yuborishning o’lchamlarini va xarakterini o’zgartirish bilan olib boriladi.
Foydali qazilma konlarini geotexnologik usulda qazib olishning tasniflari
Do'stlaringiz bilan baham: |