R. H. Djurayev pedagogika fanlari doktori, akademik



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/231
Sana21.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#571017
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   231
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Pedagogik ma’noda gender
– o‘g‘il va qiz bolalarning 
murakkab ta’limiy sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-
harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o‘quv 
faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi.


71 
Shaxs ijtimoiylashuvi. Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya 
ta'siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini 
ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli 
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial 
norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy-falsafiy, psixologik va 
pedagogik tadqiqotlar jarayonida shaxs ijtimoiylashuviga xos bo‘lgan quyidagi 
holatlar aniqlangan: 
shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi davrga 
o‘tish jarayonida ro‘y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro omillar, 
mezo omillar, mikro omillar), voqyeliklar hamda ularning ta'siri yetakchi o‘rin 
tutadi;
bolaning kamol topishi, shaxs bo‘lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota-
onalar va bola o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘zaro hissiy birligi muhim 
ahamiyatga ega; 
shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida boshqariladi; 
shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga moslashuvi 
ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi; 
shaxs ijtimoiy ta'sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik madaniyati 
unsurlarini o‘zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol topadi va 
axloqiy sifatlarga ega bo‘ladi – mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor 
jihati hisoblanadi; 
shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyat rivojining muayyan 
davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davrda shaxsning ijtimoiylashuvida o‘ziga 
xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi;
ijtimoiylashuv bolalikkagina xos xususiyat bo‘lmay, shaxs hayotining barcha 
davrlarini qamrab oladi. 
Ma'lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul qilishi va 
zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy yetuklikka erishishi asosida 
jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o‘zini jamiyatda 


72 
shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta'lim, o‘z-o‘zini tarbiyalash 
jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o‘z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa 
va ularga erishish yo‘llarini belgilay olganida, o‘z qadr-qimmatini anglab 
yetganida, jamiyatdagi o‘z o‘rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi.
Ijtimoiylashuv 
jarayoni 
o‘zining 
sifat 
xususiyatlariga, 
tarkibiga, 
qonuniyatlariga, 
omillariga, 
shart-sharoitlariga, 
boshqarilishiga 
va 
ijtimoiylashgan insonda namoyon bo‘lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o‘ziga 
xosliklari) ko‘ra murakkabdir. Ana shu sababli u o‘zida turli fanlar tomonidan 
ko‘rib chiqiladigan ijtimoiylashuvning xilma-xil – madaniy, axloqiy, huquqiy, 
mehnat, psixologik ko‘rinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda 
esa, bu sohadagi ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va 
ehtiyojlarining o‘ziga xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi 
sifatida alohida e'tibor bilan qarab o‘tiladi. Bu insonning dunyoga kelgan 
vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan va muhim pedagogik yangidan 
shakllanuvchi tajribalarni – tarbiyalanganlik, ta'lim olganlik, ma'lumotlilik va 
rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri mobaynida muttasil 
o‘zgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelish natijasidir. 
Bu holda shaxsga nisbatan sust ravishda yondashuv kuzatilmaydi, balki u 
ijtimoiy munosabatlarning va pedagogik tizimning subekti sifatida, tajriba 
egallashda faollik va mustaqillikni namoyon qiluvchi hamda o‘z-o‘zini 
shakllantiruvchi, shu bilan birga o‘z hayot yo‘li uchun javobgarlikni his etuvchi 
subekt sifatida qaraladi. Pedagogikaning vazifasi – insonga fikrlovchi shaxs, 
ijtimoiy faol fuqaro bo‘lib yetishishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini va xulq-atvorini, o‘z 
istak-maqsadlarini yo‘nalishini anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish