Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Download 1,27 Mb.
bet17/70
Sana01.05.2022
Hajmi1,27 Mb.
#600828
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
Bog'liq
2 5343753633433390900

«Tanqidiy fikrlash» atamasi ilk bor XX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. Mazkur tushuncha haqida tafsilot berishdan oldin, muayyan fikrlash ko‘nikmalari ustida to‘xtalish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu ko‘nikmalar o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni tarkib toptirish uchun nihoyatda zarurdir. O‘zbek olimasi Sh.A.Abdullayeva “O‘quvchilarda refleksiv mushohada qilish ko‘nikmalarini shakllantirish” asarida: “Tanqidiy fikrlash - fikr yuritishning shunday ko‘rinishiki, unda aqliy operatsiyalar (analiz, sintez, induksiya, deduksiyajning barchasi ishtirok etadi»,- deb yozadi. Demak, o‘quvchi taqdim qilinayotgan o‘quv materialini o‘zlashtirishi uchun bilish jarayonining induktiv (ayrim, xususiy tajribalarni umumlashtirib xulosa chiqarishga fikran harakat qilish) va deduktiv (umumiydan ayrimlikka yuksalish)pog‘onalaridan o‘tadi.
O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish uchun ularni nekbinlilkka
o‘rgatish muhimdir. Nekbin shaxs-har narsani yaxshi tomondan ko‘ruvchi, kelajakka ishonuvchi; optimist insondir .
Tanqidiy fikrlash deganda o’rganilayotgan bilimning turli tomonlari haqida mulohaza yuritish nazarda tutiladi. Tanqidiy fikrlashni mulohazali fikrlash deyish ham mumkin. Tanqidiy fikrlash ma’lumotni hech qanday mulohaza yuritmay passiv qabul qilib qarama-qarshi qo’yiladi. Ta’lim jarayonida o’quvchi o’rganilayotgan materialni analiz va sintez qilish taqqoslash, umumlashtirish, abstraksiyalash hukm va xulosa chiqarish kabi fikr yuritish operasiyalarini bilish kerak. Sabab o’tilgan fikr yuritish sohalari logika fanining muammolari hisoblangan. Hozirgi vaqtda logika fani e’tibordan chetda qolgan. Shuning uchun fikr yuritish operasiyalari har bir fan o’qituvchi o`quvchilarga tushuntirish kerak. Tanqidiy fikrlar shakllanishi uchun o`quvchi o’zi ish o’rganayotgan sohasini chuqur egallashi, ko’p o’qishi, bilim to’plashi zarur. Tanqidiy fikrlash tafakkurning yuksak darajada shakllanganligini ifodalaydi. Ta’lim jarayoni o`quvchining mustaqil fikrlash darajasiga ko’tarilgandagina samarador bo’ladi. Ta’lim texnologiyasining asosiy maqsadi va mohiyati tanqidiy fikrlashni o’stirish, fikrlashga o’rgatishdir. Chunki faqat mustaqil o’qib, fikrlab o’zlashtirilgan bilim mustahkam bo’ladi va bilim egasi uni turli sharoitlarda qo’llashi mumkin. Tanqidiy fikrlash bilim olishning barcha bosqichida amalga oshiriladi. Ayniqsa, muammoli-izlanuvchan bosqich tanqidiy fikrlashga asoslaniladi. Bu bosqichda o`quvchining mustaqilligiga keng yo’l beriladi va u ta’lim jarayonida o’z kashfiyoti (izlanishi) asosida yangi bilimlarni o’rganadi. Bu “Kashfiyot orqali bilim” deb yuritiladi. Bu texnologik jihatdan quyidagicha amalga oshiriladi:

    • o`quvchi uchun ahamiyatli bo’lgan muammoni yaratish;

    • o’rganilayotgan mavzuda (obyektda) qarama-qarshilikni va o`quvchiga tushuntirish (o`quvchi nomutanosiblik muammo ekanini tushunishi kerak);

    • shu muammodan kelib chiqadigan ijodiy natijani ifodalab berish.

O`quvchi bilimlarni o’zlashtirish bilan birga, uni o’zining ijodiy kashfiyoti sifatida his etishi kerak. Tanqidiy fikrlashga mo’ljallangan ta’lim an’anaviy usuldan tubdan farq qiladi. Chunki an’anaviy usulda faqat o’qituvchining ma`lumot manbai bo’lib qolishi, o`quvchiga bilim berishda uning qiziqishi, bilimga munosabati va shu vaqtgacha o`quvchi egallagan bilimni hisobga olmaslik hozirgi kunda ta’limdagi qiyinchilikni keltirib chiqarmoqda. Didaktikadagi asosiy muammolardan biri ta’limda o`quvchining yetuklik darajasini hisobga olib ishlashdir. An’anaviy ta’limda dars o’tilganda o’quvchilarga ma’lumot berish va uni mustahkamlash asosiy vazifa hisoblangan. Pedagogik texnologiya bilim berishga shu bilimga o’quvchilarni qiziqtirishga, yangi bilimni bilishi avvalgi bilimlariga, hayotiy tajribasiga bog’lashga e’tibor qaratmoqda. Bolada yangi informasiyaga qiziqish va kutish hosil bo’lishi kerak.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish