2.4 .Strategiyani yaratishga bo’lgan turli xil yondashuvlar
Strategiya tuzishga yondashuvlar quyidagicha bo’ladi:
Bosh strategii yondashuv - bunda strategiyani boshliqning o’zi ishlab chiqadi.
Bunday holda boshqaruvchi ahvolni baholashga, muqobil strategiyalarga va
strategiya qismlariga kuchli ta’sir qiluvchi asosiy strategik va asosiy tadbirkor
sifatida ish yuritadi.
Vakolatlarni berish yondashuvi - bunda strategiyani tuzish xodimlarga
yoki komissiyaga topshiriladi. Bunday holda mas’ul boshqaruvchi strategiyani ishlab
chiqishni boshqalarga, asosan, strategik rejalashtirish bo’yicha personalga yoki
ishonch bildirilgan xodimlardam tuzilgan maxsus komissiyaga toshpiradi.
3) Qo’shma (kollaboratsion) yondashuv - avvalgi ikki yondashuv o’rtasidagi
oraliq variant. Bunday usulning eng kuchli tomoni shundaki strategiyani ishlab
chikish kimlarga topshirilgan bo’lsa, uni o’shalarni o’zlari bajarishlari kerak bo’ladi.
4) Tashabbusli yondashuv. Bunday yondashuvda boshqaruvchi kelishilgan
strategiyani ishlab chiqish uchun strategiya detallarini ishlab chiqishdan ham,
«g’oyalar generatorlari» guruhini boshqarishdan ham manfaatdor emas. Bil’aks,
boshqaruvchi oqilona strategiyani ishlab chiqish, himoya qilish va hayotga tadbiq
etish uchun menejerlarni o’zlari safarbar etadi. Strategiyani ishlab chiqish uchun
boshqaruvchilar foydalanishlari mumkin bo’lgan to’rtta asosiy yondashuvning
birortasi ham eng yaxshi yondashuv sifatida yuzaga chiqmaydi. Ular har birining|
kuchli va kuchsiz tomonlari mavjud.
Kompaniya va boshqaruvchilar strategiyani ishlab chiqish bo’yicha variantlarni
turlicha
bajaradilar.
Kompaniya
egasi
tomonidan boshqariladigan kichik
kompaniyalarda strategiyani ishlab chiqish norasmiy amalga oshiriladi. Yirik firmalar
strategiyani har yili ishlab chiqishga moyildir. Strategiyani belgilashning tashkiliy
jarayonida boshqaruvchilar shaxsan qatnashadilar.
Strategiya avvalo ma’naviy jihatdan sog’lom bo’lishi kerak. Kompaniyaning har
bir harakati axloq-odob, ma’naviyat doirasida bo’lishi talab etiladi. Kompaniya
mulkdorlar, xizmatchilar, xaridorlar, etkazib beruvchilar va jamiyat oldida
mas’uliyatlidir. Kompaniyaning etkazib beruvchilar oldidagi burchi bozor muno-
30
sabatlariga quriladi. Kompaniya bilan etkazib beruvchi ham sherik, ham o’zaro
raqibdir. Shuning uchun ular o’rtasidagi munosabatlar aniq belgilab olinishi lozim.
Agar strategiya kompaniyaning ahvolig’a mos bo’lmasa, raqobat ustunligi yara-
tilmasa, ishni yaxshilashga yaramasa, bunday strategiya g’olibona strategiya deyil-
maydi. G’olibona strategiyaning uch belgisi bo’ladi:
moslik darajasi mezoni;
raqobat kurashida ustunlik mezoni;
ish jadalligini oshirish mezoni.
Moslik darajasi mezoni. Yaxshi strategiya uning imkoniyatlari va intilishlari,
ichki va tashqi omillar nuqtai nazaridan kompaniyadagi vaziyatga mos kelmas ekan,
u shubhalidir.
Raqobat kurashida ustunlik mezoni. Yaxshi strategiya raqobatda barqaror ustun-
likka erishishga olib keladi. Strategiya yordamida raqobat kurashida qanchalik katta
ustunlikka erishilsa, strategiya shunchalik kuchli va samarali bo’ladi.
Ishlarning jadalligini oshirish mezoni. Yaxshi strategiya kompaniya ishining
tezkorligini oshiradi. Ishlarni takomillashtirishning ikki turi o’tamuhim bo’lib, ular
quyidagilar: Daromadlilikning oshishi. Kompaniyaning uzoq kelajakdagi faolligi
raqobatbardoshligining oshishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |