xisoblanadi. Yagona korporativ tizimga birlashgan firmalar guruxi ularning xar biri
beradigan samaradan kuprok samara bermas ekan, diversiyalash aktsiyalarning
daromadliligini oshirmaydi. Agarda «A» kompaniya «B» kompaniyani sotib olish
bilan diversiyalanar ekan va ular oladigan foyda ular birlashishidan oldin oladigan
foyda summasidan oshmas ekan, bunday diversiyalash muvaffakiyatsizdir. «A»
aktsiyalariga kuyib xam olishlari mumkin edi. Lekin, diversiyalash natijasi 2+2=5
Korporativ boshkaruvchilar diversiyalash buyicha u yoki bu karorlar aktsiya
daromadliligini oshirishga kodir ekanligini,kuyidagi uchta mezondan foydalanib
90
1. Jozibadorlik mezoni. Diversiyalash uchun tanlangan tarmok kuyilgan
mablaglardan yaxshi foyda olish nukta nazaridan jozibali bulishi kerak.
2. «Kirish uchun xarajatlar» mezoni. Foyda olish saloxiyatiga zarar etkazmaslik
uchun tarmokka kirish xarajatlari u darajada yukori bulmasligi lozim.
3. Kushimcha manfaatlar mezoni. Faoliyatda yangi rakobat ustunligini barpo
etish uchun kompaniya ma’lum xarakatlarni amalga oshirishi zarur.
Diversiyalash bilan shug’ullanuvchi korporativ boshqaruvning strategik tanlovi
diversiyalashning quyidagi strategiyalarida namoyon buladi:
1. Yangi tarmokka kirish strategiyasi.
2. Turdosh tarmoklarga diversiyalash strategiyasi.
3. Noturdosh tarmoklarga diversiyalash strategiyasi.
4. Kiskartirish va tugatish strategiyasi.
5. Kayta tarmoklashtirish, kayta tiklash va tejamkorlik strategiyasi.
Birinchi uchta strategiya diversiyalash usullarini uzida jamlaydi, turtinchi va
beshinchisi esa diversiyalanib bulingan kompaniya pozitsiyalarini mustaxkamlash
strategiyasidir.
Diversiyalashning ikkita asosiy turi - bog’liq va bog’liq bulmagan turlari
mavjud. Bog’liq diversiyalash kompaniya faoliyatidagi biznesning mavjud soxalari
(masalan, ishlab chiqarish, marketing, moddiy ta’minot yoki texnologiya) bilan
bog’liq bulgan yangi sohadir.
Bog’liq bulmagan diversiyalash - faoliyatning, biznesning mavjud soxalari bilan
ochiqdan-ochiq aloqasi bulmagan yangi soxasidir.
Diversiyalash quyidagi yullar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- ichki kapitallar bozori orqali;
- qayta tarkiblashtirish orqali;
- funktsiyalar yoki resurslarni taqsimlash orqali.
Ichki kapitallar bozori yordamidagi diversiyalash fond bozori qaysi
funktsiyalarni bajarsa, ayni shu funktsiyalarni bajaradi. Ichki kapitallar bozorida
korporatsiya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- korporatsiya xujalikning o’rta bugini tarkibidagi strategik rejalashtirish
funktsiyalarini bajarish;
- moliyaviy maqsadlarni belgilab olish va xujalikning urta bugini faoliyatini
kuzatib borish;
- korporativ kapitallarni raqobatlashuvchi urta korxonalar urtasida joylashtirish.
Bunday sharoitlarda o’rta korxonalar asosiy idoraning faqat moliyaviy nazorati
ostida bo’lgan mustaqil daromad markazlari vazifasini bajaradi.
Qayta tarkiblashtirish strategiyasi ichki kapitallar bozori strategiyasi turlaridan
biridir. Ular urtasidagi farq korporatsiyaning o’rta korxonalar faoliyatiga aralashuv
darajasidadir. Qayta tarkibla-nadigan korxonalar odatda tashkil qilish va rivojlantirish
91
jarayonida yomon boshqarilgan buladi. Maqsad ularga uz faoliyatini faollashtirishda
yordam berish, o’rta korxonalar darajasida yangi strategiyalarni rivojlan-tirish va
kompaniyaga yangi moliyaviy va texnologik resurslarni kiritishdan iboratdir.
Resurslarni qayta taqsimlash yuli bilan amalga oshiriladigan diver-siyalashni
mavjud va yangi urta korxonalarning bir yoki bir necha muhim funktsiyalari uxshash
bulgan hollarda amalga oshirish mumkin. Resurslarni qayta taqsimlashdan maqsad
kompaniya faoliyatidagi umumiy ishlab chiqarish, taqsimot kanallari, ilgari surish
vositalari, ITTKI va shu kabilardan foydalanishda sinergizmni amalga oshirishdir.
Shunday qilib, har bir urta korxonalarga ushbu masala mustaqil hal qilingandan kura
kamroq xarajatlar talab qilinadi.
Kompaniya faoliyatini diversiyalashda bunday kompaniyani boshqarish
qiymatini ham hisobga olish talab qilinadi. Ushbu xarajatlar urta korxonalar soni va
ular urtasidagi koordinatsiya zarurati bilan aniqla-nadi. Masalan, ma’lum bir
sinergizm mavjud bo’lgan 12 ta o’rta korxonadan iborat kompaniyadagi boshqarish
xarajatlari sinergizm bulmagan 10 ta urta korxonadan iborat kompaniyadagiga
qaraganda kuproq buladi (10-rasmga qarang). Koordinatsiyaga ehtiyoji kuchli bulgan
kompaniya uz mavqeini urta korxona sinergizmi orqali kuchaytirishga intilmoqda,
deb faraz qilaylik. Koordinatsiyaga bulgan ehtiyoji unchalik kuchli bulmagan
kompaniya esa ichki kapital bozori yoki qayta strukturalash strategiyasiga rioya
qiladi.
Xarajatlar
Diversiyalash
darajasi
Do'stlaringiz bilan baham: