1
So’z boshi
Mustaqil O’zbekiston Respublikasi aholisini yuqori samarador, turg’un va
arzon dori-darmon bilan ta'minlash, farmatsevtik texnologiyaning ustuvor
vazifalaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan
dori-darmon, aholi extiyojining 10% qondira oladi xolos. Bundan ko’rinadiki,
aholi uchun zarur bo’lgan dori vositalarining asosiy qismi horijiy davlatlardan
valyuta hisobiga keltirilmoqda. Bu esa, dorining tannarhiga salbiy ta'sir
ko’rsatmoqda, shuningdek undan foydalanish imkoniyatini cheklab qo’ymoqda.
Axolini dori-darmon bilan ta'minlashda tayyor dori vositalari (TDV) ning
o’rni beqiyosdir. Xozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda tayyor dori vositalari
umumiy dori vositalarining 99%, xamdo’stlik mamlakatlarida 90%, 2010 yilga
kelib esa faqat tabletka dori turining o’zini 85% etkazildi.
O’zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qo’llashga ruhsat etilgan
dorilar ichida tayyor dori vositalarining ulushi 73% tashkil etadi. Mustaqillikka
erishganimizdan so’ng esa bu ko’rsatkich 90% dan oshib ketdi va rivojlangan
xorijiy mamlakat ko’rsatkichlariga tenglashib qoldi. Lekin bu ko’rsatkich asosan
chetdan keltirilayotgan TDV hisobiga ekanligini aytib o’tish lozim.
Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma maxalliy ishlab chiqarishda TDVlarining
ishlab chiqarilish ko’lamini kengayishida, talabalarga asosiy qo’llanma bo’la oladi.
Sababi ushbu qo’llanmada korxona sharoitida ishlab chiqariladigan qattiq
(kukunlar, granulalar, tabletkalar, kapsulalar, drajelar), yumshoq (surtmalar,
kremlar, linimentlar, pastalar, gellar) va suyuq dori shakllari (farmatsevtik
eritmalar, in'ektsion va infuzion eritmalar, nastoykalar, suyuq, quyuq, quruq, moyli
ekstraktlar) alohida-alohida, ularni ishlab chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni
o’z ichida mujassam etgan xolda yozildi. Talabalar bevosita bu dori turlari bilan
tanishib chiqadilar. Talabalarga mavzular hozirgi zamonaviy axborot va pedagogik
texnologiyalar asosida tushunarli qilib yoritilgan bo’lib, ular tegishli mavzularni
o’zlashtirishda talabalarda korxona sharoitida ishlab chiqariladigan TDVlarining
tayyorlanish texnologiyasi uchun zarur bo’lgan asosiy va yordamchi moddalar,
shuningdek asbob-uskunalar va yordamchi materiallar to’g’risida umumiy va to’liq
tushunchaga ega bo’ladilar.Shuningdek, talabalar mustaqil ta'lim bo’yicha berilgan
topshiriqlarni bajarishda ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmadan ham to’laqonli
foydalanishlari mumkin. Sababi har bir tayyorlangan tayyor dori vositasining sifat
ko’rsatkichlarini aniqlash bo’yicha ma'lumotlar ham ushbu qo’llanmada o’z aksini
topgan.
Sanoat farmatsiyasiga kirish” fani ixtisoslik fani hisoblanib, 2-semestrda
o‘qitiladi, o‘quv fani sifatidagi ahamiyati, talabalarda mutaxassislik mahoratini
mukammal shakllantirish, ularda sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan tayyor
dori vositalar to‘g‘risida umumiy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. “Sanoat
farmatsiyasiga kirish” fanining o‘quv fani sifatidagi vazifasi, mutaxassislik
mahoratini egallash, dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha
olingan umumiy ko‘nikmalarni xosil qilish, saqlash sharoitlarini belgilash va
turg‘unligini ta’minlashdan iborat.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |