Siyosiy madaniyat — siyosiy tafakkur va siyosiy faoliyat mada
niyati, shuningdek, siyosiy institutlar xarakterining, faoliyat tar-
tibining va jam iyat siyosiy hayoti barcha jabhalarining sivi-
lizatsiyalashganligi darajasi.
U m um iy nuqtayi nazarga ko‘ra, siyosiy m adaniyat jam iyat
um um iy madaniyatining tarkibiy jihatlaridan biri b o ‘lib, odam -
larning o ‘z m anfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun kurashda
ishtirok etish, hokimiyatga ta ’sir ko'rsatish yoki uni egallash
uchun boshqa tabaqalar va siyosiy kuchlar bilan tortishishga
moyilligi va tayyorligining ifodasi hisoblanadi.
Insonlaming bevosita m a’naviy hayoti, qadriyatlari, dunyoqa-
rashi, urf-odatlari bilan bog‘liq holda namoyon boiuvchi siyosiy
hodisa b o ‘lgan siyosiy madaniyat bir joyda qotib turmaydi, u
324
do im o o ‘sishda, o ‘zgarishda b o ‘ladi. Ayni paytda siyosiy
m adaniyat bo‘sh joyda, o ‘z -o ‘zidan paydo b o ‘lib ham qolmay-
di. U ning shakllanishida rol o ‘ynovchi ko‘plab omillar mavjud.
Siyosiy madaniyatning tuzilishi. Siyosiy madaniyat o ‘ziga xos
ichki tuzilishga ega b o ‘lib, siyosiy tajriba, siyosiy ong va siyosiy
xulq-atvor uning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Siyosiy tajriba:
a) xalqning o ‘ziga xos m illiy-m a’naviy qadriyatlari;
b) mentaliteti;
v) tarixiy xotirasi va a n ’analari;
g) milliy davlatchilikni amalga oshirish tajribasi ham da milliy
qadriyatlardan kelib chiquvchi siyosiy maqsadlaridir.
Siyosiy ong:
a) mafkuraviy, g‘oyaviy kom ponent;
b) emotsional — psixologik kom ponentlardan iboratdir.
Siyosiy xulq-atvor:
a) siyosiy vaziyat, siyosiy jarayondagi xatti-harakat, faoliyat
yo‘nalishi;
b) ijtimoiy — siyosiy faoliyat uslubining nam unalari, turlari-
ning xususiyatlaridir.
Siyosiy madaniyatning m azkur o ‘ziga xos tuzilishidan qan
day mantiqiy xulosa chiqarish mumkin?
Aw alam bor, siyosiy m adaniyatning asoslari har bir xalqda
uzoq tarixiy davmi o ‘zida qam rab oluvchi jarayonlar asosida
shakllanadi. Bunda har bir xalqda shakllangan m adaniy va
m a’naviy qadriyatlar, ulardagi o ‘ziga xos milliy fazilatlar ham da
o ‘ziga xos tafakkur qilish uslubi hal qiluvchi fundam ental asos
b o ‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda, siyosiy madaniyatning
shakllanishi faqatgina subyektiv holatning o ‘zi bilangina bog‘liq
bo'lm aydi. Siyosiy madaniyatning shakllanishida odam lam ing
jamiyatdagi siyosiy reallik bilan hamkorlik qilishi va ularning
siyosiy jarayonlarga qo'shilishi m uhim o ‘rin tutadi. M asalan,
jamiyatning siyosiy tizimi bilan ijtimoiy hayotning turli sohalari
ham korlik qiladi. Ulam ing h ar biri o ‘z navbatida siyosiy m ada-
niyatni shakllantirishda u yoki bu darajada ishtirok etadi ham da
m azkur jarayonlam ing yo‘nalishini belgilab beradi. Bu o ‘rinda
davlat, siyosiy partiyalar, jam oat tashkilotlari, OAV, fan va ta ’lim
325
tizimining m a’lum maqsadga yo'naltirilgan siyosiy, tarbiyaviy,
m a’rifiy, m a’naviy va mafkuraviy ishlarini alohida ta ’kidlab o'tish
lozim. Bularning barchasi mamlakatda o ‘ziga xos siyosiy m a
daniyat modelining shakllanishida hal qiluvchi o ‘rin tutadi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |