sayyoralarni tashkil etgan m oddalar qandaydir osm on jism i (m asalan,
kom eta) to m o n id an Q uyoshdan ajratib olingan boMishi kerak, degan
taxm inni aytadi. Ingliz astro n o m i Jeym s Jin s 1916- yilda va u n ing
tarafdorlari 40 yildan so‘ng sayyoralarning m oddasi q o ‘shni yulduz-
lam ing birortasi Quyoshga yaqin kelganida undan ajratib olinganligini
targhbot etadilar. Bu koinotshunoslarning fikricha, Quyoshdan ajralgan
suyuq m oddalar oqim idan Quyosh bilan undan tobora uzoqlashayotgan
y u lduzning o ‘zaro tortishish kuchi t a ’sirida sayyoralar va ularning
y o id o sh la ri tarkib topgan. J. Jinsning vatandoshi J. Jefris yulduzning
yaqinlashuvi em as, balki o ‘zga y u ld uzning Q uyosh gardishiga kelib
urilishi sababdir deb hisoblaydi.
Rossiya olimi A.S. Fesenkov sayyoralar Quyoshda boMib turadigan
ichki reaksiyalar natijasida paydo boMgan, degan g ‘oyani ishlab chiqdi.
U n in g c h a , kuchli ichki reaksiya va m ark azd an q o c h m a k u ch n in g
ortishi m oddalarning Q uyoshdan ajralib chiqishiga sababchi boMgan.
Ajralib chiqqan m oddalar tobora quyuqlasha borib, m arkaziy qism ida
ogMr, atrofida yengil e lem en tlar to ‘planib, aylana boshlagan. K eyin
chalik, ulardan sayyoralar yoMdoshlari bilan birga tarkib topa borgan.
Astrofiziklarning so‘nggi m a ’lum otlari J. Byufon, J. Jins, J. Jefris,
A.S. Fesenkov g ‘oyalarining haqiqatdan ancha uzoq ekanligini ko‘rsat-
m oqda. Jum ladan, yulduzlarning bir-biriga yaqin kelish va Q uyoshdan
m o d d alarn in g ajralib chiqish hodisalari am ri m ahol ekan. E htim ol
gravitatsiya kuchi bunga aslo yoM q o ‘ym as va uni yenga oladigan
tabiiy hodisalarning boMishi ham m avhum dir.
A srim izning q irq in ch i yillarida sobiq sovet nazariyotchi olim i
O.Y. S hm idt, keyinroq shved fizigi X. Alvin sayyoralar Q uyoshning
galaktikadagi gaz — changli bulutlariga ro ‘p ara kelib, ular orqali
oM ganida gravitatsiya kuchi t a ’sirida m o d d alarn i o ‘ziga ergashtirib
oiishi o qibatida paydo boMganligini uqtirdi.
Shu narsani alo h id a ta ’kidlab oMish lozim ki, e n d ilik d a k o ‘p-
chilik olim larning fikriga qaraganda, koinotshunoslik faraziyalarining
aksariyat qism i gaz — ch an g sim o n b u lu tlarn in g ilk bo r yaxlit boMib
aylanishiga asoslanadi va sh uning o q ib atid a asta-sekin Q uyosh va
u n ing sayyoralari hosil boMganligi tan olinadi. Shuningdek, D ek art-
K ant-L aplaslam ing faraziyasini koinotshunoslikning klassik ta ’lim oti,
deb atash m um kinligi uqtiriladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: