Mustaqil ish uchun to’shiriq
Mavzu bo‟yicha loyihani oqqa ko‟chirish.
36-mavzu. Loyihani planshetga oq qora grafikada chizish.
Reja:
1. Loyihadagi tarz qismini planshetda chizish.
2.Loyiha ishining perspektiv qismidagi mayda bo’laklar ustida ishlash.
3. Sanitar-gigienik xonalar.
1.
Loyihadagi tarz qismini planshetda chizish.
1.
www.hqrom.com
2.
www.google.com
3.
pinterest.com
4.
archinovosti.com
2.Loyiha ishining perspektiv qismidagi mayda bo’laklar ustida ishlash.
1.
www.hqrom.com
2.
www.google.com
3.
pinterest.com
4.
archinovosti.com
3. Sanitar-gigienik xonalar.
Sanitar-gigienik xonalar.
Birlashtirilgan sanitariya-gigiena bo‟limi faqat 1
xonali xonadonlar uchun mo‟ljallangan bo‟ladi va ikki qavatli uylarda alohida
hojatxonasi bor uylarga, mexmonxonalarda va dam olish uylarida ruxsat etiladi, 2
va undan ortiq xonali xonadonlarda esa obrezxona bo‟limlari alohida xonalarga
joylashtiriladi.
(1-rasm)
-
1-
rasm.
A
-
Sanitar gigienik xonalarning
xajmiy-tarxiy yechimi: 1-xojatxona;
2-
yuvinish xonasi; 3-aralash jihozlangan
sanitar
tugunlari;B-
Industrial
tayyorlangan santexnik xonalar: 1-monolit jelezobetonsanitar tugunlari kabinkalar;
2-panel uylar uchun ishlangan sanitar tugunlari.
Vannaxonalar faqat yuvinishgagina emas, balki kir yuvishga ham
mo‟ljallangan bo‟ladi. SHuning uchun bu yerga vannadan tashqari qo‟l yuvish
jihozi (rakovina) ham o‟rnatiladi. Vannaxonada kir yuvadigan mashina, kiyim va
sochiq iladigan jihoz, oyna va iflos kiyimlar uchun quti joylashtirilgan bo‟lishi
kerak. Bu jihozlarni joylashtirish uchun vannaxona mahlum bir sathdagi maydonga
ega bo‟lishi kerak. Vannalarning hajmlari 1,55x0,75 dan 1,8x0,8 metrgacha
bo‟ladi. O‟tirib yuvinadigan vannaning hajmi 1,2x0,8 metrni, qo‟l yuvadigan jihoz
0,55x0,45 metrni tashkil etadi
.(2-rasm)
Vannaxona katta namlik xonasi hisoblanadi va shuning uchun uning poli,
devorlari yuqori qismlarida namlikka chidamli materiallardan foydalanish kerak.
pollariga keramik qurilish materiallaridan devorlari uchun glazur plitkalardan
qo‟lash kerak. Vannaxonani shamollatish uchun, albatta ventilyatsiyadan
foydalanish kerak. Vannaxonaga dahlizdan, yo‟lakdan kirish mumkin, yashash
xonalaridan yoki oshxonalardan vannaxonalarga kirish mahn etiladi. Lekin
rivojlangan mamlakatlarda har bir yotoqxonaning alohida vannaxonasi bor,bizda
ham
ota-onalar
yotoqxona
uchun
alohida
vannaxona
loyihalanmoqda.
Vannaxonalarga tabiiy yorug‟lik tushishi shart emas, lekin bizning issiq iqlimli
respublikamizda darcha orqali vannaxonalar shamollatib turilsa. maqsadga
muvofiq bo‟lar edi. Vannaxona eshiklari, albatta tashqariga ochilishi shart.
Hojatxonalarning kengligi 0,85 metrdan uzunligi esa 1,4 metrdan kam
bo‟lmasligi kerak. Hojatxonaga yo‟lak, dahliz yoki shlyuzdan kirish mumkin.
Hojatxonaga shlyuz orqali kirilsa juda yaxshi bo‟ladi, chunki bunda har xil noxush
hidlar xonadonga tarqalmaydi. SHuning uchun hojatxonalarga shamolni
tortadigan ventilyatsiya darchasi o‟rnatilishi shart xisoblanadi. Sanitar tugunlar
uchun tabiiy shamollatish yo‟li yashash xonalaridan alohida bo‟lishi kerak.
Markaziy Osiyo issiq iqlimida bu shart-sharoitlarga rioya qilinishi judayam
zarur hisoblanadi. CHunki issiq sharoitda har xil noxush hidlar tezroq tarqaladi.
SHuning uchun eski uylarda, yahni kanalizatsiyasi yuk bo‟lgan uylarda hojatxona
hovlining eng uzoq joyiga joylashtirilgan.
2-rasm.
Santexnik jihozlari: a-vanna xonadagi sanitar jihozlarini umumiy
ko‟rinishi; b-to‟g‟ri bo‟rtli kichik vanna uzunligi 1500 mm; v-dush paddoni; g-
fayans umivalnigi ye-fayans unitazi. d-tepaga joylashgan bachogi bilan.
Hozirgi zamonaviy mehyor va talablarga binoan hojatxonalarni iloji bo‟lsa,
albatta tabiiy yoritish maqsadga muvofiq bo‟ladi. Hojatxonalarning pollari nam
o‟tkazmaydigan materiallardan foydalanilishi kerak. (linoleum, keramik plitka va
boshqalar) devorlar moy bo‟yoq bilan bo‟yalishi yoki glazurli plitkalar ishlatilishi
kerak.
Xonadonlar ikki qavatga joylashtirilgan bo‟lsa, ko‟p xonali xonadonlar (besh
va undan ortiq) uchun 2 ta hojatxona ( yotoqxona va dahliz yaqiniga) joylashtirish
maqsadga muvofiq bo‟ladi. Dahliz oldiga joylashtirilgan hojatxonada, albatta qo‟l
yuvadigan jihoz joylashtirilishi kerak, shuning uchun uning sathi kengroq qilib
olinadi. Yotoqxona yaqinida joylashgan hojatxonani alohida qilmasdan vannaxona
bilan birlashtirib yuborishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |