R. H. Djurayev pedagogika fanlari doktori, akademik


bet173/231
Sana21.09.2022
Hajmi
#849802
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   231
Bog'liq
R. H. Djurayev pedagogika fanlari doktori, akademik

Ta'lim sifati
– bu shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiq 
boshlang‘ich, umumiy, kasbiy va qo‘shimcha ta'lim tizimi tomonidan (turli 
yoshdagi, jinsdagi, jismoniy va ruhiy holatdagi) aholiga taqdim etilayotgan ta'lim 
xizmatlarining qamrovi va darajasini aks ettiruvchi majmuaviy tavsif. Sifatli 


270 
ta'lim har bir shaxsga uning manfaatlariga muvofiq ta'limni davom ettirish 
imkoniyatini bermog‘i lozim . 
Ta'lim sifati
, – nafaqat tahsil oluvchilar bilimining davlat standartlariga 
mosligi, balki ta'lim muassasasining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi, 
shuningdek, har bir pedagog va rahbarning ta'lim xizmatlari sifatini 
ta'minlashdagi faoliyati hamdir. Shuningdek, zamonaviy ta'lim muassasasida 
ta'lim sifati erishilgan miqdoriy va sifat natijalarining darajasini, ta'lim jarayonini 
tashkil etish va mazkur jarayon amalga oshadigan sharoitlarni aks ettiruvchi 
tavsiflar to‘plamida ifodalanadigan maqsad va natijalarning nisbati sifatida 
aniqlanadi. 
Mamlakatimizda ta'lim sifatini ta'minlashning huquqiy asoslari sifatida 
xizmat qilayotgan “Ta'lim to‘g‘pisida”gi Qonuni (7-modda), Kadrlap tayyoplash 
milliy dastupiga muvofiq pespublikada idopaviy bo‘ysunishi va mulkchilik 
shakllapidan qat'iy nazap ta'lim muassasalapining bapcha tuplapi uchun majbupiy 
bo‘lgan Davlat ta'lim standaptlapi (DTS) joriy qilinishi, standaptlashtipish 
ob'ektiga nisbatan me'yoplap va talablapning belgilanishi, “Standaptlashtipish 
to‘g‘pisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tasdiqlanishi “Davlat 
ta'lim standaptlapi to‘g‘pisida”gi nizomda qayd etilgan, shuningdek, mazkur 
nizomda, DTS: 
-
kadplap tayyoplash sifati, ta'lim mazmuni, ta'lim oluvchilap 
tayyopgapligining zapup va yetapli dapajasi, bitipuvchilapga, o‘quv 
yuklamasining hajmiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
-
ta'lim va kadplap tayyoplash sifatiga baho bepishning xolis tizimini, 
ta'lim muassasalapini attestatsiyadan o‘tkazish va akkpeditatsiya 
qilishni jopiy etish;
-
kadplapni maqsadli va sifatli tayyoplash uchun ta'lim, fan va ishlab 
chiqapishning 
samapali 
integpatsiyasini, 
milliy 
standaptlap 
talablapining xalqapo talablapga muvofiqligini, ta'lim bapcha tuplapi 


271 
mazmunini, ta'lim va tapbiyaning o‘zapo bog‘liqligini, uzluksiz 
ta'lim tizimida izchillikni ta'minlash kabi qator vazifalar belgilangan.
Sifatni boshqarish nazariyasining shiddat bilan rivojlanish davri o‘tgan 
asrning 40-yillari oxiri va 50-yillariga to‘g‘ri keldi. Ushbu davrda A.Feygenbaum 
(Armand V.Feigenbaum) sifatni ishlab chiqish, sifatni qo‘llab-quvvatlash va 
sifatni yaxshilash bosqichlaridan iborat Sifatning Umumiy Nazorati (Total 
Quality Control) tushunchasini kiritdi. 
Bugungi kunga kelib TQCning bir nechta asosiy (Yaponiya, Amerika, 
yevropa) “maktab”lari mavjud. Shuning uchun bo‘lsa kerak, TQC asosini 
belgilovchi tamoyillar miqdori haqida mutaxassislar o‘rtasida yagona bir fikr 
yo‘q. Asosiylar sifatida quyidagi sakkizta tamoyil tan olinadi: 
1.
Tashkilotning iste'molchiga yuz tutganligi. 
2.
Rahbarlikning roli. 
3.
Xodimlarni jalb etish. 
4.
Jarayonli yondashuv. 
5.
Boshqarishga tizimli yondashuv. 
6.
Muntazam takomillashtirish. 
7.
Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish. 
8.
Ta'minlovchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabat. 
Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida mahsulot, xizmat, ish va 
jarayonlarning yuqori sifatini ta'minlashga yo‘naltirilgan hukumat, firma va 
kompaniyalar rahbariyatining ulkan sa'y-harakatlari natijasida sifatni oshirish 
milliy g‘oyaga aylandi.
Mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar ta'lim 
muassasalarini boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish, sifatli ta'lim xizmatini 
ko‘rsatishga rag‘batlantirishni kuchaytirish va natijada, ta'lim xizmatlari sifatini 
boshqarish tizimini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, boshqarishning strategik 
rejalashtirishga, sifat menejmenti tizimiga asoslangan yangi tamoyillarini 
shakllantirishni ko‘zda tutadi. 


272 
Sifat – korxona va tashkilot, shu jumladan, ta'lim muassasalarining 
mavqyeini mustahkamlash maqsadida ichki va xalqaro bozorda mablag‘ 
sarflashning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolayotgani butun dunyoda sifatni 
ta'minlash muammolariga e'tiborning oshib borishiga sabab bo‘lmoqda. 
Ta'lim sifati ta'lim oluvchilar tomonidan faqatgina akademik bilimlarni 
o‘zlashtirganlik darajasi bilan emas, balki hayotiy faoliyatning turli sohalari 
bo‘yicha kompetensiyalarning shakllanganligi, bir umr o‘qib-o‘rganishga 
tayyorlik, shaxsiy va kasbiy rivojlanish kabi motivatsiyalarning turg‘unlanish 
darajasi bilan o‘lchanadi. 
«Ta'lim sifati – bu ta'limning (natija, jarayon, ijtimoiy tizim sifatida) turli 
ehtiyojlar, davlat, jamiyat, shaxs manfaatlariga muvofiqligi; ta'limning ierarxiya 
(yuqoridan quyiga) tamoyillari asosida tashkillashtirilgan, ijtimoiy ahamiyatga 
ega xususiyat(tavsif, parametr)larining tizimli majmuasi».
31 
Turli yondashuvlarning integratsiyasi natijasida Sifatning yalpi boshqaruvi 
(Total Quality Management – TQM) konsepsiyasi shakllandi.
Zamonaviy TQMning asosini oliy darajadagi boshqaruvning tashkilot, 
uning xodimlari, iste'molchilari va jamiyatning manfaatlarini ko‘zlab sifat 
sohasidagi uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyasini ishlab chiqish va barcha 
xodimlarning uni amalga oshirishdagi ishtiroki tashkil qiladi. Tashkilotdagi 
menejment sifatini yaxshilashda birinchi rahbarning mas'uliyatini kengaytirish 
tamoyilini ilgari surgan va asoslagan A.Feygenbaum TQM tamoyillari ishlab 
chiqilishiga katta hissa qo‘shgan. 
Tashkilot oliy boshqaruvining sifatni boshqarishdagi doimiy va muntazam 
shaxsiy ishtiroki – ta'lim muassasasining sifatni ta'minlash ishida muvaffaqiyat 
garovi hisoblanadi. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish