O‘qish va yozuv ko‘nikma malakalarini shakllantirish
mashqlari darsda
yetakchi o‘rinni egallab taxminan, darsning 2,3 qismiga to‘gri kelishi lozim.
Har bir o‘qish va yozuv darsida "Alifbe"dagi matnlar bilan bir qatorda
Q.Muxammadiy, P.Mumin, A.Obidjon kabi sevimli bolalar shoiri va yozuvchilari
asarlaridan namunalar tanladik. SHunday qilib o‘qish sinfdan tashqari o‘qish,
o‘qib berilgan matnni eshitish bilan boglanadi. O‘qish va yozuv darslari bir— biri
bilan uzviy boglanadi: o‘qish darsi o‘quvchilarni yozuv darsiga tayyorlaydi, yozuv
darsi oldingi o‘qish darsining davomi sifatida xizmat qiladi.
Talabalar bilan "Dars va uning vazifalari, qurilishi" haqida suhbat qilinadi.
Ularning javoblarini yakunlab, savod o‘rgatish darslari quyidagi belgilariga ko‘ra
farqlanadi.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar bilimi dars
jarayonida barcha ishlarga
boglab aniqlanadi boglanishli nutqni o‘stirish ham o‘qish va yozuv darslariga
uzviy boglanib ketadi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari o‘qishlariga rahbarlik
qilishlariga xaftada bir marta 20 daqiqa ajratiladi.
Savod o‘rgatish darslarida vaqti-vaqti bilan dam olish daqiqalari o‘tkaziladi.
Darslar sistemasi deyilganda o‘quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy jihatdan
rejali taqsimlangan darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri boglangan dars
turlari va unda o‘qituvchi bilan o‘quvchilar foydalaniladigan
asosiy metodik
vositalar xilma~xil bo‘lgan izchillik nazarda tutiladi.
Amaldagi "Alifbe" darsligi va ularga yozilgan qollanmalarga asosan savod
o‘rgatishda tayyorgarlik davri (8 dars) alifbe ajratiladi. Ta’limning har bir
bosqichidagi darsning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Darslar qurilishida ichki
mantiqiylik bo‘lib, har bir darsda yangi tovush va harf o‘rganiladigan
dars bilan
yangi mavzu o‘rganilmaydigan darsni navbatlashtirish, orfografiya va so‘zning
bo‘gin tuzilishi haqida ma’lumot berish, o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirish
kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar umumlashtirish takrorlash darsi bilan
yakunlanadi.
Oz komplektli maktablarda savod o‘rgatishni tashkil etish o‘qituvchi bir vaqtning
o‘zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi. Bunday sinflarda o‘qituvchi bir vaqtning
o‘zida bir necha sinf o‘quvchilari bilan ish olib boradi. Bunday sinflarda dars
jadvali integrallashtirilgan bo‘lishi kerak va darslar 30
daqiqaga qisqartirilishi
mumkin.
Oz komplektli maktablarda o‘quvchilarning mustaqil ishlariga alohida
ahamiyat beriladi. SHuning uchun mustaqil ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur.
CHunonchi, harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-sintetik ishlar,
rasm asosida suhbat yoki hikoyaga tayyorlanish, ovoz chiqarib o‘qish yoki hikoya
qilishga tayyorlanish, texnika vositalaridan foydalanish va hokazo.
"Alifbe" darsligi sizningcha qanday bo‘lishi kerak? savoliga olingan javoblar
umumlashtiriladi.
1."Alifbe" materiali bolalarda ongli, to‘gri, ravon o‘qish va to‘gri yozish
malakalarini hosil qilishga yordam berishi kerak.
2.O‘qish uchun berilgan matnlar, rasmlar bolalar saviyasyasiga mos bo‘lishi,
shu bilan birga ularning tafakkuri va nutqini o‘stirishi.
3."Alifbe" tuzilishida tovush harflarning tez va ko‘p ishlatilishi tamoyilidan
foydalaniladi.
4„"Alifbe" ning hajmi savod o‘rgatishga ajratilgan vaqtiga mos bo‘lishi
kerak.
5."Alifbe"ning
harfi terilishi, qogozi, rasmlarining bo‘yoqlari gigienik
talablarga javob berishi.
6."Alifbe"ning tashqi ko‘rinishi chiroyli, bolalar diqqatini o‘ziga tortadigan
bo‘lishi kerak.
Alifbega qo‘yilgan barcha talab va tamoyillarni faqat alifbe tuzuvchilar emas,
balki u bilan ishlaydigan o‘qituvchilar bilishi zarur; o‘qituvchi, avvalo, alifbening
mazmunini,
tuzilishini yaxshi bilib olib, undagi materialdan pedagogik jarayonni
tashkil etish (alohida bir dars rejasini tuzish, darslar sistemasini belgilash,
alifbe
materialiga qo‘shimcha material tanlash, ba’zi materiallarni qayta ko‘rib chiqish)
da foydalanadi. SHundagina o‘qituvchi kitobga ijodiy yondashib» undan metodika
talablari va o‘zining pedagogik tajribasidan kelib chiqib foydalangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: