Тактиканинг фан сифатида вазифалари



Download 15,2 Mb.
bet3/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

Taktika nazariyasi - jangning qonun-qoidalarini, xususiyatlarini va mazmunini o‘rganadi, uni tayyorlash va olib borish usullarini ishlab chiqadi, bo‘linma va birlashmalarning jangovar xususiyatlari va imkoniyatlarini xam aniqlaydi. Taktika amaliyoti - komandirlar, shtablar va qo‘shinlarning jangga xozirlik ko‘rish va uni olib borish mobaynidagi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Uning tarkibiga: vaziyat haqida maqlumotlarni muntazam ravishda aniqlash; qarorlarni qabul qilish va bo‘ysunuvchilarga jangovar topshiriqlarni etkazish; jan­govar harakatlarni rejalashtirish, olib borish; bo‘lin­ma va birlashmalar boshqariluvi; jangovar harakatlarning taqminoti kiradi.

Ayni paytda taktika umumiy taktikaga, Qurolli Kuchlar turi taktikasiga, qo‘shinlar turi va maxsus qo‘shinlar taktikasiga bo‘linadi. Quruqlikdagi qo‘shinlar taktikasi umumiy taktikaning asosini tashkil etadi.

Taktikaning vazifalari. Taktika umumqo‘shin jangini tayorlash va olib borish usullarini o‘rganadi va ishlab chiqadi. U o‘z ichiga umumqo‘shin birlashmalari va bo‘linmalari taktikasini, shuningdek, Qurolli Kuchlar turlari va quruqliqdagi qo‘shinlar tarkibiga kiruvchi qo‘shinlar turi va maxsus qo‘shinlar taktikasini oladi. U jangovar harakatlar ko‘rinishining mazmunini, o‘t ochuvchi va boshqa turdagi talofat etkazuvchi vositalar ko‘llanilishining mohiyatini o‘rganadi. Qo‘shinlar manyovri, yurishlar, jang oldi va jangdagi tartiblar shaklini ishlab chiqadi, harbiy qo‘shin turi va maxsus qo‘shin­lar birlashma va bo‘linmalarining umumqo‘shin jangidagi o‘rni va bajaradigan rolini va ularning vazifasini, shuningdek, ularni birgalikda jangovar qo‘llash hamda ular orasidagi uzaro xamkorlik harakatlari usul­larini belgilaydi.

Qurolli Kuchlar turlari, qo‘shinlar turi va maxsus qo‘shinlar taktikasi - ularga qarashli yoki o‘zga turdagi Qurolli Kuchlar turi, qo‘shinlar turi va maxsus qo‘shinlarning birlashma va bo‘linmalarining umumqo‘shin jangidagi yoki mustaqil tarzda jangovar qo‘llash mobaynida xal qiluvchi maxsus topshiriqlarini ishlab chiqadi.

Umumiy taktika Qurolli Kuchlar turlari, qo‘shinlar turi, maxsus qo‘shinlar taktikasi bilan o‘zaro mustahkam aloqada bog‘langandir. Umumiy taktika Qurolli Kuch­lar turi, qo‘shinlar turi va maxsus qo‘shinlar birlash­ma, bo‘linmalarining umumqo‘shin jangida va uni olib borish mobaynida ularni birgalikda qo‘llash tartib va usullarini belgilab beradi va shu bilan ular taktikasini takomillashishiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida yangi qurollar rusumi kiritilishi munosabati bilan qo‘shinlar turi, maxsus qo‘shinlar va Qurolli Kuchlar turlari taktikasidagi o‘zgarishlar umumiy taktikaning rivojlanib borishiga maqlum darajada taqsir ko‘rsatadi. Umumqo‘shin jangini olib borish, Qurolli Kuchlar turi va qo‘shinlar turi xamda maxsus qo‘shinlar birlashma va bo‘linmalarini jangda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarini takomillashtirishni talab qiladi.

Taktikaning rivojlanishiga qurol va harbiy texnikaning takomillashtirish, qo‘shinlar shaxsiy tarkibidagi sifat o‘zgarishlari katta taqsir ko‘rsatadi, ayniqsa, texnika rivojlanishining jadallashuvi, qurolli kurash vositalarining va shaxsiy tarkibning jangovar-maqnaviy sifatlari, takomillashi taktikadagi o‘zgarishlar suratini tezlatmoqda.

So‘nggi yillarda yirik masshtabli janglar bo‘lish xavfining kamayib borishi, jangovar xarakatlar yuritilish xususiyatlariga ko‘ra ko‘p miqdordagi qo‘shinlar guruxi qo‘llanilmagan xolda, cheklangan xududlarda, lekin o‘ta vaxshiylashgan ko‘rinishdagi turli qurolli mojarolar sodir bo‘lish extimoli ortib bormoqda.

So‘nggi yillardagi qurolli mojarolarda olib borilgan jangovar xarakatlar mobaynida taktikaning amaliy rivojlanishi borasida ko‘plab ijobiy tajribalar to‘planib, ularni taktik xarakatlar shakli va usullaridagi yangilik va yaxlit harbiy sanqatdagi progress sifatida qabul qilish mumkin. SHuni takidlab o‘tish lozimki, so‘nggi o‘n yillikdagi kurolli mojarolar va mintaqaviy urushlar davomida olib borilgan jangovar xarakatlar tizimida taktikaning xal qiluvchi roli aniq belgilanadigan bo‘lib qoldi. Jangovar harakatlar olib borishdagi asosiy maqsuliyat negizi taktik xarakatlar tomonga og‘ib, qo‘shinlar tomonidan xal etiladigan tak­tik vazifalarning 75-80%ni tashkil etadi. SHundan xulosa qilish mumkinki, taktika qurolli kurashda ko‘zlangan maqsadga erishishning negizi bo‘lgan va shundayligicha qolmoqda.

Ayni paytdagi qo‘shinlar taktik harakatlarining nazariy va amaliy rivojlanishi jarayonida ro‘yobga chiqan quyidagi holatlarni takidlab o‘tish lozim:

- bevosita xarbiy to‘qnashuvdan bo‘yin tovlaydigan, partizancha kurash olib borish tarafdori bo‘lgan, “Ter­ror, qo‘poruv, qo‘rqitish” shiori bilan harakat qiladigan nomuntazam tuzilmalar tomonidan olib boriladigan jangovar harakatlarga qarshi qaratilgan fikrlar tizimi jamlanadi. SHuni takidlash lozimki, noqonuniy qurollangan tuzilmalarni tor-mor qilish va yo‘q qilish borasidagi taktik muvaffaqiyatlar inqiroziy holatlarni bartaraf etish uchun muayyan zaruriy sharoitlar yaratadi;

- jangovar harakatlar mobaynida o‘zga qurolli tu­zilmalar bilan xamkorlikda umumqo‘shin qo‘shilmalar (birlashmalar) tomonidan o‘tkazilgan “odatdan tashqari” dushmanga qarshi maxsus tadbirlarda taktik harakatlarning ko‘plab noananaviy shakl va uslublari tug‘ildi;

- qurolli mojarolarda otryad - guruxli taktik harakatlar o‘z o‘rnini topdi, umumqo‘shin birlashmalar va qismlarni jangovar tartibga tizilishining ko‘plab yangi elementlari paydo bo‘ldi;

- hududning turli joylaridagi kichik nuktalarda qarshilik ko‘rsatayotgan dushmanga o‘t ochish bilan talofat etkazish sharoitlarida qo‘llaniladigan tizim takomillashdi;

- mudofaaning yangi usuli - to‘xtab, ma’lum vaqtlarda harakatlanuvchi - barqarorlashtiruvchi faoliyatlari paydo bo‘ldi;

- umumqo‘shin jang tamoyinllari sezilarli rivoj topdi, uni tayyorlash va yuritish bo‘yicha, qo‘shinlarni boshqarish, hamkorlikni tashkillash va har tomonlama taqminlash bo‘yicha komandir va shtablarning ish faoliyati mazmunan va usluban boyidi.

Taktika ayni paytda qo‘shinlarning amaliy faoliyatiga bevosita chambarchas bog‘lanib yaqinlashdi. Taktika bilan, Qurolli Kuchlarning barcha shaxsiy tarkibi shug‘ullanmoqda, shuningdek, eng ko‘p sonli tuzilmalar - birlashma va bo‘linmalar (shu jumladan o‘zga vazirliklar va muassasalar), ofitserlar nafaqat taktik taqvsiyalardan foydalanuvchi, balki ularni takomillashtirishda faol qatnashuvchi sifatida ham taktikani rivojlantirish bilan mashg‘uldirlar.

Umumqo‘shin jangining rivojlanishi darajasi, ofitserlar, shtablar va qo‘shinlarning taktik tayyorgarlik sifati qurolli kurashda erishiladigan muvaffaqiyatning muhim omilidir.

Bo‘lnmalarni o‘qitish jarayonida taktik tayyorgarlikning moxiyati. Taktik tayyorgarlik - bu shaxsiy tarkibni, bo‘linmalar va birlashmalarni, shuningdek, ularning boshqaruv organlarini jangga tayyorgarlik ko‘rishi va uni olib borishga o‘qitishdir.

Taktik tayyorgarlik qo‘shinlarning jangovar tayyorgarlik fanlarining eng muhimlaridan biri bo‘lib, oliy harbiy o‘quv yurtlarining etakchi fani xisoblanadi, chunki u talabalarning zamonaviy jangda amaliy harakatlarga tayyorgarligini, ularning dala-o‘kuv malakalarini yuqori darajada bo‘lishini taqminlaydi.

Taktik tayyorgarlikka boshqa barcha fanlar bo‘ysunib, moslashib boradi. Bunga sabab - ushbu fan harbiy xizmatchilarning o‘t ochish, texnik, maxsus, muhandislik, saf, jismoniy tayyorgarlik kabi mashg‘ulotlari jarayonida olgan bilim va tajribalarini yagona kompleksga mujassamlaydi. U qo‘shinlarning dala-o‘kuv mashqlari malakalarini olishining asosi hisoblanadi. Buning sababi, haqiqiy jangovar vaziyatlarga faqat dala-o‘kuv mashqlari sharoitidagi taktik mashg‘ulotlardagina maksimal yaqinlashtirish mumkin.

Taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida bo‘linmalar va ularning komandirlari yuqori tezliklarda uzoq, masofalarga marsh o‘tkazish, qurolni qo‘llab, dushmanga etkazilgan talofat natijalaridan foydalangan holda unga tezkor xamla qilish, joyning tekislik, tog‘li va cho‘l sharoitlarida jangovar harakatlarni mohirona olib borish, yashirin manyovr olib borish malakalariga ko‘nikma hosil qiladilar. Dushmanning mudofaasi ortida mardlarcha harakat qilishga, suvli to‘siqlardan, to‘silgan va zararlangan hududlardan o‘tishi, sabot va chidam bilan mudofaada turishni, dushmanning ommaviy qirg‘in qurollaridan mohirona himoyalanishni, ehtimoliy dush­manning qurollangan muntazam va nomuntazam guruhlariga qarshi murakkab va tez o‘zgaruvchan vaziyatlarda jang olib borishni o‘rganadilar.

Bugungi kunda qo‘shinlar oldiga ularning taktik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha talablar bejiz qo‘yilayotgani yo‘q. CHunki ular dushman aviatsiyasi va radioelektronikasiga qarshilik qilgan murakkab vaziyatli sharoitlarda tezkor va faol jangovar harakat yuritishga tayyorgarlik ko‘rishlari; asosiy kuchlardan uzoqlashgan, shu jumladan tog‘, cho‘l sharoitlarida va aholi punktlarida alohida harakat qilishga; dushman mudofaasining yorib o‘tish usullarini takomillashtirib borishga; zamonaviy o‘t ochish usullarini ko‘llagan holda, o‘t ochish bilan etkazilgan talofat natijalaridan to‘liq foydalanishga, jangovar tartibning turli ko‘rinishlarida yuqori suratlarda xamla qilishga; nisbatan ko‘p sonli dushman kuchlarining hujumini bartaraf etish bo‘yicha mustahkam va faol mudofaa yuritishga; muxim obqektlarning muxofazasi va mudofaasi mobaynida faoliyat ko‘rsatishga; dushman otryadlari va guruhlarini qidirish, qurshab olish va yo‘q qilishga; zararlangan hududlardan va vayronaliklardan o‘tish bilanoq o‘z vaqtida jangga kirishga tayyor bo‘lishga; qurshov sharoitla­rida va undan chiqish mobaynidagi harakatlarda jang olib borishga; chekinayotgan dushmanni taqib qilishga, shuningdek, sara otryadlar tarkibida harakat qilishga shay bo‘lmoqlari kerak,

Zamonaviy jang askardan harakat hududi xususiyatlarini hisobga olgan xolda, yakka tartibdagi tog‘ va tungi tayyorgarlikni, bo‘linmalarning jang maydonida harakat usullarini, jangovar vazifalarni bajarish maqsadlarida, muhandislik to‘siqlarini va bo‘linmalar o‘tini mujassamlashtirish sanqatini o‘zlashtirish bo‘yicha ham-jixatlikni talab qilmokda.

Bugungi kunda oliy harbiy bilim yurtlari talabalarining tayyorgarligi bo‘yicha asosiy eqtiborni bo‘lg‘usi lavozimi doirasida bo‘linmalarni boshqarish bo‘yicha amaliy ishlarga o‘qitish maqsadiga qaratish talab qilinmoqda. Talabalar bilimi va ko‘nikmalarini baholash mobaynida ularning joyda jangni tashkillashi, bo‘linmalarni boshqarish bo‘yicha amaliy tajribalari, qurol va jangovar texnikani boshqarishi asosiy omil qilib olinadi. Talabaning vazifasi - bu taktika asoslarini chukur o‘rganish va uni ehtimoliy dushmanni tez va mardona tor-mor qilish uchun mohirona qo‘llay olishdir.

1.1.Zamonaviy umumqo‘shin janglari asoslari

Jang bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlarga qarashli qismlar va bo‘linmalarning uyushgan qurolli to‘qnashuvi bo‘lib, u qo‘shinlar, qismlar, bo‘linmalarning cheklangan rayonda qisqa vaqt ichida dushmanni yo‘q qilish (tor-mor keltirish), uning zarbalarini qaytarish, boshqa taktik vazifalarni bajarish maqsadida vaqti va joyi rejalashtirilgan va muvofiqlashtirilgan zarbalar berish, o‘t ochish va manyovrlar qilishdan iborat.


Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish