Reja: Kirish Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining tutgan o`rni. Iqtisodiyotni rivojlantirishda bank sektorida amalga oshirilgan islohotlar. Moliya tizimining holati tahlili


Iqtisodiyotni rivojlantirishda bank sektorida amalga oshirilgan islohotlar



Download 259,5 Kb.
bet3/9
Sana13.07.2022
Hajmi259,5 Kb.
#792685
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining tutgan o`rni.

Iqtisodiyotni rivojlantirishda bank sektorida amalga oshirilgan islohotlar.

O‘tgan yillar mobaynida Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va qarorlar aynan milliy valyutamiz, kredit va bank tizimlarini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu xujjatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishda
«Davlat – bosh islohotchi» degan tamoyilning yorqin ifodasidir. Mamlakat bank tizimini iqtisodiyotning ustuvor sohalaridan biri sifatida qo‘llab-quvvatlash hozirgi kunda ham davom etmoqda.
Bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda va bu o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Mamlakat bank tizimi turg‘unlik va barqarorlikni namoyish etmoqda. Bu holat banklarning ishonchlilik darajasining yuqoriligi va moliyalashtirishning xorijiy manbalariga bog‘lanib qolishning yo‘qligi, tashqi inqirozli hodisalarning salbiy ta’siri tasdiqlanmaganligi bilan tavsiflanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev o‘zining 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi oliy Majlisga Murojaatnomasida: Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasi jahondagi etakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilayotganini alohida ta’kidlash lozim.
Masalan, dunyodagi nufuzli «Fitch Ratings» va «Standart & Poo’rs» reyting agentliklari birinchi marta mamlakatimizning xalqaro suveren kredit reytingini belgiladi.
Ana shu reyting baholari «Barqaror» prognoziga ega bo‘lib, bu yaqin 12–18 oy davomida ushbu ko‘rsatkichning pasayish ehtimoli kamligini bildiradi3, deya ta’kidlab o‘tdilar.
Tijorat banklari kredit qo‘yilmalari hajmi 2019- yil davomida 58 trln. so‘mga yoki 110 foizga (2016 yilda – 32 foiz) o‘sib, 2020 yilning 1 yanvar holatiga 110,6 trln. so‘mga etdi hamda kredit qo‘yilmalarining YAIMdagi ulushi 44,4 foizgacha (2016 yilda -26,4 foiz) oshdi. kredit qo‘yilmalarining (netto) jami aktivlar tarkibidagi ulushi esa 61,9 foizdan 65,1 foizgacha oshdi
2019 yili yakuni bo‘yicha tijorat banklari jami kredit qo‘yilmalarining asosiy qismi, ya’ni 88,4 foizi davlat ulushiga ega tijorat banklari hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020 yil davomida 0,4 foiz bandga kamaygan. Bunda 2019 yil davomida chet el valyutasidagi kredit qo‘yilmalarining deyarli barchasi (94,3 foizi) davlat ulushiga ega tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilgan.
2020 yilda iqtisodiyotdagi iste’mol va investitsion talab hajmining jadal oshishi iqtisodiyotga ajratilayotgan bank kreditlari hajmining sezilarli darajada oshishi bilan ham bog‘liq.
Xususan, 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar umumiy hajmi 2019 yilning mos davriga nisbatan 1,8 barobarga yoki 34,1 trln. so‘mdan 69,9 trln. so‘mgacha, YAIMga nisbatan ulushi esa 19,3 foizdan 28,6 foizgacha oshgan.
Biroq, kreditlar hajmi oshishi va pul massasi o‘sishi o‘rtasida keskin tafovut- ning vujudga kelishi hamda ajratilgan kreditlarning yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi yuqori sur’atda o‘zgarishi mazkur kreditlar hisobiga yaratilgan ichki talabning bir qismi import hisobidan qoplanayotganligidan dalolat beradi.4
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi mamlakat iqtisodiyotining muhim va jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan sohasi hisoblanadi. Ushbu sohaga alohida ahamiyat baxsh etar ekan, u milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tanlab olingan.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev oliy Majlisga Murojaatnomasida:
«Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy qismi, ya’ni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, o‘z navbatida, bank sektorida sog‘lom raqobatga to‘siq bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sifatiga salbiy ta’sir qilmoqda» deya ta’kidladilar.5
Banklar kapitallashuv darajasini oshirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining umumiy kapitali 2019 yil davomida 2,3 barobarga ko‘payib, 2020 yilning 1 yanvar holatiga 20,7 trln. so‘mni, ustav kapitali umumiy miqdori esa 2,8 barobarga oshib, 16,3 trln. so‘mni tashkil etdi. Bunda davlat ulushiga ega banklar kapitali 11,7 trln. so‘mga oshdi.
Valyuta siyosatining liberallashtirilishi sharoitida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidliligini ta’minlash hamda iqtisodiyotning kreditga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq davlat ulushiga ega banklar kapitaliga Hukumat tomonidan 670 mln. AQsh dollari miqdorida mablag‘lar yo‘naltirildi.
Bundan tashqari, 2020 yil yanvar–dekabr sanasi davomida kapitalida davlat ulushi bo‘lmagan tijorat banklari umumiy kapitali 1,6 trln. so‘mga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 trln. so‘mi qo‘shimcha aksiyalar va qarz qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish orqali shakllantirildi.
Shuning uchun mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko‘p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog‘liq. Birinchi navbatda tijorat banklari, ularning muassislari kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha boshlangan ishlarni oxiriga etkazishi, o‘z nizom jamg‘armasi miqdorini belgilangan ko‘rsatkichlarga olib chiqishi lozim.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mamlakatimiz hukumati va Markaziy bank hamkorligida xalqaro moliya institutlari ko‘magida bank-moliya tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishlari belgilab berildi.
Amalga oshiriladigan amaliy ishlar natijasida respublika bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan bank kapitalidan davlat ulushini hamda davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib borish maqsadi qo‘yildi. Fikrimizcha, bank kapitalini shakllantirishda xususiy va xorijiy kapital miqdorini oshirish mamlakatimiz bank tizimida raqobat muhitini yana jonlantirishga, ularning mijozlar uchun bo‘ladigan teng ijobiy raqobatni paydo bo‘lishiga imkon yaratadi.
Bunda, albatta banklarning odatiy xizmatlarini, ya’ni kreditlash sifati va madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish bilan birga ular tomonidan yangi zamonaviy-innovatsion bank xizmatlarining ham takomillashuviga sharoit yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi zamonaviy holati bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan davr davomida tijorat banklari ma’lum bir muvaffaqiyatlarga erishdilar, ular iqtisodiyotni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat kilmoqda. shu bilan birga, mamlakat bank tizimining yanada olg‘a tomon rivojlanishi ko‘p jihatdan taqdim etilayotgan bank xizmatlari sifati va xilma-xilligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bugungi kunda pul-kredit siyosati va banklarni tartibga solishdagi imkoniyatlardan amalda to‘laqonli foydalanish, pul-kredit instrumentlarining lozim darajada ishlashi va samaradorligini ta’minlovchi transmission mexanizmlarni rivojlantirish orqali qo‘yilgan maqsadlarga erishishni osonlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvarda «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5296-sonli Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari deb quyidagilar belgilab berildi:

  • narxlar barqarorligi;

  • bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi;

  • to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi.

Ammo shu bilan birga bugungi kunda bank-moliya xizmatlari, mijozlarni jalb qilish bo‘yicha banklararo raqobat muhiti etarli darajada davr talablariga to‘liq javob bera olmayapti. Ayni paytda qishloq joylarda xizmatlar sohasi hali-beri yetarlicha rivojlanmaganini ham aytish joiz. Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali mexanizmlar o‘z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda.
2018 yil 23 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Mazkur qarorda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilganligi, ularning turlari kengayib borayotganligi, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib borayotganligi qayd etildi.
Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni engillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etilganligi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar yaratilganligi ta’kidlandi.

  • dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevo- sita xizmat ko‘rsatish hududiga to‘sqinliksiz kirish;

  • mijozlarni dastlabki qabul qilish ma’muriyat xodimlaridan ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari to‘g‘risida dastlabki maslahatlarni olish;

  • kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida xabardor qilish yoki uni berishni asosli rad etish tartibini ko‘rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish uchun sharoitlarni yaratish topshirig‘i berildi.

  • tranzaksiyalarning xavfsiz va uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlovchi milliy chakana to‘lov tizimini tuzish va rivojlantirish;

  • qulay to‘lov xizmatlarini yaratish va rivojlantirish;

  • naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirishda innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni rivojlantirish hamda ilgari surish;

  • bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni, birinchi navbatda, ijtimoiy- maishiy xizmat ko‘rsatish, transport, savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida, ayniqsa, hududlarda joriy etish;

  • xalqaro to‘lov tizimlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;

  • O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi va tijorat banklari bilan birgalikda norezidentlarning to‘lov kartalari barcha to‘lov terminallari tarmog‘i orqali qabul qilinishini ta’minlovchi mahalliy to‘lov tizimlarini asosiy xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyalash jarayonini tugallash.

  • tijorat banklari bilan birgalikda turistlar ko‘proq boradigan joylarda kunu-tun rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etilishini ta’minlash vazifalari yuklandi.

O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasiga bank xizmatlari ommabopligini oshirish va bank faoliyatini takomillashtirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish tavsiya etildi:

  • O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish konsepsiyasini tasdiqlash;

  • bank tizimi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib xorijiy banklar bilan tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish;

  • bank xizmatlari ommabopligining dolzarb muammolari, xalqaro tajribani o‘rganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, banklar va ularning mijozlari uchun axborot-tahliliy va konsalting xizmatlarini tashkil etish yuzasidan mavzuga oid izlanishlar olib borish;

  • masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy va ilg‘or bank xizmatlarini amaliyotda ro‘yobga chiqarish tashabbuslarini ilgari surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish;

  • bank xizmatlarining yangi turlari va mahsulotlarini aniqlash hamda ularni keyinchalik respublika banklarida tatbiq etish maqsadida ilg‘or chet el banklarining faoliyatini o‘rganish.

Ushbu vazifalarni bajarishda bank tizimidagi islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bank xizmatlari sifati va madaniyatini yuksaltirgan holda tijorat banklari va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni «mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun» tamoyili asosida tashkil etilganligidir. Bank xizmatlarining sifati va madaniyatini yuksaltirish hamda, ularni mijozlarga etkazishda bank marketingining ahamiyati beqiyos kattadir.
Hozirgi sharoitlarda bunga bank marketingidan foydalanish va banklar faoliyatida innovatsiyalarni joriy qilish asosida erishish mumkin.
Bugungi kunda moliya-kredit sohasidagi tub o‘zgarishlar axborotlashtirish tizimi bilan bog‘langan. Hozirgi paytda xalqaro bank tizimi ko‘p jihatdan global axborot-moliya kompleksiga aylanib bormoqda. shu sababli banklar faoliyati misli ko‘rilmagan darajada tashqi muhitda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi. Bank sohasidagi o‘zgarishlar yo‘llarini belgilab beruvchi innovatsion rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini xorijiy manbalariga ko‘ra uchta guruhga birlashtirish mumkin. Birinchidan, moliya bozorlari globallashuvi – moliyaviy xizmatlarning bir turdagi bozoriga o‘tishini belgilab beradi.

Download 259,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish