Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


Ma’ruza mashg’ulotida qo’llaniladigan texnologiya



Download 2,83 Mb.
bet34/154
Sana26.02.2022
Hajmi2,83 Mb.
#468400
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154
Bog'liq
Tuproqlar geografiyasi 2021 2022 Majmua Joniyev O T 5555

Ma’ruza mashg’ulotida qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydalanish.
Geografik (tabiiy) zonallik tо‘g‘risidagi ta’limot geografiya fanlaridagi eng batafsil ishlab chiqilgan ta’limotlardan hisoblanadi. Shuning uchun uni tabiiy geografiyaning negizini tashkil etishi orqali tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
Kenglik issiqlik mintaqalari tо‘g‘risidagi tasavvurlarning antik davrlarda yuzaga kelgani ma’lum. Biroq, u tabiatshunoslar dunyo bо‘ylab sayohatlarda ishtirok eta boshlagan XVIII asr oxirlarida ilmiy yо‘nalishga aylandi. Sо‘ngra XIX asrning birinchi yarmida bu ta’limotning rivojlanishiga Aleksandr Gumboldt katta hissa qо‘shdi. U о‘simlik va hayvonot dunyosini iqlim bilan bog‘liklikda kuzatdi hamda balandlik mintaqalanishi hodisasini kashf etdi. Shunday bо‘lsa-da, zamonaviy kо‘rinishga ega geografik zonalar tо‘g‘risidagi ta’limot XIX asr bilan XX asr chegarasida, V.V.Dokuchayevning tadqiqotlari natijasida shakllandi. Olim mazkur ta’limotning kо‘pchilik tomonidan tan olingan asoschisi hisoblanadi.
V.V.Dokuchayev zonallikni quruqlikda va dengizda, tekislikda va tog‘da ham bir xilda namoyon bо‘ladigan tabiatning umumiy qonuni sifatida asoslab bergan. U bu qonunni landshaft ,,kо‘zgusi” deb hisoblagan tuproqlarni о‘rganish orqali anglab yetdi. Shuning uchun ham olim Yerning shimoliy yarim sharida yettita tabiat zonasini ajratishda, ularning har biri uchun xos bо‘lgan tuproqlarni nommanom keltirgan. Uning fikricha, har bir zona tarkibiy qismlari (iqlim, suv, grunt, tuproq, о‘simlik va hayvonot dunyosi) uzviy munosabatda bо‘lgan haqiqiy majmui tuzilma hisoblanadi. V.V.Dokuchayev tomonidan geografik zonalarni yaxlit bir butun tabiat majmuasi sifatida ochib berilishi geografiya fani tarixidagi eng muhim voqealardan biri bо‘ldi. Shundan sо‘ng bir necha о‘n yilliklar davomida geograflar uni yanada mukammalashtirish va aniqlashtirish ishlari bilan shug‘ullandilar.
XX asrning 40-60 – yillari ushbu ta’limotning rivojlanishida yangi bosqich bо‘ldi va u akademiklar L.S.Berg va A.A.Grigoryevlarning nomlari bilan bevosita bog‘liq. L.S.Berg yettita tabiat zonasi, shuningdek mamlakatning tog‘ landshaftlariga batafsil ta’rif bergan. Olim Yerning geografik qobig‘ida hammasi bо‘lib 13 ta tabiat zonasini ajratgan.
A.A.Grigoryev tadqiqotlari zonallik omillarini va tabiiy-geografik jarayonlar hamda geografik zonalarning ichki tuzilmasini aniqlashga bag‘ishlangan. U geografik zonalarning shakllanishiga yillik radiatsiya balansi va yillik yog‘inlar miqdori hamda ularning birligi hal etuvchi ta’sir kо‘rsatadi, degan xulosaga keldi. Shunga tayangan holda, 1956 yilda A.A.Grigoryev va M.I.Budiko geografik qobiq tuzilmasining asosida yotuvchi geografik zonallikning davriylik qonunini ta’riflab berdilar. Aynan mana shu tuzilmada A.A.Grigoryev ikkita eng yuqori gradatsiya – mintaqalar (harorat omili bо‘yicha) va zonalarni (issiqlik va namlik muvozanatiga kо‘ra) ajratdi. Yer yuzida u jami 9 ta mintaqa va 24 zonani ajratgan.
Keyinroq geografik zonallik tо‘g‘risidagi ta’limot akademik S.V.Kalesnik, K.K.Markov, I.P.Gerasimov, V.B.Sochava, P.Makeyev, D.V.Bogdanov, F.N.Milkov, A.M.Ryabchikov, E.Lukashov, A.G.Isachenko va boshqa mashhur tabiiy-geograf olimlar tomonidan yanada rivojlantirildi.
Geografik mintaqa geografik qobiqning eng yirik zonal bо‘limi hisoblanib, issiqlik sharoitlarining umumiyligi bilan tavsiflangan holda, asosan kenglik bо‘ylab chо‘ziladi. Yer yuzida jami 13 ta mintaqa ajratilgan. Geografik zonalarga tо‘xtaladigan bо‘lsak, ular geografik qobiqning nisbatan yirik bо‘limi bо‘lib, geografik mintaqalarning issiqlik sharoitlari bilan namlikning muayyan umumiyligiga ega qismlari hisoblanadi. Yerdagi geografik zonalar soni turlicha belgilanadi. Masalan, rossiyalik tabiiy geograflar har bir mintaqada ikki yoki undan ortiq, jami 34 ta zonani ajratadilar.

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish