4-bob. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qо‘shma tipdagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
19. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qо‘shma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlar о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan litsenziyani olgan vaqtdan boshlab amalga oshiradi.
5-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
20. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
tasdiqlangan moslashtirilgan ta’lim dasturi asosida mustaqil ravishda о‘z ta’lim dasturini ishlab chiqish;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bо‘yicha innovatsion faoliyatda qatnashish.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bо‘lishi mumkin.
21. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlar:
bolalarning jismoniy о‘sishi va sog‘lig‘i mustahkamlanishi uchun sanitariya-gigiyena meyorlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratishi va ularga rioya etilishini ta’minlashi;
О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nozologiyalarni davolash standartlariga muvofiq bolalarning abilitatsiyasi va reabilitatsiyasini о‘tkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishi;
ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogika jarayonini tashkil etishda qо‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, psixik va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga mos kelishini ta’minlashi;
bolalar tо‘g‘ri ovqatlanishini va ularga tibbiy yordam kо‘rsatilishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
bolalarni shaxsga yо‘naltirilgan yondashuvni qо‘llagan holda umumta’lim muassasalarida о‘qishga sifatli tayyorlashni ta’minlashi;
maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlash ustidan nazorat olib borishda, salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash, abilitatsiya va reabilitatsiya tadbirlarini о‘tkazishda vakolatli davlat organlariga kо‘maklashishi;
ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’limga qо‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan tо‘ldirilishi;
qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi inklyuziv guruhlar uchun mо‘ljallangan guruhlarni umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qо‘yiladigan talablarga muvofiq, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bо‘lgan bolalarga mо‘ljallangan guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga qо‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan tо‘ldirishi shart.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bо‘lishi mumkin.
22. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlar quyidagilar uchun javob beradi:
bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda yoki qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda bо‘lgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish;
belgilangan talablarga muvofiq ta’lim-tarbiya, korreksion-pedagogika hamda reabilitatsiya jarayonlarini amalga oshirish;
bolani tarbiyalash va ta’lim berish masalalari bо‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berish;
umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda ta’minlash;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.
23. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring hamda nazorat vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
24. О‘quv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki ta’lim olayotgan bolalarni О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |