Siyosatshunoslik


 Каримов И.А. Узбек халк,и хеч к;ачон, *еч кимга к;арам булмайди. Т. 13. —


bet164/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Каримов И.А. Узбек халк,и хеч к;ачон, *еч кимга к;арам булмайди. Т. 13. —
Т., 2005. - В. 190-191.
223


iqtisodiy va siyosiy hayotning dolzarb muammolarini dadil 
ko‘tarib chiqishi kerak. Barcha ommaviy axborot vositalariga 
mulk shakli, tiraji, qamrovi hamda mavzu yo‘nalishidan qat’i 
nazar, ulaming mamlakatimiz axborot maydonida halol raqo- 
bat asosida faoliyat olib borishi uchun davlat zarur shart-sharo- 
itlami yaratib berishi lozim. Aytish mumkinki, bu — jamiyatni 
tom ma’noda demokratlashtirish garovidir.
Ommaviy axborot vositalari va huquq. 
Ommaviy axborot 
vositalari jamiyatning ayrim guruhiga emas, balki butun jam i­
yat a ’zolarining manfaatlari yo‘lida xizmat qilmog'i kerak. Bu- 
ning uchun esa u jamoatchilik nazorati ostida barcha ijtimoiy 
tabaqalar ehtiyojlarini himoya qilmog‘i lozim. Jamiyat qanchalik 
katta va turli guruhlardan iborat bo‘lsa, televideniye dasturlari- 
ni tuzishda ham shunchalik katta e’tibor va mas’uliyat zarur. 
Aholining hech bir tabaqasi bu masalada kamsitilmasligi, har 
bir kishi o ‘zini ham o‘zi mansub gumh vakili, ham dunyo ham- 
jamiyati a ’zosi sifatida his qilmog'i uchun odamlardagi diniy, 
milliy, ruhiy, yosh va boshqa tafovutlami albatta inobatga olmoq 
kerak. Bugungi ilmiy-texnik taraqqiyot yer yuzining istalgan bir 
nuqtasidagi voqelikni efirga uzatish imkonini berayotgan hozir- 
gi davrda bir sivilizatsiyani ikkinchi bir sivilizatsiyaga qarshi 
qo‘yuvchi g‘oyalaming ommaviy axborot vositalari orqali tar- 
qatilishi dunyo barqarorligiga jiddiy xavf tug‘dirishini unutmas- 
lik kerak va buni kommunikatsion siyosatda e’tiborga olish za­
rur.
Terrorizm va milliy ozodlik harakatlarini aynan bir narsa 
sifatida talqin etmaslik, din va din niqobidagi ekstremizm va 
terrorizm tafovutini anglash lozim. Albatta, bu borada ju m a- 
listik malaka va siyosiy mahorat keskin oshirilmog‘i kerak. 
O m m aviy a x b o ro t v o s ita la ri, ju m la d a n , te le v id e n iy e
umummilliy va umuminsoniy qadriyatlami shakllantirish hamda 
m u stah k am lash g a xizm at qilishi b ila n birga in so n iy at 
taraqqiyotiga xavf solayotgan jarayonlarga aholi e ’tiborini 
qaratm og‘i zarur. Ayniqsa, bunda xalqaro telek o ‘p rik lar 
televideniye faoliyatida muhim o ‘rin tutadi. Xususan, xalqaro 
munosabatlarda, sotsiologik tadqiqotlar o ‘tkazishda bu niho- 
yatda ahamiyatlidir.
224


Jamiyatda xolis va haqqoniy axborot tarqatishda mustaqil 
matbuotning o ‘m i beqiyos. Mustaqillik tufayli senzuraning bekor 
qilinganligi hamda ommaviy axborot vositalari sohasidagi tub 
o'zgarishlar bois bugun mamlakatimizda yuzlab gazeta-jurnal, 
o ‘nlab n ash riy o t, b ir n e ch ta axborot agentligi faoliyat 
ko‘rsatmoqda. OAV faoliyatining huquqiy asoslari, awalo, 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi Konstitutsiyasida, shuningdek, «Ommaviy 
axborot vositalari to ‘g‘risida»gi, «Axborot erkinligi prinsiplari 
va kafolatlari to ‘g‘risida»gi, «Jumalistlik faoliyatini himoya qilish 
to ‘g‘risida»gi kabi qonunlarda belgilab qo‘yilgan. Ularda om­
maviy axborot vositalari xodimlarining huquq va majburiyatlari 
o‘z ifodasini topgan. Jumladan, jumalistlar o‘zlariga m a’lum 
bo‘lgan m a’lumotlaming obyektivligi uchun mas’ul ekanliklari, 
ijtimoiy ahamiyatga molik axborotlarning to ‘g‘riligi hamda 
soxtalashtirilmasligi uchun javobgar ekanliklari qayd etilgan.
Xullas, bir tomondan ommaviy axborot vositalari to ‘g‘risi- 
dagi qonun siyosiy muloqotlar jarayonlarini demokratlashtirishga, 
ikkinchi tomondan esa ommaviy axborot vositalariga davlat- 
ning huquqiy jihatdan ta ’sir ko‘rsatish imkoniyatini bermoqda. 
Bu imkoniyat ommaviy axborot vositalari xodimlari, siyosat- 
chilar, davlat arboblari va rasmiy shaxslar erkinlik va oshkoralik 
sharoitida o ‘zaro munosabatlaming mushkul va nozik san’atini 
chuqur egallashlariga yordam beradi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish