Samarqand davlat tibbiyot instituti



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

6. Biologik sinama 
Transfuzion vosita (eritrositar massa, yangi muzlatilgan plazma, 
qon) bemorga yuborilishdan oldin muzlatgichdan olinadi va xona 
haroratida 30 minut ushlab turiladi. Shuningdek, transfuzion vosita 
konteynerni suv hammomida 37°C haroratda isitilishiga ruxsat beriladi. 


K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
155 
Biologik sinama gemokomponentning miqdori va yuborilish 
tezligiga qaramasdan o’tkaziladi. Bir necha dozada gemokomponentni 
yuborish kerak bo‘lganda har bir dozadan oldin biologik sinama 
o’tkaziladi. 
Biologik sinamani o’tkazish usuli quyidagicha: dastlab 10 ml 
transfuziya qilinadigan gemokomponentdan 2-3 ml (1 minutda 40-60 
tomchi tezlikda) 1 minut davomida yuboriladi, keyin yuborish to'xtatiladi 
va 3 minut davomida retsipiyentning pulsi, nafas soni, qon bosimi, 
umumiy ahvoli, terisining rangi nazorat qilinadi. Xuddi shu muolaja 2 
marta qaytariladi. Agar bemorda qaltirash, belda og‘riq, qizish, ko‘krak 
qafasida noxushlik, bosh og’rig‘i, ko‘ngil aynishi va qusish kuzatilsa, 
transfuziya darhol to'xtatiladi va transfuziya bekor qilinadi. 
Shoshilinch holatlarda ham qon komponentlari transfuziyasi 
biologik sinamasiz o’tkazilmaydi. Qon komponentlari transfuziya 
qilingandan so‘ng, tuzli eritmalar yuborilishi kerak. 
Narkozdagi bemorga qon komponentlari yuborilayotganda, 
operatsiya jarohatidan qon ketishning kuchayishi, qon bosimini pasayishi 
va pulsning kamayishi, siydik qopi katetirizatsiya qilinganda siydik 
rangining o‘zgarishi kabi holatlar aniqlansa, bunday paytda 
gematransfuzion vositaning yuborilishi to‘xtatiladi, jarroh va anestiziolog 
transfliziolog bilan birgalikda gemodina- mikaning buzilishi sababini 
aniqlashi kerak. Transfuziyadan boshqa sabab bunday holatni keltirib 
chiqarmasligiga ishonch hosil qilinsa, ushbu gemotransfuziya vositasi 
qilinmaydi. Keyingi gemokomponent terapiyaning qilinishi klinik hamda 
laborator ma’lumotlarga, jarroh, anestiziolog va transfliziolog xulosasiga 
bog‘liq bo’ladi. 
Biologik sinamada individual moslik ahamiyatga ega. Buriday 
holatlarda laboratoriya tasdig‘idan o‘tgan eritrositar massa quyiladi. 
Yana qaytadan retsipiyent va donorning qoni ABO tizimi va rezus 
mansublikga, individual moslikka transfuziolog ishtirokida operatsiya 
stolida yoki to‘shakda yotgan bemorda tekshiriladi. Bu nazorat 
tekshiruvlari faqatgina qon quyayotgan shifokor tomonidan amalga 
oshiriladi (faqat u bajarilayotgan transfuziyaga javobgar hisoblanadi). 
Konteynerga 0,9%li steril natriy xlorning izotonik eritmasidan 
boshqa hech qanday medikamentlar yoki eritmalar qo’shish taqiqlanadi. 
Qon quyish tugagandan so‘ng, konteynerda qolgan oz miqdordagi 
transfuziya vositasi va bemorning qoni solingan probirka keyinchalik 


O’quv qo’llanma 
156 
zarurat bo’yicha individual moslik va boshqa sinamalarni tekshirish 
uchun 24 soat mobaynida muzlatgichda saqlanishi lozim. 
Qon yoki qon komponentini transfuziyasini amalga oshirgan 
shifokor bu haqida quyidagilami yozib qo'yishi shart; 
-
qon tarkibiy qismlari quyishga ko’rsatma; 
-
transfuziyagacha – bemorni va gemokonteyner etiketkasidagi 
passport ma’lumotlari, donorning kodi haqida ma’lumotlar, ABO va rezus 
mansublik tizimi bo’yicha qon guruhi, gemokonteyner raqami, 
tayyorlangan sanasi va tayyorlagan tashkilot nomi; 
-
bemor qonini ABO tizimi va rezus mansubligida nazorat 
tekshiruvi natijalari, ishlatilgan reagent seriyasi; 
-
konteynerdan olingan qonning ABO tizimi va rezus 
mansublikga nazorat tekshiruv natijalari; 
-
donor va retsipiyent qonining mosligiga o’tkazilgan sinama 
natijasi; 
-
biologik sinama natijasi; 
-
gemotransfuziyaning boshlanish va tugash vaqtlari. 
Retsipiyentga qon quyilgandan keyin ikki soat yotoq tartibi 
belgilanadi va bu davolovchi shifokor yoki navbatchi shifokor tomonidan 
nazorat qilinadi. Har soatda bemorning tana harorati va qon bosimi 
o‘lchanib, kasallik tarixiga yozib qo’yiladi. Siydikning miqdori va rangi 
o’zgarishi nazoratga olinadi. Siydikning tiniqligi saqlangan holda qizil 
rangga bo’yalishi o’tkir gemolizdan darak beradi. Qon quyishning ertasi 
kuni bemorga qon va siydikni klinik analizi o’tkazilishi shart. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish