6.4. Xalqaro bozorlarda raqobat strategiyasi.
Firmalarning xalkaro bozorga chikishlarini asosiy sabablari kuyidagilardir:
yangi bozorlarni egallash,
boshka mamlakatlar tabiiy resurslaridan foydalanish xukukini olish yoki yana
xam past xarajatlarga erishish zaruriyati.
Sanab utilgan xar bir xolatda dunyo bozoriga chikish strategiyasi mavjud
sharoitga mos kelishi kerak. Dunyo bozorlaridagi rakobat strategiyalarini ishlab
chikishga milliy bozorlardagiga karaganda ancha kattik talablar kuyadi. Bir mamlakat
bozorining ikkinchi mamlakat bozoridan asosiy farklariga xaridorlarning didlari,
sotish kanallari, usish istikbollari, xarakatlantiruvchi kuchlar va rakobatchilarning
ta’ziqlari, milliy bozorlardagi sharoitlardan kanchalik farklanishi kiradi. Bundan
tashkari bunday farklarga xalkaro operatsiyalarning turtta xarakterli xususiyatlari
xam kiradi.
1. Ishlab chikarish xarajatlari darajasini xar-xilligi.
2. Valyuta kurslarining uzgaruvchanligi.
3. Xukumatlarning savdo siyosati.
4. Xalkaro rakobatning xarakteri.
Turli tarmoqlarda xalkaro rakobat shakllari bir-birdan tubdan fark kiladi.
Frantsiyada xam, Braziliyada va Yaponiyada xam bank xizmatlari kursatiladi, lekin
bu mamlakatlardagi bank soxasidagi rakobat shartlari va sharoitlari turlichadir.
Xalkaro bozorda rakobat global va kup millatli buladi. Turli milliy bozorlarda
rakobat sharoitlari bir-biri bilan uzviy boglangan takdirda global rakobat mavjud
85
bo’ladi. Bu esa xakikatda dunyo bozorini tashkil etish imkonini beradi. Global
rakobatning mavjud bulish shartlaridan yana biri turli mamlakatlardagi ilgor firmalar
uzaro, bir-birlari bilan rakobat kilishi bilan ifodalanadi. Kup millatli rakobat
davomida firmalar milliy bozorda ilgorlik uchun kurashadilar, global rakobatda esa
firmalar dunyo mikyosida ustunlikka erishish uchun kurashadilar.
Dunyo bozorida firma faoliyatining strategik imkoniyatlari mavjud buladi:
1. Chet el firmalariga uning maxsulotini ishlab chikarish uchun uning xususiy
texnologiyalaridan foydalanish xukukini berish.
2. Milliy ishlab chikarishni mustaxkamlash va xorij bozorlariga tovarlar
chikarish.
3. Ko’p millatli strategiya tomon yul tutmoq. Bunda firma uz faoliyatini amalga
oshirayotgan xar bir davlat uchun aloxida strategiya ishlab chikadi. Ayni paytda u
mazkur davlatlardagi xaridorlar didlariga va rakobat sharoitlariga mos kelishi kerak.
4. Past xarajatlar global strategiyasiga yul tutmok.
5. Tabaqalashtirishning global strategiyasiga yul tutmok.
6. Fokuslashgan global strategiyasi tomon yul tutmok.
Kompaniya mustaxkam mavqega ega bulgan va katta foyda olayotgan mamlakat
bozorlari «xazina» deb ataladi. Yaponiya yapon kompaniyalari uchun eng daromadli
bozor bulib xisoblanadi. Chunki yapon konunchiligi tomonidan yaratilgan savdo
tusiqlari uni xorijiy rakobatchilardan samarali ximoya kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |