Strategik menejment


Savol: Bu bitim siz uchun foydalimi?



Download 4,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/468
Sana30.12.2021
Hajmi4,87 Mb.
#193129
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   468
Bog'liq
Strategik menejment uzb

Savol: Bu bitim siz uchun foydalimi? 

 

KEYS STADI 

10.Davlat tasarrufidan chiqarilgan mebel ishlab chiqaruvchi kombinatga, jamoa 

tomonidan  saylangan  yosh  mutaxassis  raxbar  bo’ldi.  U  o’ziga  ishongan, 

mansabparast  bo’lib,  kombinat  ishi  ko’rsatkichlarini  yuqoriga  ko’tarish  niyatida 

yonib ish boshladi. 

Direktor  Yaponiyada  bo’lgaida  stol  tennisi  uchun  raketkalar  ishlab  chiqarish 

bo’yicha  litsenziya  bilan  qaytdi.  Raketkalar  ishlab  chiqarish  g’oyasi  uni  juda 

qiziqtirib qoldi. Bu juda keng iste’mol extiyojiga ega bo’lgan tovar, bozorda yaxshi 

raketkalar  yo’q,  xatto  sifatsizlari  xam  kam  degan  xulosaga  kelgan,  o’zi  xam  tennis 

ishqibozi  bo’lgan  yosh  raxbar  asosiy  ishlab  chiqarishga  xech  qanday  putur 

etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi. 

Raketkalar  ishlab  chiqarishni  yo’lga  qo’yish  qiyin  emas,  mebel  tayyorlovchilar 

raketkani  tayyorlashni  tez  o’zlashtirib  oladilar,  xom-ashyo  asosiy  ishlab  chiqarish 

uchun zarur bo’lgan maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni chiqindilardan xam ishlab 

chiqarsa bo’ladi, deb qaror qildi yosh raxbar. 

O’z  maslakdoshlari:  bosh  injener,  reja  bo’limi  xodimi  va  buxgalterni  yig’ib, 

o’zaro  maslaxatlashib  olishdi.  Bu  ish  samarali  bo’ladi,  degan  xulosa  qilindi.  Yiliga 

million dona raketka ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil qiladi, 

deb xom cho’t qilindi. 

Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish 

o’ylantirib qo’ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko’ra ikki turdagi: qimmat- yuqori sifatli 

va arzonroq – sifati xam shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan. 

Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan savol 

ularni qiynab qo’ydi. 

Qimmat raketkalar albatta ko’p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy extiyojga 

ega  bo’ladimi?  Qimmatlarini  ko’p  miqdorda  ishlab  chiqarsak,  bir  qismi  sotilmay 

qolishi  mumkin.  Arzonidan  ko’p  ishlab  chiqarsak,  sifatli,  qimmat  raketkani 

xoxlovchilar  uchun  bunday  raketkalar  etmay  qolishi  mumkin.  Shu  bilan  birga  pulni 

yo’qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan fikrlar mebel kombinati raxbari va 

mutaxassislarini qiynab qo’ydi. 

- kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab 

chiqaramiz,  tavakkalchilikdan  yo’qotishni  xam  minimallashtiramiz  dedi,  extiyotkor 

buxgalter. 

- Men  bu  fikrga  qo’shilmayman  dedi  bosh  muxandis.  Men  ishlab  chiqarish 

xajmini  yarmini  qimmat  raketkalar  tashkil  qilishi  kerak,  deb  xisoblayman.  Shunda 

yaxshigina  daromad  qilamiz.  Albatta  bu  qaror  xam  tavakkalchilikka  asoslangan,  

lekin tavakkal qilmagan odam xech qanday yutmaydi, deb o’z fikrini ma’qulladi. 




285 

- Rejalashtirish bo’limi boshlig’i, tajribalariga asoslangan xolda, qarorni “oltin” 

o’rtasini qabul qilish, ya’ni ko’p xam emas, kam xam emas darajada ishlab chiqarish 

kerak dedi. 




Download 4,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   468




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish