«tabiatshunoslik» O‘quv fani dasturi - sinf


O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova



Download 0,51 Mb.
bet24/33
Sana27.11.2022
Hajmi0,51 Mb.
#873408
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
3-s Tabiat dars ishlanma

O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova


SANA:6.03.2020-yil. Tabiatshunoslik.
Mavzu: TUT DARAXTI. IPAK QURTI
Darsning ta’limiy maqsadi: o'quvchilarga tut daraxti, ipak qurtini boqish, pilladan olinadigan mahsulotlar haqida ma’lumotlar berish, shular haqida ularda bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarga tut daraxtini parvarish qilish, ipak qurtini boqish, pilla yetishtirishdagi kishilar mehnatiga hurmat uyg'otish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarda tut daraxti, ipak qurti va uning pillasi, pilladan olinadigan mahsulotlar haqida dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish.
Darsning jihozlari: pilla, ipak materiallaridan namunalar, tut daraxti, ipak qurti, uni boqish, pilla terimi, ipakdan matolar to'qish tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo'llaniladigan metod: «Klaster» interfaol metodi, savol-javob o'tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, ipak materiallaridan namunalarni o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, tut daraxti, ipak qurti, uni boqish, pilla terimi, ipakdan matolar to'qish tasvirlangan rasmni osib qo'yish.
2. O'tilgan mavzu bo'yicha o'quvchilarning egal-lagan bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish. Avvalgi darsda o'tilgan «G‘o‘za» mavzuyi bo'yicha o'quvchilarning egallagan bilim va ko'nikmalarini «Klaster» interfaol metodi bo'yicha quyidagicha aniqlash mumkin. Darsdan oldin o'qituvchi o'tilgan mavzu bo'yicha o‘quvchilarga havola qilinadigan muammolar aniqlanib, ularning har biri alohida varaqlarga yozib chiqiladi. «Dorivor o‘simliklar» mavzuyi bo‘yicha quyidagi muammolarni o‘quvchilarga berish mumkin:
— Yalpiz haqida bilganlaringizni yozing.
— Jag‘-jag‘ haqida bilganlaringizni yozing.
— Isiriq haqida bilganlaringizni yozing.
— Kashnich haqida bilganlaringizni yozing.
— Maymunjon haqida bilganlaringizni yozing.
— Na’matak haqida bilganlaringizni yozing.
Ushbu muammolar yozilgan varaqlar o‘quvchilarga tarqatib chiqiladi. 0‘quvchi tegishli muammo bo‘yicha o‘z fikrini shu berilgan varaqqa tushiradi. Bunda o‘quvchi ushbu muammo bo‘yicha nimani o‘ylasa, qog‘ozga shuni tushirishi lozimligi, kim qancha ko‘p va to‘g‘ri yozsa, shuncha yuqori baho olishi aytiladi.
O‘quvchilar o‘zlariga berilgan muammo bo‘yicha fikrlarini qog‘ozga tushirishga 10 minut vaqt beriladi. Vaqt tugagandan so‘ng varaqlar yig‘ishtirib olinadi. Natijalar keyingi darsda e’lon qilinadi. Natijani baholash-da o‘quvchining kam yoki ko‘p yozganligiga alohida e’tibor beriladi. Bunda o‘quvchining yozgani darslikdagi mavzu matnidan ko‘chirib olinmaganligiga, o‘quvchi yozgan matn mazmunining muammoni qay darajada ochib beril-ganligiga, yozilgan fikrlarning keng qamrovliligiga alohida e’tibor qaratiladi. Natijalarni tekshirishda o‘qituvchi tomonidan yozilgan fikrlardan noto‘g‘rilariga e’tibor berilmay, faqat to‘g‘rilari tanlab olinadi.
3. Yangi mavzuning bayoni. «Tut daraxti. Ipak qurti» mavzuyi boshida keltirilgan quyidagi ikkita savol bo‘yicha savol-javob o‘tkaziladi:
1. Tut daraxti qayerda o‘sadi? Uning mevasi qanday bo’ladi?
2. Ipak qurtining boqilishi haqida nimalarni bilasiz? O‘quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradi, qolganlari toTdiradi.
Yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga tut daraxtini parvarish qilish, uning xosiyatlari va foydasi, ipak qurtini boqish, uning pillasi, pilladan olinadigan mahsulotlar haqida batafsil so‘zlab beriladi. Bunda darslikda yozilgan inatndan tashqari ipak qurtini boqish bo'yicha quyidagi matndan ham foydalanish tavsiya etiladi.
Ipak qayerdan olinadi? Bilasizmi, ipak olish uchun ipak qurti boqiladi. Ipak qurti tut daraxtining bargi bilan boqiladi. Ko'klamda maxsus inkubatorlarda yoki yorug' va issiq xonalarda ipak qurti urug'i ochiriladi. Urug'dan chiqqan qurtlar maxsus qurtxonalarda so‘ri (so'kchak)larga yoyib qo'yib boqiladi. Ularga dastlab mayda qirqilgan barglar beriladi. Qurtchalar barglarni yeya boshlaydi. Ular kattaroq bo'lgach yaxlit barg va bargli shoxchalar beriladi.
Qurtlar tez o'sib po'stlariga sig'may qoladi. Keyin eski po'stlarini tashlab, yangi po'stga o'ralib oladilar. Po'st tashlash oldidan barg yemaydi. Pillachilar buni qurt uyquga kirdi, deydilar. Qurtlar pilla o'raguncha eski po'stlarini 4 marta tashlab, yangi po'stga o'ralib oladilar. Ipak qurtlari to'rtinchi marta po'st tashla-ganlaridan keyin serharakat bo'lib qoladilar. Boshlarini ko'tarib, har tomonga aylantira beradilar.
Qurt boquvchilar buning sababini yaxshi tushu-nadilar. Ular qurtlar pilla o'ragisi kelyapti, deb so'ri ustiga dastalar qo'yadilar. So'ngra qurtlar ipak bilan o'zlarini o'rab pilla hosil qiladilar.Pillachilik fabrikasida pilladan ipak olinadi. So'ngra ipak to'qimachilik fabrikasiga yuboriladi. U yerda ipakdan shoyi, atlas va boshqa har xil ipak gazlamalar to'qiladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. O'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
1. Tut daraxti qanday ahamiyatga ega?
2. Ipak qanday olinadi?
3. Ipakdan nimalar tayyorlanadi?
O'quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.
5. Uyga vazifa berish. O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish