Mustaqil tayyorlanish uchun savollar:
1. Cho’l mintaqasining haraktyerli dorivor turlari?
2. Adir mintaqasining haraktyerli dorivor turlari?
3.Tog’’ mintaqasining haraktyerli dorivor turlari?
4. Yaylov mintaqasining haraktyerli dorivor turlari?
5. Introzonal dorivor o’simliklarning o’ziga xosligi?
3-amaliy машғулот:
Ekologik omillarning dorivor o’simliklarga ta’sirini o‘rganish
Ekologik omillarni abiotik (o‘lik tabiatning ta`siri), biotik (tirik organizmlar bilan bog‘liq bo‘lgan tasir) va antropogen (inson faoliyati natijasida kelib-chiqadigan tasir) omillarga bo‘lib o‘rganamiz.
Abiotik omillarga quyidagilar kiradi:
1. Iqlim - harorat, yorug‘lik, havo, namlik, radiatsiya, gravitatsiya.
2. Edafik - tuproq. Tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, tuproqning fizik xossalari.
3. Topografik - orografik - relef sharoiti.
Biotik omillarga esa quyidagilar kiradi: Yorug‘lik omili - ekologik omil ekanligini va o‘simliklarning yorug‘lik omili munosabatiga ko‘ra guruhlari haqida malumot byerish.
Eng muhim ekologik omil - hayot omillaridan biri – bu yorug‘lik hisoblanadi. Yorug‘lik fizikaviy nuqtai nazardan olganda yorug‘lik manbaidan chiqayotgan elektromagnit to‘lqinlaridan iborat enyergiya nuridir. Bu yorug‘lik nuri tirik organizmlar hayotida muhim rol o‘ynaydi. Ultrabinafsha nurlar orasida yyer yuzasiga yetib keladigan faqat uzun to‘lqin uzunlikdagilar to‘lqin uzunligi 290 - 380 nm) hisoblanadi. Qisqa to‘lqin uzunlikdagi nurlar esa tiriklikni halok qiluvchi hisoblanib, 20 - 25 km balandlikda O3 molekulasidan tashkil toptan ozon ekrani tomonidan to‘liq yutiladi.
To‘lqin uzunligi uzun bo‘lgan ultrabinafsha nurlar yuqori kimyoviy faollikga ega. Uning katta miqdori organizmlar uchun zarar bo‘lib, kamroq miqdordagisi esa ko‘pchilik nurlar uchun zarur hisoblanadi. Demak, yorug‘lik manbai Quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Butun tushayotgan quyosh radiatsiyasining – 2 foizi atmosfyera orqali qaytariladi, 15 foizi atmosfyerani isitishga ketadi, faqatgina 43 foizi yer yuziga kelib tushadi. O‘simliklar tamonidan yil bo‘yi qabo’l qilinadigan yorug‘lik – faqatgina yorug‘lik tezligiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, u kunning uzunligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Kunning uzunligi ekvatordan kutblarga tomon oshib boradi. O‘simliklar qoplami uchun butun yil bo‘yi qabo’l qilinadigan radiatsiya yig‘indisi emas, balki yil davomida o‘simliklar o‘sish mavsumidagi yorug‘lik miqdori ahamiyatga egadir.
O‘simliklar faqat o‘ziga bevosita to‘g‘ri tushadigan yorug‘likdan emas, balki tarqoq holda tushadigan yorug‘likdan ham foydalanadi. To‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ko‘pincha o‘simliklar uchun xavfli bo‘ladi. Chunki nurning tasiri natijasida o‘simliklar sitoplazmasi va xlorofilllari nobud bo‘ladi. Tarqoq holda tushadigan yorug‘lik o‘simliklar tamonidan to‘la o‘zlashtiriladi. U foydaliroq bo‘lib, uning 50 – 60 % fotosintez jarayoni uchun muhim bo‘lgan zangori - qizil nurlardan iboratdir. To‘g‘ri tushadigan yorug‘likda bu xildagi nurlar miqdori 30 – 35 % dan oshmaydi.
Yorug‘lik sezuvchi o‘simliklarda barglar asosan kunning eng xavfli soatlarida radiatsiyani kam qabo’l qilishga moslashgan. Barglar gorizontal tekislikka nisbatan katta burchak bilan joylashgan, barglarning bunday joylanishini daraxtlardan evkalipt, mimozada ko‘rishimiz mumkin, juda ko‘p o‘tchil o‘simliklarda uchraydi. Masalan, yovvoyi lagun o‘simligida hamma barglari shimoldan janubga tomon qaratilgan. Buning natijasida tush paytlaridagi kuchli quyosh nurlari oz miqdorda qabo’l qilinadi. Bunday o‘simliklarga kompas o‘simliklar deyilali. Quyosh yorug‘ligi - turli xil to‘lqin uzunligidagi, turli xil rangli nurlardan tashkil topadi. Masalan, qizil, sariq-havorang, ko‘k, zangori, binafsha rang.
O‘simliklar uchun yorug‘lik spektrining zangori - qizil, ko‘k-binafsha nurlari muhimdir. Sariq-yashil nurlar, hammasidan ham kam yutiladi. Infraqizil nurlar deyarli yutilmaydi. Yuqori harorat sharoitida infraqizil nurlar o‘simlikka salbiy tasir qiladi. Sababi, bu nurlar barg pigmentlari tamonidan yutilmasdan, balki to‘qimalardagi suv tamonidan yutiladi, bu esa o‘simliklarning qizib ketishini vujudga keltiradi.
Yorug‘lik yashil o‘simliklar uchun juda zarur: fotosintez natijasida yutilgan yorug‘lik enyergiyasi kimyoviy enyergiyaga aylanadi. O‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi uchun zarur hisoblangan organik moddalar hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Yorug‘likka bo‘lgan talabiga qarab o‘simliklarning quyidagi ekologik guruhlari farq qilinadi:
1. Yorug‘sevar o‘simliklar (geliofitlar).
2. Soyasevar o‘simliklar (stsiofitlar).
3. Oraliq o‘simliklar (fakultativ geliofitlar).
1. Yorug‘sevar o‘simliklar - yorug‘lik yetarli bo‘lgandagina normal o‘sishi, rivojlanishi mumkin. Bo’lar soyaga chidamsiz bo‘ladi. Bu guruhga dasht va cho‘l zonalari o‘simliklari, o‘tloqlarda o‘suvchi yaltirbosh, ariq bo‘yi va o‘rmonlarning birinchi yarusini tashkil qiluvchi baland bo‘yli daraxtlar, qirg‘oq va suv o‘tlari, ochiq yerlardagi ko‘pchilik izdaniy o‘simliklar kiradi. Ko‘p yillik o‘t o‘simliklarining efemyeroid tipidagi hayot shakllari ham kiradi.
2. Soyasevar o‘simliklar yoki soyada o‘suvchilar - yorug‘lik kuchsiz tushadigan joylarda o‘sadi. Ular kuchli yorug‘likni yoqtirmaydi. Bo’larga, o‘simlik qoplamining pastki yaruslarida o‘suvchi turlar, moxlar, paporotniklar, tog’‘ binafshasi misol bo‘ladi. Undan tashqari ko‘pchilik xona va o‘simlik jamoasining pastki yarusidagi o‘simliklar ham. Yorug‘sevar va soyasevar o‘simliklarni solishtirib qaraganda ularning anatomiya, morfologiya, fiziologiyasida sezilarli farq borligini ko‘rish mumkin.
3. Fakultativ geliofitlar - yaxshi yorug‘lik tushib to’rganda yashaydi, lekin soyaga ham chidamli bo‘ladi. Bu guruhga asosan o‘rmon o‘simliklari kiradi. Bu 3 ta ekologik guruh aniq bir chegaraga ega emas, chunki ularning orasida bir-biriga o‘tadigan shakllari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |