Sinonimlar o’quvchilar nutq boyligini oshiruvchi vositalardan biri mundarija: kirish I bob. O’zbek tilshunosligida sinonimiya hodisasi


Boshlang’ich sinfda sinonim birliklarini o’qitishda axborot kamunikatsion texnologiyalardan foydalanish



Download 390,5 Kb.
bet16/17
Sana26.06.2023
Hajmi390,5 Kb.
#953385
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Madinaxon

2.3. Boshlang’ich sinfda sinonim birliklarini o’qitishda axborot kamunikatsion texnologiyalardan foydalanish
Ta'lim tarbiya tizimining bugungi kundagi vazifasi o'sib-ulg'ayib kelayotgan yoshlami vatanparvar, zamonaviy bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirgan, komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Bu jarayonda o'qituvchining roli beqiyosdir. Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan o'qituvchilarning darslarga ijodiy yondashishini ta'minlash, ular faoliyatiga ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish hamda o'quvchilarning dastlabki egallaydigan bilimlarning poydevori mustahkam bo'lishi, barcha fanlarni o'zlashtirishga qiziqishini oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etib kelinmoqda.
Shuningdek, ta'lim tizimida ilg'or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta'lim olish imkoniyatlarini yaratish, xalq ta'limi
muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag' bilan ta'minlashning samaradorligini oshirish, yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Olib borilayotgan bu islohotlar o'qituvchilar va o'quvchilar oldiga katta talablar qo'ymoqda, bu talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligini oshirish hamda maktablardagi turli xil o'quv mashg'ulotlarining tashkil qilinishi va u orqali o'quvchilarning turli bilim va ko'nikmalarni egallab olishlaridir. Bugungi kunda ta'lim jarayonini to'g'ri va samarali tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o'rni beqiyosdir. Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yanada qiziqarli bo'lishiga ko'mak beradi, buning uchun esa o'qituvchi o'z ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila olaman » deya o'ziga savol berishi ya'ni, an'anaviy ta'limdan qochib, noan'anaviy ta'lim berishga intilishi lozim.
Pedagogik va psixologik tadqiqotlarga ko'ra inson ongi ma'lumotlarning 90% ni ko'rish, 9% ni eshitish, 1% ni esa his qilish orqali qabul qilar ekan. Bundan kelib chiqqan holda shu narsa ta'kidlanmoqdaki, Axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta'sir etadi. O'quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o'quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o'zlashtirilishiga yordam beradi. Multimedia texnologiyalarida an'anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn ko'rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar ko'rinishida ifodalanilishi o'quvchilarni darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan bo'lishga o'rgatadi, chunki tavsiya qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi. Bu orqali fanga bo'lgan qiziqish uyg'onib, o'z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash, mavzuni o'rganishda o'zi uchun qulay bolgan tezlik va o'zlashtirish darajasini tanlash imkoniyatini beradi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida dars jarayonini tashkil etishda o'qituvchi dastlab:
• darsning maqsadi;
• maqsadga erishish yo'llari;
• o'quv materiallarini taqdim etish usullari;
• o'qitish metodlari;
• o'quv topshiriqlarining turlari;
• muhokamalar uchun savollar;
• munozara va bahslarni tashkil etish yo'llari;
• o'zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlab ol ishi lozim bo'ladi.
Axborot texnologiyalaridan boshlang'ich sinf o'quvchilarining barcha o'quv fanlarida samarali foydalanish mumkin. Darslarda o'quv va o'yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo'yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang'ich sinflar o'quvchilari uchun turli didaktik materiallar to'plamidan foydalanib, ko'rgazmali mashq, nazorat mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o'rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika, orfografik mavzular bo'yicha boy va turli -tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi. Ona tili darslarida insho yozishda taqdimotlardan foydalanish qulay. U orqali mavzuning savol va rejalarini tuzish, qiyin so'zlarni topish osonlashadi. Insho rasm asosida yozilayotgan bo'lsa, mavzuga doir rasmni ekranda namoyish etish imkonini beradi.
1-sinfda o'qish darsida elektron o'quv qo'llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so'zni tovushli-harfli tahlil qilish, so'zning bo'g'inlari tuzilishi, ba'zi orfogrammalar o'rganilishi turli qiziqarli ko'rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g'aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o'quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o'yin shaklida o'quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o'zini nazorat qilish va o'quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo'llanma bo'yicha ta'lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o'qitish bo'yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo'limlarni kiritish mumkin. Dars rejasini ishlab chiqishda frontal individual va guruhli ishlash uchun kompyuterni qo'llash maqsadga muvofiq bo'lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim.
Tabiiy fanlar darslarida ham barcha mavzularda video-roliklar, taqdimotlar, testlar, animatsion multimedialarni qo'llash yaxshi natija beradi. Masalan, yurtimiz
tabiati, suv havzalari, hayvonot dunyosi, dengizlar, okeanlar hamma mavzuni
animatsion slaydlarda aks ettirish mumkin. Animatsiya orqali taqdimot nafaqat yorqin hissiyotlarni va bir vaqtning o'zida ilmiy imidjni, balki o'quvchilarning bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. O'quvchilar ongigada mavzu bo'yicha tushunchalarni shakllantirib, xotirasida yaxshi saqlashini taminlaydi.
Matematika darslarida «O'yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang'ich sinfda o'rganiladigan ko'plab mavzular bo'yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o'quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to'xtalish, o'quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang'ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo'llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin.
Texnologiya va tasviriy san'at darslarida ham slaydlardan unumli foydalansa bo'ladi. Masalan, rassomlar, rasmlar namunalari, loyiha namunalari, loyiha bosqichlari, qo'l mehnati namunalari va shu kabi mavzularni slayd yordamida namoyish qilish mumkin.
Barcha o'quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko'rinishidagisidan foydalangan bo'lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o'quvchi bilan shug'ullanish mumkin. AKTdan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy o'qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o'quv fanlari bo'yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo'lishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o'zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo'yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.
Ona tili bo'yicha o'rganiladigan so'z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda o'quvchilarda qiyinchiliklar tug'diradi. Bular: antonimlar, sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o'quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so'zning to'g'ri va ko'chma ma'nosini topishga, sinonimlarni to'g'ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o'rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag'ishlangan «Teskari o'yin» testidan foydalanish o'quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta'sir etadi. Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o'quvchining ko'zi, miyasi va qo'llari ishtirok etadi, o'yin
elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni oshiradi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o'quvchilar dars materiallarni mustaqil o'rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.
Xulosa qilib aytganda o'qituvchi axborot texnologiyalaridan to'g'ri va samarali foydalansa, o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishi, bilim olishga bo'lgan ishtiyoqi va o'ziga bo'lgan ishonchi ortib, mustaqil fikri rivojlana boradi. O'qituvchi esa darsda o'z oldiga qo'ygan maqsadiga oson erishadi. Faqatgina o'quv jarayonida axborot texnologiyalari darsning asosiy tayanchi emas, balki bolaga yangi ma'lumotlarni, tushunchalarni osonlik bilan yetkazib berish hamda esda saqlashiga yordam beruvchi vosita sifatida qaralishi lozim. O'qituvchi esa darsning asosiy boshqaruvchisidir.
Pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, AKT o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O‘quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad — aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo‘lishidir.
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, o‘quvchilarni o‘qitish sifati unga bog‘liq bo‘ladi va bu boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta’lim tizimida boshlang‘ich maktab «ko‘nikmalar maktabi» bo‘lib keldi, ya’ni o‘quvchi keyingi ta’lim olish uchun o‘qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda boshlang‘ich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta’lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta’lim olish kuchlarini sinash joyi bo‘lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o‘quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga AKT’ni joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.
O‘z faoliyatimizda ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va o‘quv jarayonida AKT’dan foydalanish bo‘yicha ma’lum tajribalarni to‘plab bormoqdamiz.
Ахborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajribam an’anaviy dars doirasida AKT’ni didaktik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilgan hollarda o‘quv jarayonini individuallashtirish va differensatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. Ular o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.
Har bir o‘quvchida shaxsiy o‘quv yo‘nalishini rivojlantirishni ta’minlaydi. O‘quv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo‘lgan asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish ta’minlanadi.
АKT’dan foydalanilganda ta’limda shaxsga-yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo‘lib qoldi, butun o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o‘quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog‘i vositalaridan foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o‘quv fanlarda qo‘llash mumkin. Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo‘yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun turli didaktik materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Barcha o‘quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko‘rinishidagisidan foydalangan bo‘lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o‘quvchi bilan shug‘ullanish mumkin. AKT’dan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy o‘qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo‘lishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o‘zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo‘yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.
