943-modda. Sug‘urta shartnomasining haqiqiy emasligi
Sug‘urta shartnomasi quyidagi hollarda o‘z-o‘zidan haqiqiy emas: shartnoma tuzilayotgan paytda sug‘urta obyekti mavjud bo‘lmasa;
jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan, jinoyat narsasi hisoblanuvchi yoki musodara qilinishi lozim bo‘lgan mol-mulk mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan bo‘lsa;
shartnoma bo‘yicha g‘ayrihuquqiy manfaat sug‘urtalangan bo‘lsa;
sug‘urta shartnomasida sug‘urta hodisasi sifatida yuz berish ehtimolligi va tasodifiylik belgilari bo‘lmagan voqea nazarda tutilgan bo‘lsa.
Sug‘urta shartnomasi ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |