XROMOSOMALARNING KIMYOVIY TARKIBI
Xromosomalarning 90-92% nukleoproteidlardan iborat. Nukleoproteidlar yuqorida qayd qilingandek dezoksiribonuklein kislota -DNK, giston yoki protamin oqsillardan tashkil topgan. Xromosomalar tarkibida bulardan tashqari ribonuklein kislota - RNK, kam miqdorda kalsiy, magniy, temir ionlari va giston bo’lmagan oqsillar uchraydi.
DNK ning tuzilishi va funksiyasi. DNK biopolimer bo’lib, faqat odamdagina emas, balki barcha eukariotlarda, shuningdek prokariotlarda irsiy axborot saqlovchi sanaladi. DNK molekulasining dastlabki modeli 1953yili Dj.Uotson va F.Krik tomonidan yaratilgan. Ana shu modelga binoan DNK molekulasi qo’shqavat spiraldan tashkil topgan biopolimerdir. Uning monomeri bo’lib nukleotidlar sanaladi. Har bir nukleotid azotli asos, dezoksiriboza uglevodi, fosfat kislota qoldig‘idan tashkil topgan. Nukleotidlar tarkibidagi azotli asoslar bir-biridan farqlanadilar. Azotli asoslar to’rt xil bo’lib, ularni adenin-guanin purin azotli asoslari, sitozin-timin pirimidin azotli asoslari deb nomlanadi. Nukleotidlar DNK ning bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan spiralida komplementarlik tamoyili asosida ya’ni, adenin qarshisida timin, guanin qarshisida sitozin joylashgan. (11-rasm). Fosfat kislota qoldig‘i spiralning tashqi, azotli asoslar esa ichki qismidan o’rin olgan. DNK ning qo’shqavat zanjiri bir-biri bilan azotli asoslar o’rtasidagi vodorod bog‘lar orqali birikkan bo’ladi. DNK modelini yaratishda CHargaff kuzatishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Uning kuzatishicha DNK dagi guanin miqdori sitozinga, adeninniki esa timin miqdoriga teng. Boshqacha qilib CHargaff qoidasini
A+G
A=T; G=S yoki --------- = 1 teng deb izohlanadi.
S+T
Nukleotidlar bir-biri bilan bir pentozning 51 uglerod o’rni va ikkinchi pentozning 31 uglerod o’rnini fosfat guruhi orqali birikishi tufayli bog‘lanadi. Bunda hosil bo’lgan DNK ning uglevod-fosfat ko’prigi 51-31 bog‘lanishda bo’ladi. DNK ning ikkinchi spiralida nukleotidlar pentozalar bir-biri bilan 31-51 yo’nalishda bog‘lanadilar. Genetik axborot nukleotidlarning 51-31 yo’nalishda joylashganligi sababli uni ma’noli, ikkinchi spiralning ya’ni nukleotidlar 31-51 yo’nalishda joylashganlarini ma’nosiz DNK deb nomlanadi. DNK ning ma’nosiz zanjirini ma’noli zanjirning shikastlangan bo’laklarini tiklashda muhim rol o’ynaydi. Binobarin, DNK ning bir zanjiridagi nukleotidlarning ketma-ket joylanish tartibini ikkinchi zanjirdagi nukleotidlarning joylashish tartibi belgilab beradi. SHunday qilib, DNK zanjiridagi nukleotidlarning ketma-ketligi bir-biriga antiparellel va komplementardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |