O‘zbek tilini rivojlantirishda buyuk olimlarimiz Maxmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi jahonga mashhur vatandoshlarimizning o‘rni beqiyosdir. Bizning ona tilimiz – o‘zbek tili qadimiy tillardan bo‘lib, dastlabki yozma manbalar VI – VII asrlarga to‘g‘ri keladi (Urxun-Yenisey yozuvlari).
O‘zbek xalqi va tili haqidagi mashhur asarlardan biri bu til bilimining donishmandi Mahmud Qoshg‘ariyning turkiy tillar olamida eng sara asarlari bo‘lmish “Javohurun nag‘hv fi lug‘ati turk” (“Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari”) va «Devonu lug‘otit turk» asarlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |