Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134
«charxning qari kampiri»
(«pirazoli charx
») deb yozg‘iradi, uni osliiqni o‘ldirguvchi, jabr-u 
zulmidan yurakda yara paydo qilguvchi sifatida qoralaydi:
Pirazoli charxkim, oshiqkush-u makkoradur,
Javr-u zulmidin yurakda benihoyat yoradur.
Beshinchi band:
Bir kelib holimni sultonim tamosho qilmadi, —
misrasi bilan boshlanadi. Buning diqqatga molik tomoni shuki, shoira 
lirik qahramoni yorini 
«sultonim»
deyayotibdi. Shu yerda bevosita 
Umarxon ko‘zda tutilayotgani sir emas. Keyingi misralarda talmih 
san’ati asosida Sharq adabiyotida liijron azobini chekkan ma’lum-u 
mashhur oshiq-ma’shuqlar bir-bir tilga olinadi:
Yusuf ishqida bu ishlarni Zulayxo qilmadi,
0 ‘tti Vomiq dahrdin yodini Uzro qilmadi,
Motami Farhodni Shirin taqozo qilmadi,
Layli hijronida Majnun men kabi yoqilmadi.
Oltinchi bandning ilk misrasidanoq yorga bevosita murojaat 
davom etadi:
Benavomen, qaydasen, ey shahriyori muhtaram?


Bu undalma ham Umarxonga qaratilgani m a’lum. Bandning 
badiiy jihatdan ikki go‘zal misrasi mavjud.
Birinchisi:
Menga sensiz dard uza dard-u alam uzra alam.
Ikkinchisi:
Dard — yor-u g‘ussa — hamdam, g‘am — farovon, aysh — kam.
Bunday quyma satrlar yurakning tub-tubidan chiqadi, iztirob- 
ning kuchi bilan qog‘ozga tushadi.
Yettinchi bandning hasbi hoi, ya’ni bevosita muallif tarjimayi 
holi bilan bog‘liq jihati yana-da kuchliroq. Shoira 
«rahbar», «baxt»,
«davlat», «iqbol»
so‘zlarini shunday ustalik bilan ishlatadiki, bir 
qarashda, baxt toleimga, vaslimga rahbarlik qilmadi, deyilgan, 
zimdan esa menga davlatga rahbarlik qilish nasib etdi-yu, bu visol 
o‘m ini bosmaydi-ku, degan o‘kinch ifodalangan:
Toleim rahbarlig‘ aylab, baxt yovar bo'lmadi,
Vasl sori davlat-u iqbol rahbar bo'lmadi.
Nodiraning eri vafotidan keyin taxtga o‘tirgan yosh o‘g‘li yonida 
turib davlatni boshqarish islilarida faol ishtirok etganini yaxshi 
bilamiz. Lekin bu unga tatimaydi. Bu yerda shunga nozik ishorani 
sezish qiyin emas.
Sakkizinchi bandda yordan shikoyat kuchayib, u va’da berib, 
so‘zida turmaganlikda qoralanadi. Awal va’da berib, so‘ng unga vafo 
qilmaganiga sabab nima ekan — yo ahd-u paymonidan pushaymon 
qildimi:
So‘ngra qilg'on va’dalarni barcha yolg‘on ayladi,
Yo magar ul ahd-u paymondin pushaymon ayladi.
Bu bandda ham yomi 
«shohim»
deyish orqali shoira o‘z hayotiy 
dardini kuylayotganini bildirib o‘tgan:
Men qolib g‘urbatda, shohim azmi javlon ayladi.
To‘qqizinchi band hasbi hoi ifodasi jihatidan ajralib turadi. Unda 
yettinchi banddagi yori vafot etib, davlatga ega bo‘lishdan ma’shuq- 
ning vasli afzalligi g‘oyasi kuchaytiriladi. Biroq bu yerda muallifning 
so‘z nazokatiga qoyil qoladigan nuqtalar bor. Shoira misralami


marjondek tizar ekan, jumlalami shunday tuzadiki, yuzaki qara­
ganda — bir gap, zimdan e’tibor qilsangiz — boshqa gap chiqaveradi. 
Maqsad esa — ana o‘sha ishoralarda yashirin.
Bandning ikkinclii misrasida:
Yod aylab lablaring sahbosini, maxmurman, —
deyilgan. Demak, osliiq ma’shuq lablari mayi yodi bilangina mast — 
shuni ham bir katta davlat, ya’ni baxt bilib yuribdi. El-ulus esa 
uni shu davlat bilan masrur, ya’ni xursand deb liisoblaydi. Holbuki, 
yorsiz kechayotgan saltanat saltanatmi:
El gumon aylarki, bu davlat bilan masmrman, 
Aylamasman saltanatni yorsiz manzur man.
Muashsharning oxirgi — o‘ninchi bandi, an’anaviy tarzda, 
mug‘anniyga, ya’ni qo‘sliiqchi-sozandaga murojaat bilan bosh­
lanadi. Xuddi g‘azalning aksariyat hollarda oxirgi bayti — maqta’sida 
(ba’zan maqta’dan oldingi baytda) shoir o‘z taxallusini qistirib 
o‘tgani kabi, muallif 
Komila
taxallusini ham tilga oladi. Shundan 
m a’lum bo‘ladiki, bu asarini shoira 
Nodira
yoki 
M aknuna
emas, 
aynan 
Komila
taxallusi bilan bitgan.
Bandning boshqa bir jihati shuki, unda yana 
charx
timsoli 
eslanadi. Bu bandlar bandlarga m a’no-m antiq tarafidan uzviy 
bog‘lanib turganidan dalolat beradi.
Banddagi ucliinclii jiliat 
oh-nola chekish
motivi kuchayganligida 
ko‘rinadi. Aytiladiki, lirik qaliramon kutilmaganda bir oh cheksa, 
charxning bori imorati kuyib, kul bo‘ladi. 
Oh-nola chekish
esa 
tasawufiy adabiyotda ishqning komil bo‘lganiga ishora liisoblanadi. 
Shuni bilganimiz uchun shoira asarda bekorga aynan 
Komila
taxallusini 
tanlamagani ayonlashadi. Bu bilan lirik qahramon, 
ishqirn komil
bo ‘la boshladi,
demoqchi.
Bu fikrlarga ishonch hosil qilish uchun bandni yana bir qayta 
o‘qish zarur:
Ey mug‘anniy, nag'masoz et Komila guftoridin, —
Kim kelur bo‘yi vafo ushshoq aro ash’oridin,
Rishtayi jonimg‘a payvand ayla sozing toridin,
Qilmasunmu nola, ayrildi vafolig‘ yoridin,
Toslmi suv qildi ta ’siri fig‘on-u zoridin,
Nogahon bir oh agar cheksa dili afgoridin,


Charx bunyodini xokistar qilur osoridin,
Bo'lmasun mahrum oshiq yorning diydoridin,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Ko‘rib o‘tilganidek, she’rda banddan bandga o‘tilgani sayin 
osliiqaning m a’shuq sog‘inchida chekayotgan dard-alamlari izhori 
kuchaygandan-kuchayib boraveradi. Eng muliimi, asarda hasbi hoi 
xususiyati bo‘rtib turibdi. Ya’ni satrlar mag‘zida aynan Nodiraning 
o‘zini, uning Umarxon vafotidan keyin chekkan insoniy azob- 
iztiroblarini liis etamiz.
Asarning tarbiyaviy ahamiyati ham sadoqat, vafo g‘oyasini 
kuclili targ‘ib qilishidan kelib chiqadi.
Bu asar bilan Abdulla Oripovning «Ayol» she’ri o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni ham sezganbo‘lsangiz kerak. Ikkala asarda ham Sharq 
ayollariga xos umr yo‘ldoshiga sadoqat ruhi ustun.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish