6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish hamda ulardan chiqarish 25. Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotga qabul qilish ushbu tashkilotda bо‘sh joylar bо‘lsa, kalendar yil davomida amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish:
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasi;
О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bо‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida amalga oshiriladi.
Qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlariga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bо‘lmagan bolalar:
bola qonuniy vakilining arizasi;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yо‘llanma (qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti uchun);
О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bо‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul qilinadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bо‘lgan bolalarga mо‘ljallangan guruhlarga, shuningdek, qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlariga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bо‘lgan bolalar:
bola qonuniy vakilining arizasi;
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasi;
О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bо‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul qilinadi.
26. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda, qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bо‘lgan bolalarga mо‘ljallangan hamda inklyuziv guruhlarda bо‘lish davri, korreksion ishlari muddati tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi.
27. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotga quyidagi nuqsonlari bо‘lgan bolalar qabul qilinmaydi:
og‘ir va chuqur darajadagi aqli zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning og‘ir shakllari;
asab tizimining organik shikastlanganligi sababli siydik va najas ushlab turolmaslik;
yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va dekompensatsiya bosqichi.