NEVROTIK KASALLIK TASHXISI
Har bir shifokor va hamshira kunda bu kabi bemorlarga duch keladiki, ularning butun klinik ko'rinishi yoki asosiy qismi nevrotik kasalliklar bilan bog'liqdir Har qanday kasallik qo'rquv, xavotir, tashvish va boshqa qator salbiy his-tuyg'ular tug'diradi. Jismoniy somatik kasalliklar, butunlay boshqa bir sabablarga ko'ra, allaqachon paydo bo'lgan nevrotik buzilishlar tufayli kelib chiqadi. Yana shunisi ham borki, nevroz bilan og'rigan bemor ko'pincha psixoterapevtga emas, balki terapevtga murojaat qiladi. Negaki, nevroz allaqachon ichki a'zolarni dardga chalint irib qo'ygan bo'ladi.
Bunday paytda klinik manzara aralash, g'alati, u yoki bu nozologik birliklarning odatdagi ko'rinishiga to'g'ri kelmagan nevrotik buzilishlarni jismoniy kasalliklardan qay yo'sin ajratsa bo'ladi
Bu oson emas. Negaki, bemor odatda «nerv»dan emas, balki aniq bir noxush hislar: og'riq, hansirash, yurak «gupur»i, bo'shashish, bosh aylanishi, qabziyat va hokazolardan aziyat chekayotganligidan noliydi.
Bunday bemorlarni nima qilish kerak? Buning javobi oddiy. Maxsus tadqiqotlarning ko'rsatishicha, poliklinikaga murojaat qilgan bemorlarning to'rtdan uch qismi jismoniy kasallik bilan emas, balki nevroz kasalligi bilan og'rigan boiadilar.
K.Gaienning taxminiga ko'ra, bemorlar shikoyatining oltmish foizi jismoniy emas. balki emotsiona! belgilardan iborai bo 'ladi. Nevrotik kasalliklar hamma mamlakatlarda va hamma davrlarda odam ko'p duchor bo'ladigan dardlardandir. Buning hayratlanari joyi yo'q: zero, a'zo qancha murakkab bo'lsa, uning dardga chalinishi shuncha oson. Nerv sistemasiday murakkab narsa bor ekanmi?
Agar kasallik faqat nevrotik buzilishlardan iborat bo'lib, bemor psixoterapiya uchun «pishib yetilgan» bo'lsa bormi, unda har qanday dori - antibiotik bo'ladimi, safro haydovchi bo'ladimi yoki spazmolitik bo'ladimi, foyda keltiraveradi. Bu o'rinda platsebo effektini yodda tutmog'imiz kerak.
Har qanday kasallikning birlamchi tashxisi - shu kasallikning bo'lishi ehtimoli borligini unutmaslikdadir. Agar nevrotik buzilish ko'p uchrasa, demak uni har doim yodda tutmoq kerak. Albatta, bosh og'rig'idan shikoyat qilganlarida bosh suyagi ichidagi shish haqida ham, meningit to'g'risida ham o'ylamoq joiz. Zero, bu kasallik vaqtida aniqlanmasa bemor halok bo'ladi. Lekin shunisi borki, shish bilan meningit kamdan kam uchraydigan kasallik, aksariyat, bosh og'rig'i nevrotik buzilish belgisidir.
Ma'lumki, nevroz chog'ida jismoniy o'zgarish bo'lmaydi: bemorning shikoyailari fizik va laboratoriya tekshirishlarida tasdiqlanmaydi.
Agar xolis tekshirishlarda qandaydir organik patologiya ma'lum bo'lsa, nevroz haqidagi taxmin bekor qilinadi. Aslida esa, yo bir-biridan xolis mustaqil organik va nevroz kasalligi, yoinki organik kasallikning nevrotik reaksiyasi tufayli og'irlashish yuz bergan bo'lishi mumkin. Lekin shunisi borki, nevrotik buzilish haqida tashxis qo'yish uchun organik o'zgarish bor-yo'qligi ahamiyatsizdir. Negaki, bu kasallik asabiy-ruhiy sohaga tegishli bo'lib, uni aniqlash uchun fonendoskop ham, nevropatolog to'qmoqchasi ham kerak emas. Buning uchun bemor bilan suhbat va uni kuzatish kifoya. Mana bir misol.
Qirq sakkiz yashar bemor ayol yurak atrofi va to'shida, ko'krak orqasida og'riq borligidan, kechasi yuragi o'ynashidan, dam olgan
chog'ida havo yetishmasligi, kekirish, ichi qotishi, uyqusizlikdan shikoyat qiladi. Bemor ayol hayajon, tahlikada, fikr-xayoli o'zidagi noxush his-tuyg'ulari bilan band. Turli shifoxonalarda boiganligi, har xil mutaxassislar tekshiruvidan o'tganini joniqib hikoya qiladi. Shikoyat ko'p-u, lekin aniq bir nima demaydi. Kasalini bir jumla biian ifodalay olmaydi. «Doim yuragimni his etaman». Qandaydir bo'shashib turadi, ob-havo o'zgarishi bilan o'zimni yomon his etaman: qonim ingichka naychadan c'tayotganday...» kabi nolishlar. Ancha-muncha so'rab-surishtirishlardan so'ng og'riq uzoq cho'zilishi, jismoniy zo'riqish bilan bog'liq emasligi aniqlanadi; odatdagi vazifalarni bajarganda harsillamaydi. Arteriya bosimi, ahyonda simob ustunining 160/90 mm ga yetadi-yu, ammo odatda, me'yorda yuradi. Uyqusi yomon, uzoq yillar mobaynida uxlatadigan dori iste'mol qiladi. So'nggi yillarda hayz ko'rishi muntazam emas. Oilali, farzandsiz, ishlamaydi. Moddiy sharoiti yaxshi. Shifoxona va uyda ko'p marta davolangan, tashxislari turli-tuman: vegetososudistaya distoniya, spondilez, miokardit, yurakning ishemik kasalligi, klimakterik kardiopatiya.
Yaqinda klinikada yana mufassal tekshiruvdan o'tgan va unga diafragmaningqizilo'ngach teshiginingsirg'aluvchi dabbasi tashxisi qo'yilgan. Bunaqa kasalni tuzalmaydi, deb eshitgan bemor ayolning dard-dunyosi qorong'u.
Bemor ayol bilan suhbat jarayonida ma'lum bo'ladiki, yurakning hech qanday organik patologiyasi bunday shikoyatlarga o'rin qoldirmaydi. Shikoyatlari o'n yil burun: klimaks haqida gap bo'lishi mumkin bo'lmagan paytdan boshlangan. Bu yerda nevrotik hodisalar shunchalar ko'pki, buning natijasida barcha xilma-xil shikoyatlari o'z izohini topadi. Organik kasallik topish uchun bemorni yangidan-yangi tekshiruvlardan o'tkaziladi. Mana, nihoyat yechim ham topildi - diafragma dabba! Bemor ayolning hikoyasiga ko'ra davolovchi vrach, hamshira u bilan birga rentgen kabinetiga birga kirganini, dabba aniqlanganda «sevinganlaridan irg`ishlab ketganligini» so'zlab bergan. (N.A.Magazannik. «Isskustvo obsheniya s bolnimi»).
Bu misoldan ko'rinadiki, shifokor bemorni qanchalik kuzatmasin, navbatida bemor ham uning har bir harakatini ipidan ignasigacha bilib, kuzatib turar ekan.
Shuning uchun ham shifokor va hamshira har bir bemorning ichki dunyosidan xabardor bo 'Imogi, hech bo'lmaganda uning tomir urish (puls)ini bilganchalik bilmog'i kerak. Negaki, bemorni shaxs sifalida bilmoq uni muvajfaqiyatli davolashda qo'l kelishi tabiiy.
Bemorni davolashga kirishishda uning ichki dunyosini anglab olmoq uchun nimalar qilmoq kerak? Buni amalga oshirish biz o'ylaganimizdek juda qiyin emas. Buning uchun, avvalo, bemorga bir necha oddiy savollar berildi. Masalan, «Uyqungiz qanday, yaxshimi yoki yomonmi?» Uyquning notinchligi, uyqusizlik, uzilib turishi, ziyrak uxlash, dahshatli tushlar ko'rish bemorning hayajonda va tashvishdaligini ko'rsatadi. Uzluksiz uyqu dori ichish - ruhiy tushkunlikning asosiy belgilaridandir Lekin ba'zan bemorda uyquchanlik, hatto kunduzi ham uyqu bosish kuzatiladi. Ammo bu hol bizni qiziqtirgan uyqusizlikdek muhim emas.
Bizda yengii ruhiy azoblanish (depressiya) juda keng tarqalganligini hisobga olgan holda quyidagi savollar bilan bemorning ahvolini bilib olish qiyin emas. «0'zingizni qay payt yaxshi his qilasiz - ertalabmi, kunduzimi yo kechqurun?». Ruhiy azobda qolgan kimsa, odatda, erta bilan bo'shashadi, kechga borib kayfiyati yaxshilanadi. Bo'shashish holatiga e'tibor qiladigan bo'lsak, ruhiy azobdagi kishida bu hol yurakdagi yetishmovchilik tufayldi bo'lgandagi kabi jismoniy emas, ruhiydir: ya'ni kitob o'qiganda, suhbatlashganda, televizor ko'rganda ham charchaydi. Bemordagi bu ruhiy tushkunlikning mohiyatiga yetib olish uchun undan: «Aytingchi, bequvvatmisiz yoki hech nima qilgingiz keImaydimi?»deb so'raIsa, uning ahvolini tushunish mumkin. Buning ustiga bemorning yashash sharoiti ham bilib olinsa, nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Shunda shifokor bemorning ruhiy azoblanishi sabablarini yaxshi anglab oladi: biron yaqinini yo'qotgani, turmushi buzilgani yoki farzandsizlikdan ezilayotganini anglaydi.
«Ishxonada sharoit yaxshimi?», «Oilangiz kattami, kim bilan yashaysiz?» kabi savollarga olingan javob bilan bemorning kayfiyati, ruhi va hatto ijtimoiy ahvolini anglab olish mumkindir.
Shifokor va hamshira bemorning faqat dardinigina emas, balki uning turish-turmushi, tabiatini har taraflama o 'rgangan chog'dagina u muvaffaqiyatga erishadi.
Demak, bemorni to'g'ri davolash uchun, kasallikni ainiqlashdan tashqari, uning ruhiy holatini ham chuqur o'rganish talab etiladi. Buning uchun shifokorda laboratoriya tekshiruvlarini mustaqil tahlil qilish uquviga ega bo'lish bilan bir qatorda tibbiy ruhshunoslikdan xabardor bo'lmog'i lozim. Shifokor va yuqori ma'lumotli hamshira butun faoliyati davomida bir-birini to'ldiruvchi bu ikki jismoniy va ruhiy nuqtai nazarni chuqur egallagan taqdirdagina buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sinoning « Bemor borki, uni so'z bilan davolasa boiadi» degan so'zlariga amal qilgandagina muvaffaqiyat qozonishi tabiiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |