Talaba huquqi va vazifasi



Download 1,64 Mb.
bet17/69
Sana02.07.2022
Hajmi1,64 Mb.
#732137
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
Bog'liq
konchilik mavzular

Birinchidan, tabiiy va mineral xom ashyo zaxiralari yirik konlarda to’plangan bo’lib, ularni qazib olingan joining o’zidayoq kompleks qayta ishlash imkoniyati bor;
Ikkinchidan, foydali qazilmalarning ko’pgina turlari tahkibidagi foydali komponentlar yuqori darajada bo’libgina qolmay, katta miqdorda yo’ldosh elementlarga ham ega;
Uchinchidan, konlarning ko’pchiligida ochiq usulda ishlash mumkin, rudalarni boyitish texnologiyasi ham nisbatan oddiy. Bu texnologiya foydali komponentlarni ko’p miqdorda chiqarishni va jahon bozorida xaridorgir mahsulot olishni ta’minlaydi.
To’rtinchidan, ko’pgina foydali qazilma konlari yaxshi o’zlashtirilgan, aholi zich yashaydigan mintaqalarda joylashgan. Ular transport yo’llariga va hududlar o’rtasida resurslarni tashish vositalariga, shu jumladan suyuq va gaz holatidagi foydali qazilmalar uchun quvur transportiga ega;
Beshinchidan, ishlab chiqarish, malakali kadrlar, tog’-kon mutaxassislari tayyorlaydigan oily va o’rta maxsus o’quv yurtlari tizimi mavjud.
O’zbekiston noyob yoqilg’i-energetika resurslariga ega. Qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko’mir – 2 milliard tonnadan ortiq. 160 dan ortiq neft koni mavjud.
Neft va gaz mavjud bo’lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko’rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSH dollaridan ziyod baholanmoqda. 1992 yilda Namangan viloyatida istiqbolli Mingbuloq neft koni ochildi.
Respublika gaz qazib chiqarish sanoatini hamda tabiiy gazni va gaz kondensatini qayta ishlash bilan bog’liq ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga katta umid bog’lamoqda.
Eng yirik gaz konlari Janubiy-G’arbiy Hisor va Buxoro-Xiva neft va gazli mintaqalarida joylashgan bo’lib, Sho’rtan va Muborak guruhlariga kiruvchi konlardir.
Qazib olinayotgan gazlar tarkibida etan, propan, butan va boshqa komponentlar mavjud bo’lib, ular polimer materiallar – polietilen, polivinxlorid va boshqa moddalarni olish uchun yaroqlidir. Bundan tashqari. Sho’rtan gazkimyo kompleksidan olinayotgan propandan nitrilakril kislota olib, undan nitron tolasi ishlab chiqarish mumkin.
Keyingi yillarda O’zbekistonda neft va gaz tarmog’i ildam rivojlandi. Respublika hududida ikkita neftni qayta ishlaydigan (Farg’ona va Oltiariq) hamda ikkita gazni qayta ishlaydigan (Sho’rtan va Muborak) zavodlari ishlab turibdi. Ular xilma xil neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Mustaqillik yillarida respublikada yangi mahsulot turlari – benzin, aviakerosin, aviabenzin, neft moylariningxilma-xil turlarini, suyultirilgan gaz boshqalarni olish o’zlashtirildi.
O’zbekiston katta ko’mir zahiralariga ega. Uning geologic zahiralari bo’yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o’rinda turadi. O’zbekistonda ko’mir Angren, Sharg’un va Boysun konlarida qazib chiqariladi. Ularning umumiy zahirasi – 2 milliard tonna.
Ular orasida Angren ko’mir koni eng noyob kon hisoblanadi. Bu yerda ko’mir zahiralari ilg’or hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq usullar bilan: 150-250 metr chuqurlbkdagi ko’mir qatlamlarini ochiq usulda, yyyyer osti usulida va yyyyer ostida gazga aylantirish usulida qazib olinmoqda.
Ko’mir bailan birga juda qimmatbaho mineral xom ashyo zahiralari: kaolinlar, ohaktoshlar, kvarts qumlar, tosh qotishmalar va kam uchraydigan boshqa elementlar ham qazib olinmoqda.
Angren kaolinidan sanoatning ko’pgina tarmoqlarida glinozyom (alyuminiy oksidi) va alyuminiy, o’tga chidamli materiallar, keramik qoplamalar, pardozlash plitkalari, chinni va fayans elektr izolyatorlar, drenaj va kanalizatsiya quvurlari, qog’oz sanoatida ishlatiladigan to’ldirgich, oq va rangli sement, o’ta pishiq g’isht kabi mahsulotlarni tayyorlash uchun xom-ashyo sifatida foydalanish mumkin.
O’zbekiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho hamda yer bag’rida kam uchraydiganmetallar zahiralariga ega bo’lgan davlatlar jumlasiga kiradi.
Hozorgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metall konlari qidirib topilgan. Oltinning asosiy zahiralari oltin konlarining o’zida – Markaziy Qizilqumda joylashgan bo’lib, tasdiqlangan zahiralari bo’yicha respublikani dunyoda to’rtinchi o’ringa olib chiqadi.
Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiradi. U Yevroosiyo qit’asidagi ruda tarkibida oltin yuqori darajada bo’lgan eng yirik kondir.
Muruntov koni juda katta manba bo’lib, undan har yili millionlab kub metr kon tuprog’I qazib olinadi. Undan dunyodagi eng sifatli oltin olish mumkin.
Qizilqum mintaqasidagi barcha oltin konlarining muhim xususiyati shundan iboratki, rudaning tarkibida oltin ko’p miqdorda bo’lib, u ochiq usulda qazib olinadi.
Respublikada kumush konlari ham bor. Namangan viloyatidagi Oqtepa koni kumush qazib chiqarish bo’yicha eng istiqbolli bo’lib, chet el investitsiyalarini o’ziga jalb etadigan kondir.
O’zbekistonda qimmatbaho metallar bilan bir qatorda uran ham ishlab chiqariladi. Uning uchun yirik mineral xom ashyo bazasi barpo etilgan. Aniqlangan uran zaxiralari 50-60 yil mobaynida qazib olishga yetadi.
Uran bilan yo’l-yo’lakay reniy, skandiy, lantonoidlar va boshqalar qazib olinmoqda.
O’zbekiston rangli metallar – mis, qo’rg’oshin, rux, volfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallrning aniqlangan zahiralariga ega.
Mis rudalari bilan birga rangli metallrning 15 dan ortiq turi, jumladan, oltin, kumush, molibden, kadmiy, indiy, tellur, selen, reniy, kobal’t, nikel, osmiy va boshqalar ham qazib olinadi.
Rangli metallar rudalarining zahiralari asosan Olmaliq ruda maydonida jamlangan. Qalmaqir koni noyob konlardan bo’lib, u mis-molibden rudalarini qazib chiqarish bo’yicha chet eldagilardan ancha ustun turadi. Bu konning rudasini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qayta ishlaydi.
Qo’rg’oshin-ruh asosan Jizzax viloyatining Uchquloch va Surxondaryo viloyatining Xondiza konlarida jamlangan.
Xondizadagi konda qorg’oshin va rux bilan birga mis, kumush, kadmiy selen, oltin va indiy bor. Xalqaro bozorda bu metallarning mavqei oshgan sari O’zbekistonda ularni qazib chiqarishni kengaytirish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi bir qator nodir va tarqoq holda uchraydigan metallarni ajratib olish hamda ishlab chiqarish uchun ishonchli xom ashyo bazasiga ega. Ularning bir qismi, masalan, litiy mustaqil konlarda jamlangan, boshqalarini mis, polimetallar, uran va boshqa foydali qazilmalar konlaridan yo’ldosh moddalar sifatidaajratib olish mumkin.
Selen va nellurdan asosan yarim o’tkazgichlar, quyosh batareyalari, termogeneratorlar, po’lat, shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
O’zbekiston reniyning noyob zahiralariga ega. U olmaliq konlaridagi mis rudalari bilan bog’liq. Molibden konsentratidagi reniyning miqdori jihatidan bu rudalar jahon amaliyotida tengsizdir. Sanoatda reniydan aviatsiya va kosmik texnika uchun o’tga chidamli qonishmalar, electron uskunalar, neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Respublikada 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro koni borligi aniqlangan. Oq rangdan to qora ranggacha xilma-xil bezak toshlar olinadigan ko’plab konlar noyob tabiiy omborlar bo’lib, ular butun Yevroosiyo zonasidagi eng yirik konlardir.
Respublika fosforitlarga boy. Jeroy-Sardara fosforitlar konidagi Marokash turiga mansub zarra-donador fosforitlarning aniqlangan zahirasi taxminan 100 mln tonnani tashkil etadi.
Fosforitlarning xo’jalik oborotiga jalb etilishiga sababshuki, O’zbekistonda fosfat o’g’itlar – ammofos va ammoniylashtirilgan superfosfat ishlab chiqaradigan juda katta korxonalar barpo etilgan.
Respublika tosh tuzi konlariga boy. Aniqlangan 5 ta tosh tuzi koni – Xo’jaikon, Tubakat, Borsakelmas, Boybichakon va Oqqala konlarida taxminan 90 millird tonna xom-ashyo bor. Hozirgi vaqtda Borsakelmas konining tuzlaridan kaltsiy va kaustik soda ishlab chiqarish uchun xom-ashyo sifatida foydalanish ko’zda tutilmoqda. Ana shu maqsadda Qo’ng’irotdakimyoviy usulda kaltsiy va kaustik soda ishlab chiqaradigan soda zavodi qurilishi boshlandi.
Mineral xom-ashyo bazasining hozirgi holati ishlab-turgan tog’-kon va qayta ishlash korxonalari quvvatlarini ta’minlab turish imkonini beradi. Shu bilan birga u oltin, kumush, mis, kaolin, fosforli, kaliyli o’g’itlar va boshqalarni ishlab chiqaradigan yangi korxonalar barpo etish uchun amaliy shart sharoitlar ham yaratib beradi.
Ma’ruza №6

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish