Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


Yer kadastri va tuproq bonitrovkasi



Download 2,83 Mb.
bet56/154
Sana26.02.2022
Hajmi2,83 Mb.
#468400
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   154
Bog'liq
Tuproqlar geografiyasi 2021 2022 Majmua Joniyev O T 5555

2. Yer kadastri va tuproq bonitrovkasi
Kadastr (fransuzcha – reyestr, rо‘yxat) – obyekt yoki hodisa tо‘g‘risida jamlama sifatida va miqdoriy ma’lumotlarning tizimli majmuasi hisoblanadi, kо‘p hollarda ular iqtisodiy baholashni nazarda tutadi. Kadastrning turlari kо‘p. Yer kadastri quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: a) yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni rо‘yxatdan о‘tkazish; b) yerni miqdoriy hisobi; v) yerning sifati; g) tuproq bonitirovkasi; d) yerlarni iqtisodiy baholash.
Tuproq bonitirovkasi (lotin tilida – asl, sifatli) – tuproqning unumdorligi bо‘yicha nisbiy baholashdan iborat. Qiyosiy baholash tuproqlarning mavjud obyektiv xususiyatlari va belgilari asosida amalga oshirilib, bular qishloq xо‘jaligi ekinlarining о‘sishida eng muhim ahamiyatga ega bо‘ladi. Bonitirovkada miqdoriy kо‘rsatkichlar (ballar) qо‘llaniladi. Ular bir tuproqni ikkinchi tuproqdan qanchalik yaxshi yoki yomon ekanligini aniqlash imkonini beradi. Bunda tuproqning eng muhim xususiyatlari va hosildorligi e’tiborga olinadi. Boshqacha aytganda, tuproq bonitirovkasi – tuproqning hosildorligini ball hisobida agronomik inventarizatsiya qilish bо‘lib, ball tuproqning asosiy xususiyatlari va eng muhim qishloq xо‘jaligi ekinlarining о‘rtacha hosildorligi hamda tabiiy yaylov (pichanzor)larning mahsuldorligi hisoblangan kо‘rsatkichidir.
Bonitirovka usullari va bonitirovka shkalasi baholash mezonlari bо‘yicha farqlanadi. Bunda tuproqning ayrim tabiiy xususiyatlari yoki ushbu xususiyatlaridan jami baholashda foydalaniladi. Lekin baholash jarayonida tuproqning qishloq xо‘jaligi ekinlari rivojlanadigan sharoitlarini belgilovchi xususiyatlari va belgilari asos qilib olinadi. Shuning uchun ham ma’lum xususiyatlarga ega bо‘lgan tuproq bir turdagi ekin uchun qulay, boshqa turdagi ekinlar uchun esa noqulay bо‘lishi mumkin.
Tuproqlarni xususiyatlari bо‘yicha baholash mantiqan qishloq xо‘jaligi ekinlari hosildorligini nazorat qiladi. Tuproqlarni baholashda ularga jiddiy ta’sir etuvchi omillar, ya’ni relyef, grunt suvlari sathi va minerallashuv darajasi, iqlim xususiyatlari, gruntining suv о‘tkazuvchanligi, yotqiziqlarning litologik tarkibi, yerning о‘lchamlari va boshqalarga katta ahamiyat beriladi.
MDH mamlakatlarida, shu jumladan, О‘zbekistonda 100 ballik baholovchi shkala qabul qilingan. Ballarni ishlab chiqish yer tuzish davlat loyiha instituti (,,О‘zgiprozem”), oliy о‘quv yurtlarining tuproqshunoslik kafedralari, Tuproqshunoslik va agrokimyo institutida mahalliy tabiiy va iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Bonitirovka ballarini har bir baholash belgisi bо‘yicha hisob-kitob qilish qabul qilingan quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:

Bunda: Б-tuproq bali;
Зф-biror belgi (gumus miqdori, azot, fosfor, kaliy va b.);
Зм-shu belgining qiymati, u 100 ball hisobida olinadi.
Ball bilan baholash tuproqlarning andozali kо‘rsatkichlari asosida bajarilishi lozim, о‘shanda tuproqdagi gumus miqdori 100 % ga teng bо‘ladi. Masalan, sug‘oriladigan och bо‘z tuproqda gumus miqdori, aytaylik 1,3 % bо‘lsa, u andozali tuproqda 2,3 % teng deb hisoblash bilan yuqoridagi formula asosida quyidagi miqdorga ega bо‘lamiz: 1,3x100:2,3=57. Bu misoldagi sug‘orma och bо‘z tuproq 1 ga maydonda 57 ballga teng.
Mutaxassislar tuproq bonitrovkasi ballarini tasniflash natijasida quyidagi shkalani taklif qilishgan (5-jadval).

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish