Reabilitatsiya markaziga EGA bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish


-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilot xosteli



Download 259 Kb.
bet11/14
Sana01.03.2022
Hajmi259 Kb.
#476684
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
510 11.08.2021

9-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilot xosteli
55. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga bola ambulator sharoitida belgilangan davolash kursi doirasida reabilitatsiya muolajalarini oladigan davrda bola (bolalar) o‘z qonuniy vakillari bilan birgalikda vaqtinchalik yashashi uchun xostel tashkil etishga ruxsat berilsin.
56. Xostellar yuridik maqomga ega bo‘lmaydi va Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan boshqariladi.
57. Xostellar asosan o‘zini-o‘zi moliyalashtirish mablag‘lari hisobiga saqlanadi. Shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik (beg‘araz) yordamlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan mablag‘ jalb qilinishi mumkin.
58. Xostellardan tushgan tushumlar Davlat budjetiga undiriladigan soliqlar, Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin.
59. Xostellardan foydalanish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
10-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatini moliyalashtirish
60. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyati quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari;
pulli xizmatlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ixtisoslashtirilgan tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shimcha daromadlar olish huquqiga ega.
61. Ixtisoslashtirilgan tashkilotga qo‘shimcha budjet mablag‘larini jalb qilish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
62. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bolalarni saqlash uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi.
63. Ixtisoslashtirilgan tashkilot o‘zi tomonidan tasdiqlangan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
64. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda xodimlar ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ixtisoslashtirilgan tashkilotda rahbarlar, pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.
65. Ixtisoslashtirilgan tashkilot tegishli davlat organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va statistik hisobot taqdim etadi.
66. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning moliya-xo‘jalik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.

Download 259 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish