Импорт в таблицу (Import to Table) kiritish maydonida yangi jadvalning nomini ko‘rsating. Odatda Access yangi jadvalning nomi sifatida import qilinayotgan ishchi varaq yoki yacheykalar diapazoni nomini ishlatadi. Ma’lumotlarni import qg‘ilish tugashi bilanoq Анализатор таблиц -Jadvallr tahlilchisini ishga tushirish mumkin. U jadval strukturasini optimallashtiradi, masalan, qaytariluvchi ma’lumotlarni chiqarib tashlaydi. Buning uchun Проанализировать таблицу после импорта данных (I would like a wizard to analyze my table after importing the data) bayrog‘i o‘rnatiladi. Ma’lumotlarni import qilish jarayonini tugallash uchun Готово (Finish) tugmasini bosing. Ma’lumotlarni import qilish tugagandan so‘ng bu tadbirning muvavvaqiyatli bajarilgani to‘g‘risida xabar p aydo bo‘ladi.
Agar elektron jadvallarni import qilish ustasining oxirgiqadamida berilgan jadval nomi ma’lumotlar bazasida mavjud jadval nomi bilan ustma-ust tushsa, u holda Access sizdan mavjud faylni yangisi bilan almashtirish yoki hosil qilinayotgan jadvalni qayta nomlash haqida so‘rovchi muloqat oynasini chiqaradi.
Import qilinayotgan jadvalning mos maydonlarining turlarini avtomatik aniqlashda Access importqilinayotgan yacheykalar diapazonining birinchi 20 ta qatorini ko‘rib chiqadi. Masalan, agar import qilinayotgan diapazondagi har bir sonli qiymatlardan tashkil topsa, u holda shu ustunga mos maydonga ma’lumotlarning sonli qism turlaridan biri beriladi (qism turlarni tanlash Excel ishchi varag‘ining formatlash parametriga bog‘liq). Agar birinchi 20 ta yacheykada son, qolganlarida esa matn uchrasa, u holda Access ma’lumotlar maydonining turini o‘zgartirmaydi, balki import xatoligi jadvalini hosil qiladi. Unda har bir yozuv bitta xatoga mos keladi. Xato sodir bo‘lganda import jarayoni tugagandan so‘ng bu haqda xabar beriladi va import xatoligi jadvalining nomi ko‘rsatiladi. Import xatoligi jadvali xato sodir bo‘lgan yozuvlarni topish va ularni tuzatish imkonini beradi. Ammo eng to‘g‘ri yo‘l Excel ishchi varag‘ini to‘g‘rilash va ma’lumotlarni import qilishni qaytarish hisoblanadi. Xatolar to‘g‘rilangandan so‘ng bu jadvalni o‘chirib tashlang.
Import qilingan jadval ma’lumotlar bazasining oynasida paydo bo‘ladi. Kutilgan natijaga erishganligingizga ishonch hosil qilish uchun unda sichqonning chap tugmasini ikki marta bosib, import qilingan jadvalni Таблицы holatida oching.
Ishchi varaqni import qilishda ma’lumotlar maydonining qanday turlari tanlanganini bilish uchun ma’lumotlar bazasining oynasida hosil qilingan jadvalni Конструкторholatida oching. Qo‘shilgan jadvallardan farqli o‘laroq, import qilingan jadvallar maydonlarining barcha xossalarini o‘zgartirish mumkin.