«Tabiatshunoslik» fani bo‘yicha barcha mavzulari bo‘yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan: «O‘lkamiz suv havzalari», «Ona zamin», «O‘rmon va dalalar — tabiat boyligi», «Qishloq xo‘jaligi sohalari», «Bizning o‘lka», «Yer osti boyliklari», «O‘lkamiz hududiy tuzilishi», «O‘lka chorvachiligi va o‘simliklari» va boshqalar. Ona tili bo‘yicha o‘rganiladigan so‘z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda o‘quvchilarda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bular: antonimlar, sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o‘quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini topishga, sinonimlarni to‘g‘ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o‘rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag‘ishlangan «Teskari o‘yin» testidan foydalanish o‘quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi.
Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi kerakli darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o‘quvchilar dars materiallarni mustaqil o‘rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.
Barcha o‘quv fanlarida qo‘shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida ko‘plab videofilm hamda fotolavhalar bilan o‘lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin.
Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida AKT’dan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi, ko‘rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo‘shimcha axborotlardan foydalanish mumkin.
Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i ishimizda katta yordam ko‘rsatadi. Internet — bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o‘z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to‘ldirish imkoni paydo bo‘ladi.
Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin. Ishni o‘rganilgan material bo‘yicha dialog ko‘rinishida olib borish mumkin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Internetdan mustaqil foydalanishni, kerakli axborotni tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-sinfdanoq o‘quvchilar faqat daftarda emas, balki bevosita kompyuterda ham topshiriq-larni bajara oladilar. O‘quvchilar kompyuter bilan ishlash birinchi ko‘nikmalarni oladilar, o‘zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirib boradilar.
Boshlang‘ich sinflarda fikrlash operatsion uslubini shakllantirishda informatika kursining roli juda muhim. Informatikaning ushbu roli harakatlari tuzilishini rejalashtirish, axborot izlash, muloqotni rejalashtirish, axborot modellarini qurish, faoliyatni vositalashtirish kabi dastlabki ko‘nikma va malakalar to‘plami ko‘rinishida qaraladi. Kompyuterni o‘qishda yordamchisi, ijodkorlik, o‘zini ifoda etish va rivojlantirish vositasi sifatida tushunish katta ahamiyatga ega. Katta sinflar o‘quvchilarida fikrlash uslubi shakllanib bo‘ladi, yangi shakllarini ular qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Ushbu kurs o‘quvchini SHK’da axborot bilan amaliy ishlashga o‘rgatishi kerak. Boshlang‘ich maktabda kompyuterni o‘zlashtirib o‘quvchilar undan o‘z faoliyatlari vositasi sifatida boshqa sinflarda ham foydalanishlari mumkin, kompyuterni qo‘llash bilan olib boriladigan darslar ularda qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Katta sinflarda informatika darslarida albatta kompyuterdan foydalanish ushbu dasturni amalga oshirish zarur sharti hisoblanadi. Kompyuterdan odatda yangi materialni muhokama qilishda elektron doska sifatida foydalanaman. Bundan tashqari, o‘quv o‘yinlarini tashkil qilish hamda individual ta’lim va kompyuterli praktikumni tashkil qilishda foydalaniladi. Ta’lim natijasida o‘quvchilar o‘quv va oddiy amaliy masalalarni yechish uchun kompyuterdan foydalanish: fayllar bilan oddiy operatsiyalarni amalga oshirish (yaratish, saqlab qolish, izlash, dasturni ishga tushirish); dasturlarda amaliy topshiriqlarni va ijodiy ishlarni bajarishni biladilar: Word Pad, Microsoft Power Point, Microsoft Excel, Microsoft Word; keng foydalaniladigan dasturlarni ishga tushirish: kompyuter ekranida matnli va grafik redaktor, trenajerlar, testlar; matnlar va tasvirlar (axborot), obyektlar bilan ishlash; izlash, oddiy o‘zgartirishlarni, saqlash, foydalanish va axborot hamda ma’lumotlarni uzatishni amalga oshiradilar, mundarija, yo‘l ko‘rsatuvchi, kataloglar, spravochniklar, internetdan foydalanib, kompyuter yordamida kichik loyihalar va taqdimotlar yaratadilar.
Shunday qilib, ushbu kursni boshlang‘ich maktabda o‘rganish o‘quv jarayonini modernizatsiyalash, samaradorligini oshirish bilan birga, har bir o‘quvchining individual qobiliyatlarini hisobga olib, uni tabaqalashtirishga imkon beradi. Taklif etilayotgan kurs o‘qituvchiga ta’limni erkin boshqarish va o‘quv axborotlarini taqdim etish turli usullarini qo‘llash imkonini beradi.
Kursda loyiha-tadqiqotchilik faoliyatiga alohida o‘rin ajratilgan. O‘quvchilarning loyihachilik faoliyatlari mustaqil tadqiqotchilik malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga yordam beradi; o‘quv jarayonida olgan bilimlarini birlashtiradi va o‘quvchilarni aniq hayotiy muhim masalalarni hal qilishda ishtirok ettiradi, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar va o‘quvchilar munosabati uslublarini demokratlashtirishga yordam beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda o‘qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o‘quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan ishlashga, o‘qishga o‘rgatish — zamonaviy boshlang‘ich sinflarning muhim vazifasi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflar ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish faqat asosiy yo‘nalishlari shakllanadi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda AKT’dan keng foydalanish birinchi navbatda, bu turli hisobotlarni tayyorlash, sinfdan tashqari tadbirlarni o‘tkazish va shu kabilardan iborat bo‘ladi.
Xalq taʼlimi vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda respublikamizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari soni jami 2129389 nafarni tashkil etadi. Ularga 111866 nafar pedagog saboq berib kelmoqda. Xozirgi kunda davlatimiz tomonidan o‘qituvchilarning darslarga ijodiy yondashishini taʼminlash, ular faoliyatiga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish hamda o‘quvchilarning dastlabki bilim egallash poydevori mustahkam bo‘lishi, barcha fanlarni o‘zlashtirishga qiziqishini oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etib kelmoqda. Hozirgi davr o‘qituvchi va o‘quvchi oldiga katta talablar qo‘ymoqda, bu talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga, maktablardagi turli xil o‘quv mashg‘ulotlari, ularni tashkil qilinishi va u orqali o‘quvchilarni turli bilim va ko‘nikmalarni egallab olishidir. Bugungi kunda taʼlim jarayonini to‘g‘ri va samarali tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o‘rni beqiyosdir. Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yana-da qiziqarli bo‘lishiga ko‘mak beradi, buning uchun esa o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila olaman» deya o‘ziga savol berishi yaʼni, anʼanaviy taʼlimdan qochib, noanʼanaviy taʼlim berishga intilishi lozim. Maʼlumki, taʼlim bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligidagi faoliyat turi bo‘lib, dars orqali o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib olishi natijasida undan foydalanish kompetensiyalariga ega bo‘ladi. Yangi bilimlarni o‘rganish jarayonida esa o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishlari tabiiy hol masalan, maʼlumotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etish kabi jarayonlarda amalga oshadi. Hozirgi kunda umumtaʼlim maktablarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, taʼlim jarayonida zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi yetuk pedagog olimlar tomonidan eʼtirof etilganligi xech kimga sir emas. Jumladan, U.Sh.Begimkulov taʼlim jarayonida hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan kompyuter axborot muhitini yaratish hamda taʼlim jarayonida multimedia, o‘qitishda immitatsiya, zarur axborotlarni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilinadigan maʼlumotlar bazasini yaratishni taklif etadi. Mamlakatimizdagi deyarli barcha umumtaʼlim maktablari zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu esa, o‘z navbatida, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning o‘z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvlarini talab etadi. Boshlang‘ich sinf darslari o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etilishi, o‘qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib chiqishiga emas, balki yangicha yondashuv orqali uning vazifasi va rolini o‘zgartirib, o‘qituvchilik faoliyatini yana-da serqirra, ijodiy va kreativ yondashuvga asoslangan kasbga aylantiradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida dars jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi dastlab: - darsning maqsadi; - maqsadga erishish yo‘llari; - o‘quv materiallarini taqdim etish usullari; - o‘qitish metodlari; - o‘quv topshiriqlarining turlari; - muhokamalar uchun savollar; - munozara va bahslarni tashkil etish yo‘llari; - o‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlab olishi lozim bo‘ladi. Taʼlim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni aqlan va ruhan yetuk insonlar qilib tarbiyalashda, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz mohiyati bo‘yicha bilim texnologiyalarni joriy etilishi, o‘qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib chiqishiga emas, balki yangicha yondashuv orqali uning vazifasi va rolini o‘zgartirib, o‘qituvchilik faoliyatini yana-da serqirra, ijodiy va kreativ yondashuvga asoslangan kasbga aylantiradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida dars jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi dastlab: - darsning maqsadi; - maqsadga erishish yo‘llari; - o‘quv materiallarini taqdim etish usullari; - o‘qitish metodlari; - o‘quv topshiriqlarining turlari; - muhokamalar uchun savollar; - munozara va bahslarni tashkil etish yo‘llari; - o‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlab olishi lozim bo‘ladi. Taʼlim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni aqlan va ruhan yetuk insonlar qilib tarbiyalashda, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz mohiyati bo‘yicha bilim ko‘nikma va malakalarini rivojlantiriщda ularda buyuk ajdodlarimizning boy maʼnaviy meʼroslarini o‘rganishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish muxim rol o‘ynaydi. Kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari orqali pedagog xodimlar hamda o‘quvchilar juda ko‘p miqdorda maʼlumotlarni olish, izlash qayta ishlash va o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Albatta, taʼlim muassasalarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish. O‘quv mashg‘ulotlarini yangi interfaol usullar, zamonaviy vositalar yaʼni axborot texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda o‘tkazish, jumladan, dars mashg‘ulotlarida multimediani qo‘llash, internet tarmog‘idan foydalanish shubhasiz o‘z samarasini beradi. O‘qituvchi zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish orqali quyidagi bir qancha vazifalarni amalga oshirishi mumkin: - boshlang‘ich sinflarda multimedia texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarda fanga qiziqishi rivojlanadi; - taʼlimning bunday usuli o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtiradi va o‘quv materialini o‘zlashtirilishining samaradorligi yana-da oshadi; - namoyish qilinishi qiyin yoki murakkab bo‘lgan jarayonlarni modellashtirish va ko‘rish imkoniyatini beradi; - o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishi faqat darajasiga ko‘ra emas, balki o‘quvchilar erishgan mantiq va qabul qilishlarining darajasiga ko‘ra ham samarali hisoblanadi; - o‘quvchil - o‘quvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni izlash, topish hamda muammoli masalalarga javob topish orqali maʼlum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratiladi; - o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar yechishi, insho, bayon yozish ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda maʼlumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratiladi. Hozirgi kunda taʼlim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha anʼanaviy taʼlimda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Boshlang‘ich taʼlimga zamonaviy axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak maʼnaviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir o‘qituvchi ijodkor bo‘lishi kerak, u har bir o‘quv soatiga puxta tayyorlanib yangilik bilan kirishi kerak, chunki har darsda takrorlanadigan bir xillik o‘quvchini darsga va fanga qiziqishini susaytiradi, natijada dars samaradorligining pasayishiga olib keladi. Axborot texnologiyalarining o‘qituvchi va o‘quvchi uchun ahamiyatli jihatlari quyidagilar: ✓ o‘quvchining diqqatini jamlash; ✓ maʼlumot to‘g‘risidagi tasavvurni kengaytirish; ✓ izlanuvchanlik, ijodkorlik va mustaqil faoliyatga kirishish; ✓ o‘z-o‘zini baholash. O‘qituvchi faoliyatida axborot texnologiyalardan foydalangan holdagi darslarning o‘rni quyidagilarda aks etadi: ✓ vaqtni to‘g‘ri taqsimlash; ✓ o‘quv materiali mazmun-mohiyatining yorqin va ishonarli bo‘lishini taʼminlash; ✓ berilayotgan axborot ko‘lamini oshirish; ✓ o‘quv topshirig‘ining turlarini kengaytirish; ✓ sog‘lom raqobat, ijodiy muhitni yuzaga keltirish; ✓ kasbiy malakani muntazam oshirib borish. Kompyuter dasturi orqali oddiy didaktik materiallar tayyorlashda va ularni kompyuter sinflarida o‘tiladigan darslarda o‘quvchilarga mustaqil ishlash uchun taqdim etish mumkin. Bunday didaktik material izohli matn sifatida, rasmlar bilan bezalgan holda, nazorat savollari bilan o‘quvchilarga beriladi va o‘quvchilar tomonidan bajarilishi nazorat qilinadi. O‘qituvchi faoliyatida eng muhim jihatlardan biri bu o‘quvchilarning bilimini baholab borishdir. Barcha umumtaʼlim fanlarining turli bo‘limlariga oid nazorat testlarini kompyuter yordamida tuzish mumkin. Bugungi kunda O‘zbekistonda ham taʼlim jarayonida didaktik vosita sifatida foydalaniladigan dasturlarning maxsus bozori shakllanmoqda. Hozirda umumtaʼlim darslarida foydalanishi mumkin bo‘lgan internetga joylashtirilgan ko‘plab dasturlar mavjud. Bular sirasiga birinchi navbatda elektron darsliklarni kiritish mumkin. Kompyuter texnologiyalari turli xil interaktiv xarakterdagi topshiriqlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Masalan, o‘quvchilar voqealarni xronologik ketmaketlikda joylashtirish, fanga oid atamalar va tushunchalarni to‘g‘ri izohlash yoki o‘ng va chap qatordagi atamalar va ularning maʼnosini mos ravishda strelka bilan ko‘rsatish yoki berilayotgan mavzudagi tayanch so‘zlarni to‘ldirish, test topshiriqlarini bajarish, krosvordlarni yechish kabi topshiriqlarni qanday bajarganliklarini katta ekranda multimedia yordamida tushirilgan javoblar bilan taqqoslab, bilib borishlari mumkin bo‘ladi. O‘qituvchi dars jarayonida kompyuter yordamida mavjud materiallarni turli xil shaklda: slaydlar, video va audio parchalar diagrammalar, jadvallar, musiqiy ko‘rinishlarda taqdim etiladi. Kompyuter yordamida dars jarayonini tashkil etilishi o‘quvchilar tasavvuri va xotirasiga kuchli taʼsir qilib, eslab qolish jarayonini osonlashtiradi, darsni qiziqarli jarayonga aylantirib, o‘quvchilarni u yoki bu tarixiy davrga olib kirish va voqealar ichida go‘yoki ishtirok etish imkonini beradi. Bugungi kun taʼlimi o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali taʼlim-tarbiya berish oid fikr va mulohazalarimizni bayon etamiz. Boshlang‘ich sinflarda ayrim mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha fikrlarimizni bayon etamiz. “Videotopishmoq” metodi – ushbu metoddan foydalanishda quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshirilishi lozim: • o‘quvchilar eʼtiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;
• o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;
• jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;
• o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.
Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o'quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda o'qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o'quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan ishlashga, o'qishga o'rgatish — zamonaviy boshlang'ich sinflarning muhim vazifasi hisoblanadi. Aniq fanlarni o'qitish jarayonida AKTdan foydalanish faqat asosiy yo'nalishlari shakllanadi. O'quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish birinchi navbatda, bu turli hisobotlarni tayyorlash, sinfdan tashqari tadbirlarni o'tkazish va shu kabilardan iborat bo'ladi.
O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikrmulohazalarini bildirishadi. Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlashlarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lash hamda darsga qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi taʼlim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. Aytish joizki, multimedia ilovalarini har bir darsda qo‘llash natijasida o‘quvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlash yana-da rivojlanadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, axborot kommunikativ vositalarining boshlang‘ich sinf darslarida qo‘llanilishi va darsning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Zamonaviy mazmunda – axborot – odamlar orasidagi, odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.
Informatika – insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog`liq bo’lgan jarayonlarning aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan ko’nikma va vositalar tizimidir.
Axborot texnologiyalari – axborotni yig`ish, saqlash, uzatish, o’zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig`indisidan iborat.
O’qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda – faqat o’quv tarbiya jarayonga qo’llanishi mumkin bo’lgan eng yangi axborot texnologiyalarni tushuniladi.
Shu jumladan, boshlang'ich maktabda o'rganish o'quv jarayonini modernizatsiyalash, samaradorligini oshirish bilan birga, har bir o'quvchining individual qobiliyatlarini hisobga olib, uni tabaqalashtirishga imkon beradi. Taklif etilayotgan kurs o'qituvchiga ta'limni erkin boshqarish va o'quv axborotlarini taqdim etish turli usullarini qo'llash imkonini beradi. Kursda loyiha-tadqiqotchilik faoliyatiga alohida o'rin ajratilgan. O'quvchilarning loyihachilik faoliyatlari mustaqil tadqiqotchilik malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga yordam beradi; o'quv jarayonida olgan bilimlarini birlashtiradi va o'quvchilarni aniq hayotiy muhim masalalarni hal qilishda ishtirok ettiradi, ta'lim sifatini oshirish, o'qituvchilar va o'quvchilar munosabati uslublarini demokratlashtirishga yordam beradi.



Download 390,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish