Referat mavzu: davlat byudjeti bajardi: Mamadaliyeva D. Tekshirdi: X. Rajabov davlat byudjeti. Reja


Mahalliy soliqlarning davlat byudjetidagi ahamiyati



Download 373,5 Kb.
bet4/6
Sana29.03.2023
Hajmi373,5 Kb.
#922806
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Referat mavzu davlat byudjeti bajardi Mamadaliyeva D. Tekshird

Mahalliy soliqlarning davlat byudjetidagi ahamiyati
Mahalliy soliqlarning ahamiyati, oʻziga xos xususiyatlari va ularning byudjetni shakllantirishdagi oʻrni boʻyicha koʻpgina olimlar tadqiqotlar olib borganligini ta’kidlashimiz lozim. Xususan, Lars P.Feld, Friedrich Schneider fikricha, davlat va mahalliy soliqqa tortish mahalliy hukumat darajasida mahalliy soliqlarning stavkalari va asoslarini belgilashda ba'zan ixtiyoriylikni ta’minlaydi hamda davlat va mahalliy darajadagi davlat xizmatlarini moliyalashtirishni nazarda tutadi [2].
Salvatore Bimonte, Arsenio Stabile rivojlanish, tartibga solish, turli toʻlovlar va mol-mulk soligʻini undirish mahalliy munisipalitetlarning vazifasi ekanligini ta’kidlaydi. Agar ushbu vazifalar yaxshi tatbiq etilmagan va tizimli yoʻlga qoʻyilmagan boʻlsa, fiskal siyosat va shaharsozlik siyosati oʻrtasida nomutanosiblik paydo boʻlishi mumkin [3].
Soliq potensialini aniqlash davlat va mahalliy soliq tizimini rivojlantirish strategiyasi boʻyicha samarali qarorlarni qabul qilishning yagona mexanizmi sifatida xizmat qiladi. Soliq potensialini baholashning ishonchliligini oshirish boʻyicha bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etilgan:

  1. Mahalliy hokimiyat organlarining soliq imtiyozlarini berish toʻgʻrisida mustaqil qaror qabul qilish huquqlarini kengaytirish;

  2. Statistik va soliq hisobotlarini topshirish jarayonini aniq belgilash;

  3. Mahalliy hokimiyat organlarining turli boʻlimlari tomonidan soliq toʻlovchilar e’lon qilgan soliq hisobotlari koʻrsatkichlarini tizimlashtirish va birlashtirish;

  4. Soliq madaniyatini rivojlantirish bilan birga soliq toʻlovchilarning qarzlarini undirishning yangi yoʻnalishlarini qoʻllash [4].

Shuningdek, mahalliy soliqlar davlat moliya sohasidagi intellektual rahbarlar tomonidan mahalliy hukumatlar uchun ideal daromad manbai sifatida yuqori baholanadi [5].
Mahalliy soliqlarda ham undiruvchanlik bilan bogʻliq muammolar mavjudligini e’tirof etishimiz lozim. U.A.Berdiyevaning e’tirof etishicha, ayrim mamlakatlarda soliqlar yigʻiluvchanligi holatining yuqori darajasi soliq axloqi va madaniyatining yuqoriligi hamda soliq qonunchiligining barqarorligi bilan bogʻliq boʻlsa, boshqalarida iqtisodiyotda soliq yukining yuqoriligi, samarasiz imtiyozlar va soliq qonunchiligining nobarqarorligi bois soliqlar yigʻiluvchanligi holatining past darajasi mazkur tizimdagi hal qilinishi lozim boʻlgan muammolarni koʻrsatmoqda [6].
Mahalliy byudjetlar faoliyati mahalliy talab-ehtiyojlarni toʻlaroq qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarining bajarilishi bilan uzviy bogʻliq holda ijro etishga imkon yaratib beradi... Mahalliy byudjetlar daromadi asosan mahalliy soliqlar, soliq funksiyasini bajaruvchi majburiy toʻlovlar, shuningdek, qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tarkib topadi [7].
O.Meyliyevga koʻra, hududlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, investitsion faollikni yanada jonlantirish, ijtimoiy hamda iqtisodiy farovonlikni oshirishda soliqlarning oʻrni muhim hisoblanadi. Shu sababli, har bir hududning oʻziga xos shart-sharoitlari, mavjud imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda, soliq siyosatini nisbatan ularning rivojlanish darajasiga moslashtirish, soliq mexanizmidan samarali foydalanish iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalashning hozirgi sharoitida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar tarkibida yetakchi oʻringa koʻtarilgan [8].
Yuqoridagi olimlarning fikrlarini inobatga olgan holda ta’kidlashimiz lozimki, bugungi kunda mahalliy soliqlarni tadqiq qilish, mahalliy soliqlarning undirilishi boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda muhim ahamiyatga ega.
Quyidagi rasm ma’lumotlariga koʻra 2019-yilgi koʻrsatkichlarni tahlil qilish orqali bilishimiz mumkinki, mahalliy soliqlar tarkibiga kiruvchi soliqlar koʻrsatkichlari boshqa turdagi soliqlarnikidan sezilarli darajada past ekanligiga guvoh boʻlamiz. Xususan, 2019-yilda Davlat byudjeti daromadlarida jami mahalliy soliqlarning ulushi 6,4%ni tashkil etib, mol-mulk soligʻi 3%, yer soligʻi 3%, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq esa 0,4% ulushga ega. Koʻrishimiz mumkinki, mahalliy soliqlar davlat byudjeti daromadlarida kichik ulushga ega.


Download 373,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish