N
Narx
– baho – tovar qiymatining pulda aks etishi, bozor iqtisodiyotiga
asoslangan jamiyat xo‘jalik mexanizmida amal qiluvchi iqtisodiy
dastak. N. faqat tannarxga emas, balki talab va taklif, shuningdek,
tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar o‘rnini bosa
olishi, muomaladagi pulning xarid qobiliyatiga ham bog‘liq.
Notijorat
– bu foyda olishni va uni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlashni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ymagan muassasalardan iborat. M: jamoatchilik yoki
diniy tashkilotlar, xayriya fondlari va hokazo. Odatda ixtiyoriylik
asosida, yagona maqsad bilan ma’naviy va boshqa nomoddiy
ehtiyojlarni qondirish maqsadida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |