Dorivor preparatlari. Qorazira mevasi, efir moyi (qandga 1—3 tomchi tomizib, iste’mol qilinadi), meva suvi. Mevasi me’da yig‘ma-choylari tarkibiga kiradi.
ARCHA QUBBASI
O‘simlikning nomi. Oddiy archa — Junipyerus communis L., archadoshlar (sarvidoshlar) — Cupressaceae oilasiga kiradi. Archa-bo‘yi 1—3 m ga yetadigan, ikki uyli doim yashil buta. Bargi bandsiz, qattiq, nina shaklida bo‘lib, poyada uchtauchtadan joylashgan. Archa ikki uyli bo‘lganidan otalik va onalik qubbalari ikkita o‘simlikda alohida-alohida taraqqiy etadi. Otalik qubbalari bandsiz, yumaloq-cho‘ziq, sariq rangli bo‘lib, uchtadan to‘p-to‘p joylashgan gultevaraklaridan hamda otaliklardan (3—4 tadan) iborat. Onalik qubbalari qisqa bandli, yashil, cho‘ziq tuxumsimon shaklda. Bu qubbalar uchtadan halqa shaklida joylashgan meva barglaridan iborat bo‘lib, faqat yuqorigi uchta meva bargining ichki tomonida urug‘ kO’rtaklar bor. Bahorda gullar changlangandan so‘ng yuqorigi urug‘ barglari shishadi, yumshaydi va birlashib, meva hosil qiladi. Qubbalar pishib yetilgandan so‘ng qorayadi. Meva ikkinchi yili pishadi. Shuning uchun o‘simlikda xom va pishgan qubbalar bo‘lishi mumkin.
Geografik tarqalishi. Oddiy archa ninabargli va mayda bargli aralash o‘rmonlarda, ba’zan botqoqlik o‘rmonlarda o‘sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Rossiyaning YYevropa qismida, G‘arbiy Sibirda hamda qisman Sharqiy Sibirda uchraydi.
Mahsulot tayyorlash. Qubbalar kuzda yig‘iladi. Archa tagiga chodir yozib, mahsulot daraxtni silkitib (yog‘och bilan urilmaydi) qoqib olinadi. Daraxt silkitilganda pishgan mevalar to‘kiladi. Pishgan mevalar qisman to‘kilgan xom mevalardan ajratiladi hamda shox va barglardan tozalanib, havo kirib turadigan xonalarda yoki chyerdaklarda quritiladi. Mahsulot buzilmasligi uchun quritilayotganda aralashtirib turiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot quritilgan yumaloq (ko‘ndalangiga 6—9 mm) qubbalardan iborat. Qubba ichi g‘ovak bo‘lib, yashil-qo‘ng‘irrangli, tashqi tomoni silliq, yaltiroq, qo‘ng‘ir yoki qora binafsharangli, yuqori qismida uch nurli jo‘yagi (uchta meva bargchasi birlashib qubba hosil qilgan joyi), pastki qismida esa oyoqchasi bor. Qubba ichida (yumshoq qismida) qattiq po‘stli uchta urug‘ joylashgan. Mahsulotning mazasi yoqimli, shirin va o‘ziga xos xushbo‘y hidi bor. Ba’zan boshqa turdagi archalarning qubbalari mahsulotga aralashib qolishi mumkin. Ayniqsa, Junipyerus sabina L. zaharli qubbasining aralashmasi juda xavfli. U oddiy archa qubbasiga o‘xshamaydi, qubbaning yuqori qismida uch nurli jo‘yak bo‘lmaydi, ichida ikkita urug‘i bo‘ladi, usti xira.
Do'stlaringiz bilan baham: |