Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet65/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Yaylov mintaqasi: bu daraxt, buta o‘simlik qoplami bo‘lmagan tog’‘ning eng yuqori tekis mintaqasidir. Yaylov evro‘pa ilmiy adabiyotlarida “subalppiya” - “sub alppiyskiy” yoki “alppiyskiy poyas” deb yuritilayotgan tog’‘ning yuqori qismi hisoblanib, O‘rta Osiyo halqlari tilida “yaylov” deb yuritiladi.
U dengiz sathidan. 2700-2800 metr va undan yuqori balandlikda joylashgan maydonlar bo‘lib, tuprog‘i qo‘ng‘ir, dasht tuproqlariga o‘xshab ketadi. Toshlik va mayda shag‘allik substratlar ham bor. Asosan muzliklar, ko‘p joylari qor qatlmlaridan iborat. Yaylovlarni pastki chegarasi yuqori tog’‘ butalari bilan ajralib turadi. Bu yerlarda namlik yuqori, faqat avgust, sentyabrda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. U yerdagi o‘simliklarning vegetatsiya davri faqat yozda kuzatiladi. Yaylov yoz vaqtida chorva mollari uchun yaxshi o‘tloq maydoni bo‘lib hisoblanadi. Masalan, qorako‘l qo‘ylar uchun cho‘l qanchalik o‘tloqzor hisoblansa, hisor qo‘ylari va echkilar uchun o‘tloqzor yaxshi yaylov hisoblanadi.
Yaylov shuningdek yilqichilik uchun asos hisoblanadi. Madaniy ekinlar ekish uchun yaylovda sharoit yo‘q. Yaylov ham nisbatan shartli ikkiga - pastki yaylov 2700 dan 2800 metr va yuqori yaylov 3000-3200 metr va undan yuqori bo‘ladi.
Mezofil o‘simliklar formatsiyalari shuningdek past bo‘yli pakana - “karlik” shaklidagi butalardan-archa turlari, shilvi, irg‘ay, namatak hamda yostiqsimon ko‘rinishdagi oqqayin turlari uchraydi. Yuqori yaylovda dasht va o‘rmon - dasht o‘simlik qoplamiga xos bo‘lgan betaga, kobreziya va boshqalar qalin, gilamdek qoplam hosil qiladi. Yaylovda chimli botqoq o‘simliklari - “saz ko‘katlar tipi” tez-tez uchraydi. Alppinistlar uchun ramziy hisoblangan murakkabguldoshlar oilasiga taaluqli edelpveys (Leontopodium), shuningdek, o‘rik archa, chetan, yorongul, sug‘uro‘t pastki yaylovda uchrasa, navro‘zgul, arpao‘t va to‘ng‘izsirtlar yuqori yaylov o‘simliklari hisoblanadi.
O‘zbekiston o‘simlik qoplamining tasnifi

Yyer shari o‘simlik qoplami tasnifotiga bag‘ishlangan ilmiy ishlar va bu masalalar ilmiy adabiyotlarda keng yoritilgan. Bunga misol qilib, A.Ilpinskiy (1937), V.Alyoxin (1938), E.Korovin (1937), B.Bqkov (1897), E.Lavrenko (1959), P.Ovchinnikov (1947-97), Rodin (1948-58), Q.Z.Zokirov (1955-69) yil. Bu maslada ko‘p ishlar qilinganiga qaramasdan hozirgacha aniq bir tizim ishlab chiqilgan emas. Bunga sabab, tizimni yaratishdagi asosiy mezonni ajratish, tamoyillarni turlicha tanlanishi, shuning natijasida tabiiy tizimlar-genetik tizimga qarshi, tipologik va topologik tizimlar, ekologik-fitotsenologik tizimga qarshi bo‘lib, bir-birini inkor etishda bo‘layapti.
O‘simlik qoplamini klassifikatsiya qilishda esa, ko‘pchilik tomonidan ekologik-morfologik, ekologik-tarixiy yondoshish ko‘proq bo‘lgan, albatta.
Bu tipni ajratishda turli olimlar, turlicha belgilarni asosiy birlik deb qabo’l qilishgan. Masalan: A.P.Shennikov o‘z tizimini yaratishda o‘simlik hayotiy shaklini asos qilib oladi va o‘t o‘simliklar, butalar, daraxtlar kabi tiplarni ajratadi. O‘tgan asrning 80 yillarida taklif etilgan P.Q.Zokirov (1979) tizimida asosiy belgi - iqlim mezon qilib olinib, dastlab klimotiplar ajratilgan, so‘ng tuproq (substrat) belgisiga qarab, bu klimotiplar ichida edofotiplar (18 ta), so‘ng ekologo-biomorfologik senotiplar - ko‘katlar-tipi (48 ta) ajratilgan.
Taniqli botanik olim M.G.Popov fikricha ham O‘rta Osiyo o‘simlik qoplami bilan substratni o‘zaro munosabati o‘simlik jamoalarini tizimlashda albatta hisobga olinishi kyerak. Chunki, O‘rta Osmiyo mintaqasida juda hilma-xil substrat va ekologik omillar kuzatiladi.
Hozirga qadar O‘zbekiston o‘simlik qoplamini tasnifotida 13 ta ko‘katlar tipi ajratiladi. Bu tasnif 1965 yilda «O‘zgiprozem» tomonidan ishlab chiqilgan. «O‘zbekiston ko‘katlar haritasiga eksplikatsiya va shartli belgilarda», shuningdek Respublika Fanlar Akademiyasi «Botanika» ilmiy, ishlab-chiqarish markazi olimlari tomonidan tayyorlangan yirik, fundamentalp monografiya - 4 jildli «Rastitelpniy pokrov O’zbekistana» (1971-1994) asarlarida ham qabo’l qilingan.
Shu sababdan ham biz mazkur 13 ta ko‘katlar tipini qabo’l qilgan holda ularga qiqacha tavsif byerib o‘tamiz.

  1. Psammofit (qumsevar) tip - Rsammohyta - Bu tip adabiyotlarda turli hil boshqa nomlarda nomlanishi (sinonimlari) - “qumlar”, “formatsiya peskov” qumli sahro, qumli cho‘l kabi so‘zlarda ham yuritildi. Bu tip uchun asosiy belgi - o‘ziga xos ekologik ko‘rinish va endemizm, ularni aksariyati qumga moslashgan o‘t va buta o‘simliklar hisoblanadi. Respublika hududida bu tip Qizilqum, Yozyavon, Karnabcho‘l va boshqa qum uyumlari yig‘ilgan massivlarni ishg‘ol etadi.

  2. Gipsofit - Gyrsorhyta sinonimi: “toshli sahro, gammada, gipsli sahro, gipsli cho‘l”, bu tip o‘simliklari tuproqda H2SO4 tuzlari ko‘p yig‘ilgan joylarni yoqtirib, tarkib, kelib-chiqishi bo‘yicha neogen davridan boshlab taraqqiy etgan. Bu tipda asosiy hayotiy shakl chalabuta, baozan butalardan iborat. Tarkibi va suksetsiya yo‘nalishiga qarab bu tip psamofitlarga yaqin turadi. O‘simlik dominantligida ko‘proq sho‘raguldoshlar oilasi vakillari uchraydi. Ust-Yurt platosi Qizilqumning tog’‘li va tog’‘oldi hududlarida uchraydi.

  3. Galofit - Galorhyta: sho‘rsevar tipida sinonimi: “sho‘r sahro”, “sho‘r cho‘llar” bu tipga sho‘rda, tuzli tuproqlarda o‘suvchi o‘simliklar kirib, edifikator va dominantlar tarkibi turlicha, hayotiy shakllari esa daraxt, buta, o‘t o‘simliklar bo‘lishi mumkin.

Bu tip uchun muhim xususiyat turli joyda uchrashiga qaramasdan o‘simlik turlar tarkibini ko‘pincha bir xil kelishi bilan ajralib turadi. Respublika hududida bu tip guruhlari Orol dengizi va boshqa sho‘rko‘llar atrofida, Sirdaryo, Zarafshon, Amudaryo quyi oqimining tyerassalarida, adir va pastki tog’‘ning boshlanishidagi sho‘r tuproqli tekisliklarda uchraydi.

  1. To‘qay tipi - Rotamorhyta. Sinonimlari: «O‘rmon chakalakzorlar, jangal» va xokazo, shuningdek 1. Daraxtli to‘qaylar. 2. Butali to‘qaylar. 3. O‘tli to‘qaylarga ajratiladi. To‘qay tyermini xalqda qadimdan ishlatib kelinib namlikka boy O‘rta Osiyo daryo xavzalaridagi daraxt va butazorlar tushuniladi. Bu tip o‘simlik tarkibi, hayotiy shakli bo‘yicha turlicha daraxtlardan boshlab, o‘t o‘simliklargacha kiradi. O‘zbekiston to‘qaylarida edifikator va dominant o‘simlik sifatida - tol, turang‘i, jiyda, butalardan - chakanda, namataklar, to‘qaylarni tarqalishi bo‘yicha turli joylarda uchratishimiz mumkin. Daryolarni kesib o‘tuvchi cho‘lda ham, tog’‘ hududlarida ham tog’‘ to‘qaylari, soha to‘qaylari va xokazolar.

  2. Efemyerofita tipi - Yerhemyerorhyta. Sinonimi: «sahro», «chala sahro», «soxta dasht», «efemyer o‘tloqlar», polusavanna, «rang» bu tip uchun muhim belgi - efemyer va efemyeroid o‘simlik guruhlarini bo‘lish Efemyerizatsiya - o‘simliklarini uzoq vaqt davom etadigan qurg‘oqchilik va aridizatsiyaga arid iqlimiga moslashuvi. Bu tip o‘simliklari mezofil flora hisoblanuvchi Gollarktikaga bog‘liqdir. Shu jihatdan «Savanna» bilan bir xil deb nomlash to‘g‘ri emas. O‘zbekistonning barcha efemyer tipi subtropikka, tropikka florasi bilan bog‘langan. Bu tip o‘simliklari qisqa vegetatsiyaga ega (qish va bahor). P.N.Ovchinnikov efemyer ko‘katlarni ekologik jixatdan Afrika, Janubiy-G‘arbiy Xitoy va Hindistonni subtropik savannalariga yaqin aloxida tip deb qaraydi. Uning fikricha efemyer ko‘katlar kelib chiqishi va taraqqiyoti bo‘yicha uchlmchi davr oxirigacha O‘rta Osiyo hududida taraqqiy etgan savannalarning davomi hisoblanadi.

Bu tip Qashqadaryo, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona viloyatlarining madaniy ekin maydonlari, lalmikor yerlar bilan bir yo‘nalishdagi adirlaridagi katta-katta maydonlarni tashkil qiladi.

  1. Har xil o‘tli Turon quruq dashtlari - Mixtoxyeroria: sinonimlari: tog’‘ o‘tloqzorlari, efemyer dashtlar, har xil o‘tli quruq dashtlar, subtropik dashtlar, chala dasht, dasht savanna. Bu tip o‘zining orginal va o‘ziga xos tuzilishiga qaramasdan bir muncha munozarali bo‘lib, baozan botaniklar dashtga baozilari savannaga yaqinlashtiradi. M.V.Kulptiasov birinchi bo‘lib “Har xil o‘tli quruq dasht” tyerminini qo‘llagan keyingi ishlarda birmuncha o‘ziga xoslikni hisobga olgan holda “Har xil o‘tli Turon dasht” deb atashgan. Q.Z. va P.Q.Zokirovlar bu tipni quruq har xil o‘tlar deb atab dasht tushunchasini chiqarib tashlaganlar. P.N.Ovchinnikov tomonidan subtropik polusavanna (Afrika va Markaziy Amyerikadagi) tipga yaqinlashtirishni to‘g‘ri emasligi ko‘p olimlar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan. Bu tip Respublika hududida (900-1400 m. balandlikdagi) G‘arbiy Tyanshan tog’‘ oldi hududlari (Toshkent, Namangon viloyatlari) uchun hosdir.

Bu tip Turkiston tog’‘ tizmasini va Janubiy-G‘arbiy Xisor tog’‘ tizmalarini tog’‘ oldi hududlarida ham uchraydi.

  1. Ksyerofil daraxt-butalar tipi - Xyerodendra: sinonimlari: «shiblyak». «O‘zbekiston o‘simlik qoplami» mualliflari P.N.Ovchinnikov va E.P.Korovin tomonidan kiritilgan, bu tip uchun «shiblyak» tyerminini u qadar qulay deb hisoblanmagan holda adabiyotda g‘arb tomondagi «Shiblyak» so‘zi Adamovich tomonidan kiritilgan bo‘lib, haqiqiy «SHiblyak» (Adamovich tushunchasidagi) O‘rta yyer dengizi atrofidagi tog’‘li hududlar uchun to‘g‘ri kelishini belgilab ko‘rsatishgan. Bizda bu tip ayrim fragmental ko‘rinishda tog’‘ va tog’‘ oldi hududlarida zarang, pistazor, bodomzor ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Surxondaryoda CHulbair, Nurota tog’‘larida keng tarqalgan.

  2. Tog’‘ning bargli o‘rmon va butazorlari - Thyerodendra (Korotkova, Korovin 1946). Sinonimi: yorug‘ o‘rmonlar (“mayda bargli o‘rmonlar”), yorug‘ o‘rmonlar, qorong‘u o‘rmonlar, tog’‘ning barg to‘kuvchi o‘rmon butalari.

Yuqorida keltirilganidek ko‘rinib turibdiki P.Ovchinnikov (1948), U.Rubsov (1955) tomonidan bu tipni “yorug‘” va “qorong‘u o‘rmonlar” deb 2 ta mustaqil tiplarga ajratish u qadar to‘g‘ri emas. E.P.Korovin (1962) va keyingi o‘zbek tadqiqotchilari (Zokirovlar) bo’larni bir tip sifatida ko‘rish maoqul deb biladilar. O‘zbekistonda bargli tog’‘ o‘rmonlari yuqori namlik mo‘otadil iqlim hududlarda - Chotqol, Pskom-Ugamda tarqalgan bo‘lib, bu tip o‘rmonlarni yong‘oqzorlar, olma, do‘lana, zarang baozi joylarda (Surxon, Denovda) jilon-jiyda, yovvoyi xurmolardan ham tashkil topgan. baRgli tog’‘ o‘rmonlar tipini G‘arbiy Tyanshan tog’‘ oldi hududlari (Pskom, Chirchiq, Ugam daryo havzalari)da ko‘p uchratish mumkin. Farg‘ona vodiysida Arslonbob, Nanay tog’‘larida tarqalgan yong‘oqzor, olmazorlar mazkur tipga kiradi.

  1. Archazorlar tipi - Arcenthodendra: sinonimlari: «archali siyrak o‘rmonlar», «arid siyrak o‘rmonlar». Archazorlar alohida tip sifatida ajratilgan bo‘lib, bu tip tarkibida 3 ta formatsiya: Zarafshon, Turkiston va o‘rik archalarining guruhini ko‘rishimiz mumkin. Archazorlar tog’‘ mintaqalarining kattagina qismini tashkil qiladi (Turkiston, Oloy, Zarafshon, Xisor, Chotqol tog’‘ tizmalarida archazorlar keng tarqalgan). Shaharlarda qalin ekin sifatida archa o‘rmonlarini ko‘rish mumkin.

  2. O‘tloqzor (luga) tipi - Mesoroia: sinonimlar: tog’‘ botqoq o‘tloqzorlar, baland tog’‘ botqoqliklari va sazlar, saz o‘tloqlari va boshqalar.

Haqiqiy botqoqlik O‘zbekiston hududida yo‘q, yoki judayam chegaralangan maydonda uchrashi mumkin
A.Sinzyerling ta’rificha - botqoqlik doimiy namlikka ega bo‘lib, organik chirish natijasida u yerda torf hosil bo‘ladi. Bunday joylar cho‘lda ham, adirliklarda ham, tog’‘ va baland tog’‘larda ham azonal-intrazonal tip ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

  1. Saz ko‘katlari tipi - Sasorhyta: Bizda yaylov zonalarida baozan, sovuqqa chidamli o‘simliklardan tashkil topgan o‘t o‘simliklar “saz” ko‘katlar uchraydi.

  2. Dasht tipi - Oresotyerrosa: sinonimi: “tog’‘ dashtlari”, “baland tog’‘ dashtlari” va boshqalar. Dasht tyerminini keng maonoda tushunadigan bo‘lsak, Evroosiyodagi Savanna, pryerii pampi, Janubiy Amyerikadagi paramoslar yoki xalq tilidagi keng o‘rmonsiz ochiq maydonlar tushuniladi.

Haqiqiy dasht Shimoliy yarim sharning o‘rta qismi uchun xos bo‘lib, Amyerika qitoasining o‘rta qismida bizning dashtlarning amaldagi ko‘rinishi sifatida “pryeri” deb yuritiladi. Bizning O‘rta Osiyo tog’‘laridagi ko‘p yillik mezofil o‘t o‘simliklardan tashkil topgan o‘rmonsiz ochiq maydonlar o‘zining edifikatorlari va floristik tarkibi jihatdan tekislik-dasht o‘simliklaridan farq qiladi. Bu joylarda ko‘proq dukkakdoshlar oilasiga mansub tragakantalar va g‘alladoshlarga mansub o‘simliklar o‘sadi.

  1. Tog’‘ ksyerofitlar tipi - Rhryganion: sinonimi: «Frigan» yana «tragakantniklar» deb ham atashadi. Bu tip tarkibida tikanli o‘t o‘simliklar formatsiyalari ajratilib ular baland tog’‘larning ochiq, quruq, mayda toshli va toshli qoyalarida uchraydi. Bu guruhning edifikatorlari yostiqsimon shakldagi tikanli aqantalimonlar, tragakantalar hisoblanadi.


Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish