,,Nima o‘zgardi” o‘yini .
O‘qituvchi stolga birorta o‘yinchoqni, yoki istalgan nakrsani qo‘yadi, so‘raydi: ,,O‘yinchoqlar nechta?” (bitta). O‘qituvchi bolalardan ko‘zlarini berkitishini so‘rab, stolga bir nechta o‘yinchoq qo‘yadi. Bolalar qarab nima o‘zgarganini aytishlari kerak . O‘yinchoq nechta bo‘lganini raqam bilan ko‘rsating, o‘sha sonni qanday xosil bo‘lganini tushuntiring.
“Aksincha”
Maqsad : o‘quvchilarning nutqini o‘stirish, ularda ,,qalin” ,,yupqa“, ,,keng”, ,,tor” tushunchalarining shakllantirish. O‘yin mazmuni: o‘qituvchi to‘pni tashlaydi va birron bir so‘zni aytadi. O‘quvchi to‘pni olgandan so‘ng, shu so‘zga qarama - qarshi so‘zni aytadi . Keyin to‘pni qaytib o‘qituvchiga tashlaydi. Masalan: qalin-yubqa, katta-kichik, baland-past, og‘ir-engil,
“Katta, kichik, teng” o‘yini
O‘yin materiali har bir o‘quvchiga partada teng belgilar to‘plami, mayda narsalar turli rasm solingan kartochkalar, uchburchaklar, doiralar. O‘yin mazmuni: o‘qituvchi quydagilar yozilgan jadvalni osib qo‘yadi yoki oldindan raqamlar yozuvi bilan tayyorlab qo‘yilgan doskani ochadi. Masalan: I variant . II variant.
34 35 25 31
5 2 62 43 57
O‘quvchilar har bir variyant bo‘yicha o‘z partalari ustiga yozuv asosida terib, kerkeli belgilarni qo‘yishlari kerak. Bajarilgan ishlarning to‘g‘riligini tekshirishni qo‘shni partadagi o‘quvchiga taklif qilish mumkin. YOki o‘qituvchi o‘zi tekshiradi. Bu o‘yinni bir oz o‘zgartirib va murakkablashtirib vaqti-vaqtida o‘zgartirib turiladi. Masalan:, o‘quvchilarga faqat (doskada, jadvalda) belgilarni yoki belgilar va ayrim sonlarni berish mumkin.
I variant II variant.
> > = <
= > > =
< = > >
Bu o‘yinda jadvaldagi sonlarga qarab daftarga ham shuncha katakchalarni chizish yoki kerakli belgini qo‘yishni taklif qilgan holda topshiriqlarni o‘zgartirib turishi o‘quvchilar uchun foydalidur. 2-3 sinflarda bu o‘yinni bunday o‘tkazishi mumkin.O‘quvchilar oldindan uylarida alohida varoqlarda 2ta bir hil jadval tayyorlaydilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga jadvalning ma’lum qismini to‘ldirishni taklif etadi . U bilan birga, topshiriqni bajarishga krishishdan oldin, o‘quvchilarning topshiriqni aniq tushunibolishlari muhim ahamiyatga ega: ya’ni satr qaerd, ustun qaerda va nimani taqqoslash kerak - satrni ustun bilanmi yoki aksincha? O‘quvchilarga bu erda nima muximligini tushuntirib berish zarur. SHuning uchun ham 2ta bir xil jadval to‘ldiramiz. O‘quvchilar topshiriqning mazmuni tushunishlari uchun, shu tipdagi topshiriqlarni berib, ularni asta-sekin shu o‘yinga tayyorlab borish foydalidir. Ustunchada yozilgan sonlarni qatoridagi sonlar bilan taqqoslash kerak. Ularni ko‘chirib oz va >, <,= belgilarni qo‘y, jadvalni to‘ldir.
1 2 3 4 5
1 = < < < <
2 > = < < <
3 > > = < <
Ana shunday tayyorlov mashiqlaridan so‘ng bolalar jadvalni kim oldin to‘ldirish bo‘yicha qiziqish bilan musobaqalashadilar. To‘ldirilgan jadval esa quydagicha bo‘ladi.
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
1 = < < < < < < < < <
2 > = < < < < < < < <
3 > > = < < < < < < <
4 > > > = < < < < < <
5 > > > > = < < < < <
6 > > > > > = < < < <
7 > > > > > > = < < <
8 > > > > > > > = < <
9 > > > > > > > > = <
1 0 > > > > > > > > > =
,,Geometrik o‘yinlar” (gugurt bilan o‘yin) 10 dona gugurtdan uycha yasash. Son va miqdorni o‘rganishida foydalanadigan didaktik o‘yinlar. Fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga, narsa va ular guruhini taqqoslash malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan darsda o‘tkazilayotgan ish bilan bir vaqtda bolalarga narsalarni sanash malakalarini o‘rgatish bo‘yicha sistematik ish o‘tkazishi zarur.
Sanash ishini ongli, ishonchli egallash uchun quyidagilar zarur.
1) Natural qator sonlari nomlarini va ketma – ketligini bilish;
2) Narsalar sanog‘i faqat sonlar ketma-ketligini bilishgina emas, balki sanab chiqilayotgan guruhdagi narsalarga sonlarni to‘g‘ri mos keltirishni, ya’ni son-narsa juftini hosil qilishni ham nazarda tuktadi.
3) Bolalar shuni tushunishlari kerakki, narsalarni sanashda eng oxiri aytilgan son ,,nechta” savolga javob beradi. Olti yoshli bolalar uchun ushbu xato tabiydir; bola sanashni to‘g‘ri bajara turib, nechta savoliga boshqa sonni aytadi., ya’ni javob tasodifiy harkterga ega bo‘ladi. Buning sababi bajarilgan sanashiga bog‘liq bo‘lmagan xolda miqdorni ko‘zda chamalashga urinish.
Bularning hammasini hisobga olib, yuqorida qarab o‘tilgan narsalar sanog‘ining tarkibiga kiruvchi 3ta tarkibiy elementlarning har biri o‘ziga o‘qituvchining maxsus e’tiborini qaratishi, shunga mos mashqlar qo‘yish va hal qilishni talab qilish kerak.
“Ko‘p-bitta” o‘yini
Har bir qatnashchi 8ta kartochka oladi. 2ta kartochkani shunday qo‘yish kerakki, bunda bir tomonda ko‘p, bir tomonda bitta bir xil pridmet bo‘lishi kerak.
“O‘yinni egalla” o‘yini
Har bir o‘yinchiga 3 yoki 4 soni yozilgan uychaning rasmi beriladi. O‘yinchilarga 8 tadan kartochka beriladi. Rasmdagi narsalar soniga qarab, kartochkalar uychalarga joylashtiriladi. Uychani birinchi bo‘lib to‘ldirgan qatnashchi g‘olib chiqadi.
“Poezd tuzamiz” o‘yini.
Har bir qatnashchi 6ta kartochka oladi (chap yo o‘ng tomon.) Vagonlarni raqamlarining o‘sishi tartibida joylashtirish kerak. Kim birinchi bo‘lsa boshiga paravozni ulaydi .
“Sanashni davom ettirish” o‘yini
O‘qituvchi misol tariqasida bir o‘quvchi bilan bu o‘yinni o‘tkazishi tufayli uning mazmuni bolalarga tushuntiriladi: o‘qituvchi 1,2,3 ,,, deb sanay boshaydi. O‘quvchi esa 4,5,6,7 ,,, deb davom ettiradi. So‘ng dars mavzusiga mos biror sonni aytadi va dam-u, dam bu o‘quvchiga sanashni davom ettir deyiladi.
“Diqqat” o‘yin.
O‘qituvchi kartochkalar tayyorlaydi. Ularda 1dan 10gacha bo‘lgan sonlar rasm orqali tasvirlangan. O‘qituvchi ketma-ket rasmli kartochkani magnit doskaga joylaydi, va rasmlar sonni sanab chiqishni taklif qiladi. So‘ng to‘pni o‘quvchilardan biriga oshiradiva chapdan o‘nga qo‘li bilan harakat qiladi. To‘pni olgan o‘quvchi ko‘rsatilgan sonni aytadi va shu sondan 20 gacha sanaydi; agar o‘qituvchi o‘ngdan chapga harakat qilsa qo‘li bilan, undan o‘quvchi 20 sonidan to aytilgan songacha sanab chiqadi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |