«tabiatshunoslik» O‘quv fani dasturi - sinf


O‘QITUVCHILAR UCHUN QO‘SHIMCHA MA’LUMOT



Download 0,51 Mb.
bet5/33
Sana27.11.2022
Hajmi0,51 Mb.
#873408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
3-s Tabiat dars ishlanma

O‘QITUVCHILAR UCHUN QO‘SHIMCHA MA’LUMOT
Tabiatga ta’rif berishda, shuningdek, jonsiz tabiatga misol keltirishda turli qarashlar mavjud. Ba’zi hollarda odam tomonidan yaratilgan buyumlar tabiatga mansub emasligi ko‘zda tutiladi, jonsiz tabiat deganda esa faqat tabiat tomonidan yaratilgan toshlar, turli tog‘ jinslari bilan cheklanishadi. Bular tabiatning bir qismidir.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida (2004, 8- tom, 207- bet) tabiatga shunday ta’rif berilgan: «Tabiat — odamning paydo bodgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud bodgan borliq. ... Tabiat obyekti fazo va vaqtda mavjud modda, materiyadir». Bu degani, bizni o‘rab turgan olamdagi Quyosh, yulduzlar, Oy, jamiki koinot, o‘simliklar dunyosi, hayvonot olami, tog‘, o'rmon va chodlar, shuningdek, inson qodi bilan bunyod etilgan shahar va qishloqlar, atrofimizdagi binolar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, turli mashinalar, kompyuter, kitob, daftar kabilarning barchasi tabiatga mansubdir.


O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova
TABIATSHUNOSLIK
SANA:10.09.2016
Mavzu:TABIATDA HAVO VA SUV
2-dars
BIZNI O'RAB TURGAN HAVO
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga havo va uning ahamiyati haqida tushuncha berish, havoning harakati, shamol haqida tasavvur hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: havoni ifloslan-tirmaslik, havoni toza saqlashda yashil o'simliklarni ko'paytirishning ahamiyati haqida tushuncha berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: havo va uning tarkibi, shamol nima ekanligi haqida o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirish.
Darsning jihozlari: tajriba o'tkazish uchun yuzasi katta boTgan shisha idishda suv, stakan, maydalash uchun qog‘oz, bolalar shari, bir boTak kesak, shuning-dek, havoning ahamiyati, shamol esishi tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo’llaniladigan metod: suhbatlashish, amaliy ishlarni o'tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniq-lash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, havoning ahamiyati, shamolning esishi tasvirlangan rasmlarni osish.
2. Uy vazifasini so'rash. Avvalgi darsda o'tilgan «Tabiat nima?» mavzuyi yakunida berilgan savollarga o‘quvchilar javob beradilar. Javob bergan o‘quvchilarga quyidagi qo'shimcha savollar beriladi:
1. Qushlarning sayrashi, yomg'ir va qorning yog'ishi tabiatga kiradimi?
2. Quyidagilardan qaysilari jonsiz tabiatga, qaysilari jonli tabiatga kiradi: kitob, lola, televizor, mashina, mushuk, olma daraxti, kompyuter, kapalak, ot, uy, atirgul.
3. Quyidagilardan qaysilari tabiat hodisasiga kiradi daftar, tosh, radio, radioning gapirishi, televizor, televi-zorning ko'rsatishi, bulbul, bulbulning sayrashi.
O‘quvchilar tayyorlab kelgan gerbariylar ko‘rib chiqi-ladi. Eng yaxshi tayyorlangan gerbariylar namoyish qilinib, uni tayyorlagan o'quvchilar rag‘batlantiriladi.
3. Yangi mavzuning bayoni. 2- sinfda «Atrofimizdagi olam» darslarida olgan bilimlariga asoslanib quyidagi savollar beriladi:
1. Jonli tabiat jismlarining xossalarini aytib bering (o‘sadi, ko‘payadi, nobud bo‘ladi).
2. Ular yashashi uchun nimalar kerak? (Yorugdik, issiqlik, suv, havo).
3. Agar havo bo‘lmasa nima bo‘ladi?
O‘quvchilarga bizni o‘rab turgan havoning ahamiyati, havo bodmaganida Yerda hayot bodmasligi, havo qanday moddalardan tarkib topganligi haqida madumotlar beriladi. Odam va hayvonlar havodagi kisloroddan nafas olishi, nafas chiqarganda esa karbonat angidrid havoga chiqishi tushuntirib beriladi.
Havoning harakatidan shamol paydo bodishi tajri-balar yordamida tushuntirib beriladi. Xona derazasi ochib qo‘yilsa, xonaga yengil shabada kiradi. Bunda ko‘chadagi havo uyga, uydagi havo esa ko‘chaga chiqadi, ya’ni havo harakatga keladi. Bu esa shamolni hosil qiladi.
O‘quvchilarga Podat Mo‘minning quyidagi she’ri o‘qib beriladi:
SHAMOL
Shamol izg’ir har tomon,
U ko‘rinmas qahramon.
Daraxtlarni egadi,
Tegmaganga tegadi.
Bulutni ham haydaydi,
Ham yoqimtoy, ham daydi.
Kun qizisa bemalol,
Orom beradi shamol.
Quyidagi topishmoqlarni topish o‘quvchilardan so‘ra-ladi:
1. Oyog‘i yoq, qochadi,
Qanoti yo‘q, uchadi.
(Shamol)
2. Mehmon bodib bog‘imga,
Hid purkar dimog‘imga.
(Shamol)
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik bilan ishlanadi. Tajriba va amaliy ishlar o‘tkaziladi.
O‘quvchilarga quyidagi savol bilan murojaat qilinadi:
Bugun darsda nimalarni bilib oldik?
O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi toddiradi.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savol-larga javob topish, stakan ichida havo borligini tasdiqlovchi tajribani qayta o‘tkazib ko‘rish, topshiriqlarni bajarish, darslikda keltirilgan 2 ta amaliy topshiriq uyga vazifasi sifatida beriladi. 0‘quvchilarga bu topshiriqlarni qanday bajarish tushuntirib beriladi.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish