Topshiriq. l. Laboratoriyada quturish kasalligiga diagnoz qo’yish usullarini o’rganish.
2.Quturish kasalligida IFR qo’yishni o’rganish: a) oq sichqonlarning bosh miyasidan tamg’a tayyorlash; b) immunofluoressensiya reaksiyasining bevosita usuli bo’yicha preparatga ishlov berish; s) luminessent mikroskopi yordamida avvaldan musbat bo’lgan preparatni ko’rish.
Material bilan ta’minlash: lyuminessent mikroskop; termostat; fluoressensiyalanuvchi immersion moy; kyuvetalar; buyum oynalari; fiziologik eritma va distillangan suv uchun idishlar; Petri likopchasi; filtr qogoz; oynaga yozish uchun qalam; pinsetlar; oq sichqonning kalla suyagini ochish va bosh miyasini olish uchun asbob uskunalar to’plami; efir; quturish kasalligiga musbat preparatlar (IFR, DPR, Babesh-Negri tanachalari); oq sichqonlar.
Nazorat uchun savollar. 1. Quturish virusining asosiy xususiyatlarini so’zlab bering.
2. Quturish virusi chaqirgan kasallikning epizootologik xususiyati va simptomlari to’grisida gapiring.
3. Quturish kasalligiga laboratoriyada diagnoz qo’yishning qanday usullarini bilasiz?
4. Quturish kasalligiga gumonsiralgan hayvonlardan qanday material olinadi va ishlashdagi qoidalar nimalardan iborat.
Uslubiy ko’rsatma. Ushbu mashg’ulot uchun vaqt kam bo’lganligi uchun namoyish qilinadigan materiallar oldindan tayyorlab qo’yiladi:
a)IFR uchun virus fiks yuqtirilib, tayyorlangan musbat surtma-tamg’a, yaxshi samara beruvchi quturish kasalligining ko’cha virusidan tayyorlangan surtma, bularni veterinariya laboratoriyasidan olsa bo’ladi;
b)Babesh-Negri tanachalari bor preparatlar (gistokesmalar);
s)diagnostik to’plamdagi komponentlardan foydalanib, DPR qo’yish yoki DPR ga musbat natija beruvchi materialdan foydalanish:
Mashg’ulotda barcha talabalar oq sichqonlarni yorib ko’rishi shart emas, chunki ular "laboratoriya hayvonlari" degan mavzuda bajarib ko’rilgan.
Oldin yorib ko’rilgan oq sichqonlarning bosh miyasidan surtma-tamg’a tayyorlab,qo’yish kerak.
Preparatlarni bo’yash paytida o’qituvchi laboratoriyada diagnoz qo’yish usullarining barchasini namoyish qilib ko’rsatadi.
Ushbu mashg’ulotda IFR usulinu o’rganish uchun sog’lom sichqonlar olinadi. So’ngra ushbu preparatlar (manfiy) nazorat uchun, kasal sichqonlardan olingan preparatlar (musbat) natija bergan deb, parallel holda lyuminessent mikroskopi ostida namoyish qilinadi.
Boshqa variant bo’yicha oldindan virus fiks yuqtirilgan oq sichqonlar yorib ko’riladi, va miyasidan talabalar preparatlar tayyorlaydi.