SQL tilida ma`lumotlar bilan manipulyatsiya amallari uchun to`rtda kalit so`z ishlatiladi: SELECT, INSERT, UPDATE, DELETE. SELECT operatorli ifodalar alohida o`rin egallaydi, chunki u ma`lumotlar ajratib olish uchun mo`ljallangan va bu foydalanuvchilar yechadigan masalalarni ko`p qismini tashkil qiladi.
SQL tili birinchi navbatda so`rovlarni bajaradi. SQL so`rovlari orqali ma`lumotlarni tanlashda SELECT (tanlash) so`zidan foydalanilib, bu SQL operatorlarining eng funktsionali hisoblanadi. U MB jadvalidan axborotlarni tanlab olish uchun muljallangan. SELECT operatori MBdan ma`lumotlarni o`qiydi va so`rov natijasini jadval shaklida qaytaradi. (10.1-rasmga qarang)
10.1-rasm. SQL so`rovining bajarilish
SELECT operatorining sintaksisi quyidagicha va diagrammasi 2-rasmdagi kabi keltiriladi.
SELECT [ALL|DISTINCT] [AS]
FROM
[{INNER | LEFT | RIGTH [OUTER]} JOIN ON
[WHERE ]
[ORDER BY ]
[GROUP BY ]
[HAVING ]
[UNION
[LIMIT ]
Kvadrat qavslrda operatorni yozishda qatnashishi shart bo`lmagan elementlar ko`rsatilgan.
SELECT operatori ishlatilishi jihatidan uchta variantga ega:
funksiyallar, aniq qiymat va hisoblash natijasini chiqarishda faqat SELECT kalit so`zini ishlatilishi;
jadval(lar)dan zarur ma`lumotlarni chiqarishda yuqoridagi kabi (SELECT ... FROM ... ) ishlatish;
ALL kalit so`zi natijaga shartni qanoatlantiruvchi barcha satrlar, shuningdek takrorlanuvchi satrlar ham kirishini bildiradi. Ko`pchilik holatlarda bu ALL kalit so`zini yozish shart emas.
DISTINCT kalit so`zi natijaga takrorlanuvchi satrlar kiritilmasligini bildiradi. Keyin boshlang`ich jadvaldagi atributlar ro`yxati ko`rsatiladi. Bu atributlar natijaviy jadvalga kiritiladi. ALL va DISTINCT kalit so`zlari qaytariluvchi, ya`ni ekranga chiqariluvchi jadval maydonlari oldiga yoziladi.
* simvoli boshlang`ich jadvalning barcha atributlari natijaga qaytarilishini ta`minlaydi. Agar uning o`rniga jadvaldagi qaytariluvchi ustun nomlari vergul bilan ajratilgan holda kiritilsa, natija faqat ushbu ustunlarni chiqaradi. Agar tuzilayotgan so`rovda bir nechta jadval ishtirok etsa, u holda ustun nomi va u qaysi jadvaldan ekanligi ko`rsatilishi lozim. Misol uchun A(a1, a2, a3) va B(b1, b2, a1, b3, b4) jadvallar berilgan bo`lsin.