funiculus spermaticus
deb ataladi. Urug’ tizimchasining tarkibiga
ductus deferens, aa.
et
vv.testiculares,
limfatomir va nervlar kiradi. CHov kanalining ichki halqasi sohasida urug’
tizimchasining tarkibiy tuzilmalari bir biridan ajraladi. SHuning uchun urug’ tizimchasi
moyakning orqa qirrasidan chov kanalining ichki halqasigacha davom etadi. Urug’ tizimchasi
moyak rivojlanib, yorg’oqqa tushgandagina yuzaga keladi. Moyakning qorin bo’shlig’idan
yorg’oqqa tushish jarayoni
descensus testis
deb ataladi. Homila organizmida moyak qorin
bo’shlig’ining orqa devorida, I-II bel umurtqalari sohasida joylashadi. Moyakning pastki
uchidan pastga qarab tortma, moyakning kuzatuvchisi
gubernaculum testis
tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |