50
diapazonining kengayishi
xaridorlar didi va extiyojlarining uzgarishi
Raqobatchilarning
kungilchanligi
Raqobatning keskinlashishi
Tashqi bozorlarga chiqishdagi
savdo tusiqlarining kamayishi
Tovarlari arzon bulgan xorijiy raqobatchilarning
paydo bulishi
Valyuta
kurslarining
ijobiy
siljishi
Valyuta kurslarining salbiy uzgarishi
Resurslarning kupligi
Etkazib beruvchilar tomonidan qo’yilgan
talablarning kuchayishi
Cheklovchi
qonunchilikning
susayishi
Narxning qonun tomonidan boshqarib turilishi
Biznes beqarorligining susayishi
Biznesda
tashqi
sharoitning
beqarorligiga
bog’liqlik
Kompaniyaning strategik istiqboli uchun kuchli jixatlar ayniqsa muximdir,
chunki ular strategiyaning poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu
jixatlar asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jixatlarni kurib
chiqishni xam talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mumkin bulgan ishlarga
yaxshi moslashgan bulishi lozim. Kompaniyaning uziga xos jixatlarini aniqlash
aloxida axamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muximdir,
chunki:
- noyob imkoniyatlar firmaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish
imkoniyatini beradi;
- bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi;
- potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin.
Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan
farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bulayotgan qulay imkoniyatlar
raqobat ustunligiga ega bulgan yoki usish uchun boshqa imkoniyatlari bulgan
kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi.
SWOT-taxlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:
- kompaniya uz strategiyasida uzining ichki kuchli tomonlaridan yoki
ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi
ustunliklari bulmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga
aylanishi mumkin?
- kompaniyaning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular
ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan
kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga tuzatish kiritish kerak?
- qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat
yaratadi? Shuni qayd qilib utish lozimki, foydalanish usullari bulmagan qulay
imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Firmaning kuchli va zaif tomonlari uning
boshqa firmalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki
yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi.
51
- menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani yaxshi
tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim?
Do'stlaringiz bilan baham: