Interaktiv
so‘zi inglizcha “inter” – “birgalikdagi” va “akt” –
“harakatlanish” so‘zlaridan olingan. Interaktivlik birgalikda harakatlanish yoki
suhbat, dialog rejimida nimadir (masalan, kompyuter) yoki kimdir (o‘qituvchi)
bilan bo‘lish demakdir. Bundan kelib chiqadiki, interaktiv ta'lim – avvalo dialogli
ta'lim bo‘lib uning davomida o‘qituvchi va tinglovchi, tinglovchi va kompyuter
o‘zaro hamkorligi amalga oshiriladi.
Interfaol ta'limning asosini interfaol metodlar asosida darsni olib borish tashkil
etadi.
249
Interfaol metod
– o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida
ham o‘qituvchi, ham tahsil oluvchini faollashtirishga yo‘naltirilgan o‘qitish
usullari majmui. “
Modellashtirish”, “Breynshtorming”, “Muzyorar”
kabi
turli
interfaol metodlardan bugungi kunda ta'lim jarayonida foydalanilmoqda.
Modellashtirish metodidan foydalanish mobaynida o‘qituvchi auditoriya
xususiyatlarini bilishi lozim. Bunda yoshlarning bilim o‘zlashtirish xususiyatlari,
uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar; ish dinamikasi, darsning tuzilishi, o‘zaro
hamkorlikka asoslanganligi inobatga olinishi zarur.
“Breynshtorming”
metodi orqali tahsil oluvchilar bilan tezkor aloqa o‘rnatish,
ular fikrini mustaqil ravishda izhor etishlariga imkoniyat yaratish, ularga dinamik
ta'sir ko‘rsatish mumkin.
“Breynshtorming”
uch bosqich: motivatsiya, idrok,
refleksiya (mushohada yuritish) dan iborat bo‘lganligi bois, har birida ham
bahsga kirishuvchilar muloqat madaniyatini namoyish eta olishi lozim bo‘ladi
30
.
Demak, pedagogik muloqotda tahsil oluvchilar tashabbusi qullab- quvvatlanadi,
dialog muloqotga zamin yaratiladi, yoshlarning o‘z fikrlarini real sharoitga
moslay olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Tabiiyki, bunda o‘qituvchi pedagogik
muloqotni tashkil qiluvchi, tashabbuskor va yetakchi shaxs sifatida maydonga
chiqadi.
“Breynshtorming”
metodidan foydalanilganda ta'lim oluvchilarning
barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta'lim oluvchilarda muloqot
qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta'lim oluvchilar o‘z
fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy
va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi
ta'lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta'lim
oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda ta'lim jarayonida noan'anaviy metodlar -“Chalkashtirilgan
mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi”, “Erkin yozish”,“Besh minutlik esse”,
“Tushunchalar asosida matn tuzish” kabi metodlardan keng foydalanilmoqda.
1
Қаранг: Педагогик технологиялар. Абдуллаева Ш.А., Ахатова Д.А.- Тошкент, 2003.- 56 –бет.
250
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR:
1.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |