See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-jadval  Jizzax viloyatida turistik xizmat korsatish dinamikasi



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/195
Sana23.02.2022
Hajmi8,96 Mb.
#182707
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   195
1-jadval 
Jizzax viloyatida turistik xizmat korsatish dinamikasi 
 
2015 
2016 
2017 
2018 
2019 
2019-yil
2015-yilga 
nisbatan (foizda) 
Turistik firmalar soni




11 
183,0 
100 
100 
100 
150 
122,2 
Turistlarga xizmat ko'rsatish (kishi) 
13050 13367 14502 14800 18500 
141,8 
100 
102,4 
108,5 
102,1 
125 
Turistik 
firmalarda 
xizmat 
ko'rsatishning o'rtacha soni (kishi) 
2175 
2228 
2417 
1644 
1682 
77,3 
100 
102,4 
108,5 
68 
102,3 
Izoh: kasr suratida mutloq ko'rsatkich (kishi hisobida), maxrajida nisbiy ko'rsatkich (foizda).
Jadval Jizzax viloyati statistika boshqarmasi ma‘lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzildi. 
Geograf olmilar A.Soliyev va M.Usmonovlar tomonidan 2005 yilda chop etilgan “Turizm 
geografiyasi” nomli monografiyada mamlakatimiz 6 ta turistik rayonga ajratilgan. Bular Toshkent, 
Mirzacho’l, Farg’ona, Zarafshon, Janubiy hamda Quyi Amudaryo turistik rayonlaridir. Jizzax viloyati 
Mirzacho’l turistik rayoniga kiritilgan bo’lib, o’zining ekoturistik imkoniyatlariga boy hududlardan 
biri ekanligi bilan ajralib turadi. Bu yerda bir vaqtning o’zida bir tomoni qizigan qum cho’llar va 
ikkinchi tomoni qor bilan qoplangan viqorli tog’lar yastanib yotadi. Viloyatning ana shunday o’ziga 
xos landshaftlari, o’simlik va hayvonot dunyosi, xushmanzara archazor tog’lari o’ziga xosligi bilan 
ajralib turadi. Jumladan, Turkiston tog’ tizmalari bag’ridagi noyob ekotizimga boy bo’lgan Zomin 
milliy bog’i, Zomin qo’riqxonasi (qo’riqxona hududida yovvoyi o’simliklarning 700 dan ortiq turi, 
kam uchraydigan va yovvoyi hayvonlarning 150 turi mavjud), O’riklisoy sharsharasi, 770 yoshli 
Boboyong’oq, Pishag’or g’ori, Xo’jamushkent ziyoratgohi, shuningdek, Aydar-Arnasoy ko’llar tizimi 
hududi, Forish tumani Mojurum qishlog’idagi 2000 yillik archa (sovur archa) kabi takrorlanmas 
landshftlar nafaqat mahalliy balki xorijiy sayyohlarda ham katta qiziqish uyg’otadi. Ma’lumot o’rnida 
shuni ta’kidlash joizki, sovur archa 1400-2500 metr balandlikda o'sibb ikki ming yildan ko'proq umr 
ko'radi. Archa daraxtining turli qismlaridan tabobatda ham foydalanishadi.
Viloyatdagi mazkur ekoturistik ob’ektlarga nisbatan munosabat albatta ilmiy-nazariy 
asoslangan bo’lishi lozim. Shu jihatdan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish darkor: 
mazkur soha bo’yicha malakali mutaxassislar (turagent, turoperator va gidtarjimon) tayyorlash; 
dam oluvchilarning xavfsizligini to’la qonli ta’minlash; 
umumiy ovqatlanish joylarida xorijlik sayyohlar uchun o’z milliy taomlarimizdan tashqari chet 
el xalqlarining ham milliy taomlarini tayyorlashni yo’lga qo’yish; 
transport xizmatlari tizimini yaxshilash, yo’l va yo’l bo’yi infratuzilmasi bilan bog’liq 
muommolarni hal qilish; 
marshrutlar yo’nalishiga qarab sayyohlarni estetik zavq bag’ishlovchi transportning o’ziga xos 
tarmoqlari (velosiped, mototsikl, ot, eshak, tuya, chana, kema va b.) da olib yurish; 
tabiatning betakror manzaralarini tomosha qilish uchun chodir tikish va kempinglar qurishda 
o’ziga xos talablarga rioya qilish, shuningdek, ulardan foydalanishda xavsizlikni taminlash; 
ekoturistik hududlarda mehmonxonalar, restoranlar va xizmat ko’rsatish inshootlarini tabiat 
hamohangligida qurish va jihozlash; 
ekoturistik hududlar sanitariyasiga e’tibor qaratish; 
sayyohlarning bo’sh vaqtini maroqli o’tkazish maqsadida ularni xalqimizning go’zal urf-odatlari 
va o’yinlari bilan tanishtirish. 


152 
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, viloyatda ekoturizmni tashkil etish har tomonlama qulay 
hamda foydalidir. Bunda masalaga bir tomonlama emas, balki har tomonlama yondashish talab etiladi. 
Kelajak avlodga O’zbekistonning betakror tabiati va uning ob’ektlarini tabiiy va o’z holicha saqlagan 
holda yetkazish eng buyuk ishlardan sanaladi. Aholi istiqomat qilmaydigan ekoturistik hududlarda 
mehmonxonalar, restoranlar va xizmat ko’rsatish inshoatlarini tabiat hamohangligida qurish va 
jihozlash aksincha bo’lganda esa sayyohlarni imkon qadar barcha sharoitlarga ega bo’lgan uy 
mehmonxonalariga joylashtirish lozim. Sayyohlar uchun ham bu qiziqarli bo’lib, maxalliy axolining 
yashash tarzi, urf odatlari, milliy taomlari va oilvaiy an’analarini o’z ko’zlari bilan ko’ribgina qolmay 
balki o’zlari ham ularga bevosita ishtirok etishlari mumkin. Bu sayyoh uchun qiziqarli va zavqli 
bo’libgina qolmasdan balki tabiat va inson o’rtasidagi azaliy yaqinlik va munosabatlarning tub 
ildizlari qishloqlardagi hayot tarzi bilan chambarchas bog’liq ekanligini tushunib yetadilar, ularni 
qanday bo’lsa shundayligicha saqlanib qolinishining ahamiyati milliy mentalitetda namoyon 
bo’lishining guvohi bo’ladi.
Viloyatda ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlari yetarlicha bo’lib, faqatgina mazkur 
resurslardan oqilona va samarali foydalanishimiz lozim. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat iqtisodining 
rivojlanishiga, shuningdek, Jizzax viloyatini kelajakda asosiy “Turistik mintaqa”ga aylanishiga asos 
bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish